Mavzu: Qadimgi davr O‘zbekiston tangalari


Yunon-Baqtriya podsholigining tangalari


Download 1.16 Mb.
bet2/3
Sana28.12.2022
Hajmi1.16 Mb.
#1008876
1   2   3
Bog'liq
Qadimgi davr O‘zbekiston tangalari.

Yunon-Baqtriya podsholigining tangalari. Hozircha O‘rta Osiyoning na Ahamoniylar davriga, na Iskandar Zulqarnayn davriga oid tangalari topilmagan. O‘rta Osiyo ulkan imperiya tarkibiga qo‘shib olingach, umumiy oldi-sotdi savdosida pul joriy etila boshlangan. Chunonchi, Baqtriyada Salavkiylar davrida hukmdorlar tomonidan pullar chiqarila boshlangan. Miloddan oldingi 293–280 yillar mobaynida Baqtriya davlatining sharqiy viloyatlari noibi Salavkning o‘g‘li Antiox I birinchi marta pul chiqarishga asos solgan. Dastlab Salavk va Antioxning qo‘shhokimiyatini ifodalovchi tangalar zarb qilingan, keyinroq esa Antioxni yagona hukmdor sifatida ko‘rsatuvchi tangalar chiqarilgan.
Yunon madaniyatining yirik vakillari bo‘lmish salavkiylar tanga pullarini yunon namunasi bo‘yicha zarb ettirganlar, xususan, yunon tilidagi yozuvlar va podshohning aksi tushirilgan tangalar chiqarila boshlangan. Baqtriyada chiqarilgan pullarning nomi ham yunoncha bo‘lgan. Jumladan, tilla pullar – stater, kumush tangalar – tetradraxma, draxma, gemidraxma deb atalgan. Hatto pullarning og‘irligi ham yunon og‘irlik o‘lchov birligiga to‘g‘ri kelgan, ya'ni tetradraxmalar – 16 gr, draxmalar – 4 gr. ga yaqin bo‘lgan. Kundalik savdoda foydalanish uchun mo‘ljallangan mis tangalar ham chiqarilgan. Antiox I draxmasining o‘ng tomonida shoh, uning tersida muguzli ot tasvir tushirilgan.
Yunon-Baqtriya podsholigining tanga tizimi attik standartga asoslangan bo‘lib, tangalar asosan kumush va misdan, ba'zan oltindan zarblangan. Ular orasida yevkratidning 20 staterli (160 gr.) oltin tangalari antik davrning eng yirik pullaridan hisoblangan. A. Semyonovning ma'lumotiga ko‘ra bunday tangalardan ikkitasi bugungi kunda mavjud bo‘lib, biri Buxoro amirining xazinasida, ikinchisi esa Parijda saqlanadi.
Yunon-Baqtriya tangalari ko‘pchilik hollarda Salavka an'analarini davom ettirgan. Tanganing yuza tomonida hukmdor, tersida esa ularning homiysi hisoblangan yunon ilohlari – Zevs, Gerakl, Poseydon, Apollon, Artemida, Dioskura, Afinalarning tasviri zarb qilingan. Ammo, mahalliy ta'sir ham pul zarb etish ishlarida sezilarli bo‘lgan. Jumladan, yunon mabudlarining ba'zi bir xususiyatlari Sharq mabudlarining ayrim jihatlariga o‘xshash holda aks ettirilgan.

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling