Mavzu: Qadimgi dunyoning iqtisodiy g'oyalari
Download 172.22 Kb.
|
1 2
Bog'liqiqtisodiyot
Mavzu: Qadimgi dunyoning iqtisodiy g'oyalariTuzuvchi: Yoqubjonov AbbosbekReja:
Iqtisodiyot insoniyat tarixi kabi qadimiydir. Iqtisodiyotga oid fikr, g`oya, qarash, nazariya va ta'limotlar ham ko`p ming yillik tarixga ega. Lekin ularning asosiy qismi yozuv paydo bo`lganidan so`ng, yozma manbalardan bizgacha yetib kelgan. Bu manbalar, ulardagi g`oyalar avvalo insoniyatning muqaddas mulkidir, uni topish, o`rganish va kelajak uchun saqlash savobli bo`lsa, ulardagi nodir fikrlarni hayotga tatbiq etish ham nazariy, ham amaliy ahamiy`t kasb etadi, katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Iqtisodiyot baynalmilal xodisa bo`lib, uning oldida turgan vazifalar barcha xalqlar va mamlakatlar uchun bir xil, ammo ular rivojlanish davomida turlicha natijalarga erishganlar. Hozirgi davrda ham bozor iqtisodiyotining prinsiplari hamma uchun bir xil bo`lishiga qaramasdan natijalar turlichadir. XIII asr oxirida klassik iqtisodiy maktab vakillari Adam Smit va David Rikardo obyektiv, ya'ni inson xohishiga bog`liq bo`lmagan, ammo, ular tomonidan o`rganilishi mumkin bo`lgan qonunlar asosida amal qiluvchi xo`jalik tizimi to`g`risidagi ta'limotni yaratdilar. Ularning fikricha, davlatning iqtisodiy siyosati bu qonunlarga xilof bo`lmay, aksincha, bu qonunlarga suyanishi kerak, ana shunda iqtisodiyot ravnaq topadi va aksincha. Demak, bu qonun va qonuniyatlarni bilish, ulardan amaliyotda to`g`ri foydalanish hayot talabi bo`lib bormoqda. Uzoq o`tmishdagi ko`pgina o`gitlar, hayotiy tajribalar, allomalarning fikri va g`oyalari hozirgi kunda asqotmoqda, ularni o`rganish va eng muhimi hayotga tadbiq etish zarur. Iqtisodiyot tarixi Iqtisodiy fan manbalarini avvalo jahon sivilizatsiyasining beshigi bo`lgan qadimgi Sharqdan izlamoq mantiqan to`g`ridir. Iqtisodiy g`oyalarning shakllanishi insoniyatning paydo bo`lishi bilan boshlangan. Ammo, hozirgi paytda qo`lyozmalarda aks ettirilgan g'oyalardan tahlil qilingan. Shu sababli iqtisodiy ta'limotlar tarixi quldorlik jamiyati, aniqrog`i, xususiy mulk paydo bo`lishi bilan boshlanadi, deyish o`rinlidir. Dastlab quldorlik jamiyati Sharqda sinfiy ajralish boshlangan joylarda, Mesopotamiya (Tigr va Yefrat daryolari oralig`ida) va Misrda eramizdan avvalgi IV ming yillikda yuzaga keladi. Bunga asosiy sabab shuki, bu yerda texnologik inqilob ro`y berdi, metall qurollar ishlatila boshlandi, qishloq xo`jaligida intensiv, ko`p hollarda sug`orma dehqonchilikka o`tildi, shu asosda nisbatan turg`un qo`shimcha mahsulot olish imkoni tug`ilgan. Oqibatda, jamiyatda mehnat taqsimotini rivojlantirishga, ko`pgina hunarmandchilik sohalarining ajralib chiqishiga, sinfiy tabaqalanishga turtki bo`ldi. Qadimiy iqtisodiy g'oyalar Download 172.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling