Mavzu: Pythonning tashqi kutubxonalari bilan ishlash


Download 84.84 Kb.
bet1/2
Sana25.01.2023
Hajmi84.84 Kb.
#1121698
  1   2
Bog'liq
Dasturlash texnologiyalari


Mavzu: Pythonning tashqi kutubxonalari bilan ishlash
Reja:
1. Pythonning tashqi kutubxonalari haqida.
2.Pip va googletrans paketi.
3.Requests va BeautifulSoup4
paketlari haqida ma’lumot.

Pythonning tashqi kutubxonalari yillar davomida turli foydalanuvchilar tarafidan yaratilib, yangilanib kelinadi. Bunday kutubxonalarda boshqa dasturchilar o'zlari yaratgan turli paketlarni (package) boshqalar bilan ulashadi.


Paket (package) —modullar yig'indisi.
Tashqi kutubxonalar va ular ichidagi paketlar shunchalik ko'pki, deyarli istalgan vazifa yoki xizmat uchun katta ehtimollik bilan kerakli dasturlar allaqachon bir nechtadan yaratilgan. Bugungi kunda Python uchun eng katta tashqi kutubxonalardan biri bu PyPi.org sahifasi.
PIP
Tashqi paketlarni o'rnatish uchun Pythonda maxsus pip paket menejeri mavjud. pip odatda Python bilan birga o'rnatiladi, lekin turli sabablarga ko'ra kompyuteringizda pip o'rnatilmagan bo'lsa, uni quyidagi sahifadan yuklab olishnigiz mumkin: https://pypi.org/project/pip/.
Tashqi paketlarni o'rnatish uchun Pythonda maxsus pip paket menejeri mavjud. pip odatda Python bilan birga o'rnatiladi, lekin turli sabablarga ko'ra kompyuteringizda pip o'rnatilmagan bo'lsa, uni quyidagi sahifadan yuklab olishnigiz mumkin: https://pypi.org/project/pip/
Paket menejer yordamida tashqi paketlarni o'rnatish juda oson, buning uchun Windows terminalda (cmd) (yoki Spyder konsolida, yoki PyCharm konsolida va hokazo)pip install paket_nomi komandasidan foydalanasiz.
Demak ushbu paketni o'rnatish uchun pip install gooletrans deb yozamiz.
Biror paketni oʻchirib tashlash uchun esa pip uninstall paket_nomi deb yozamiz.
Ushbu darsimizning maqsadi tashqi paktelar va modullar bilan tanishish orqali, Pythonning naqadar keng qamrovli til ekanini ko'rsatish. Aslida, har bir modul haqida, ularning imkoniyatlari haqida soatlab gapirish mumkin, lekin biz vaqtni tejash maqsadida turli yo'nalishlardagi ba'zi modullar bilan tanishamiz va ularning ishlashiga sodda misollar ko'rish bilan chegaralanamiz.
Har bir modul haqida batafsil ma'lumot olish uchun modulning sahifasiga murojat qiling.

Download 84.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling