Mavzu: Qadimgi dunyoning iqtisodiy g'oyalari


Download 172.22 Kb.
bet2/2
Sana24.12.2022
Hajmi172.22 Kb.
#1050600
1   2
Bog'liq
iqtisodiyot

Iqtisodiyot — bu ishlab chiqarish, taqsimlash va savdo, shuningdek, tovarlar va xizmatlarni is'temol qilish sohasini oʻrganish sohasi. Umuman olganda, u tanqis resurslarni ishlab chiqarish, ishlatish va boshqarish bilan bogʻliq amaliyotlar, nutqlar va moddiy ifodalarni taʼkidlaydigan ijtimoiy soha sifatida belgilanadi. Muayyan iqtisodiyot — bu asosiy omillar sifatida uning madaniyati, qadriyatlari, taʼlimi, texnologik evolyutsiyasi, tarixi, ijtimoiy tuzilishi, siyosiy tuzilishi, huquqiy tizimlari va tabiiy resurslarini oʻz ichiga olgan jarayonlar toʻplamidir. Bu omillar maʼno-mazmunni beradi va iqtisodiyot sharoit va parametrlarni belgilaydi. Boshqacha qilib aytganda, iqtisodiy soha — bu oʻzaro bogʻliq boʻlgan inson amaliyotlari va operatsiyalarining ijtimoiy sohasi boʻlib, u bir necha sohalar bilan chambarchas bogʻliq.
Qadimgi Hindistonning "Manu qonunlari"da (m.a. IV-III asrlar)
ijtimoiy mehnat taqsimotining, hukmronlik va bo`ysunish institutlarining
mavjudligi aytiladi.
Hindistondagi iqtisodiy g`oyalarni aks ettiruvchi qadimgi yodgorlik "Artxashastra" (m.a. IV-III asrlar oralig`ida)dir (tom ma'nosi
bo`yicha ifoda, amaliy hayot to`g`risidagi fan, bu asar m.a. III-II asrlarda
to`ldirilgan). Bu qadimiy va muhim tarixiy yodgorlikdir (u Chandragupta I
podsholigi davrida podsho maslahatchisi Kautilye Bishnugupta tomonidan
yozilgan degan fikr bor). Unda qulchilikni mustahkamlash asosiy vazifa
qilib qo`yilgan. qulchilik eng past tabaqalarga xos narsa deb sanaladi. Bu
asarda "buyumning qiymati" muammosi ko`tarilgan, qiymat miqdori "ish
kunlari" bilan belgilangan, rag`batlantirish esa mehnat natijalariga mos ravishda belgilanishi kerak, deyilgan.
Qadimgi Xitoydagi iqtisodiy g`oyalar m.a. VI-III asrlarda shakllangan. Bu mamlakatdagi dastlabki quldorlik davlatlari e.a. II ming yillikda
paydo bo`lgan. Konfutsiylik g`oyasi muhimdir. Uning muallifi Konfutsiy
yoki Kun-Szi (m.a. 551-478 yy.) "Lun yuy" to`plamida ("Suhbatlar va mulohazalar") o`z g`oyalarini jamlagan. Olim kelajak rivojini o`tmishdan
izlaydi. Shu davrda obro`si pasaygan zodagonlarning manfaatini himoya
qiladi (bu g`oyalar keyinchalik Ken-Szi (m.a.312-289 yy.), Syun-Szi (313-
278 yy.) va boshqalar tomonidan davom ettirilgan). Yoshlarning qariyalarga hurmati, ularga qarshi chiqmaslik g`oyasi asos qilib olingan. Davlat
bu katta oila, podsho esa "xalqlar otasi"dir, boyliklar nisbatan tekis taqsimlanishi kerak, soliqlarni me'yorida saqlash, yer ishlarini yaxshi bajarish,
hammani o`z vazifalarini bajonidil ato etishi za-rur deyiladi ("Xalqlar
otasi" tushunchasining ibtidosiga e'tibor bering).
Bu g`oyalar Xitoydagi muhim iqtisodiy o`zgarishlar davriga to`g`ri
keladi. Temir qurollar tufayli dehqonchilik va hunarmandchilik rivoj topdi,
tovar-pul munosabatlari o`sdi, savdo-sotiq kuchaydi. Sinfiy munosabatlar
keskinlashdi. Shu sharoitda konfutsiylik ijtimoiy, axloq va huquq doirasida
tabiiy huquq nazariyasini ilgari surdi. Mamlakatdagi aristokratiya va xalq
o`rtasida vujudga kelgan quldorlik va xususiy mulk himoya qilinadi.
Konfu-siy "buyuk jamoa mulki" (dehqonlar jamoasi) va xususiy egalik
(quldorlar mulki)ni farqlaydi, so`nggisini ko`proq qo`llaydi. Jamiyatning
turli qatlamlari xudo tomonidan belgilanganligini ta'kidlaydi va uni tabiiy
hol, deydi. Boylikning manbayi mehnat bo`lib, hokimlar boyligi xalq
boyligiga asoslanadi. U xalq hisobiga quldorlar boyligi ortishi tarafdori
edi, xalqni ko`proq ishlab, kamroq iste'mol qilishga chaqirdi.
Davlatning iqtisodiy siyosati
uchta asosiy tamoyilga asoslanishi kerak:
1. Harajatlarni iqtisod qilish, ya'ni tejab-tergab sarflash;
2. Xalq to`qligini ta'minlash;
3. Ortiqcha mahsulotlarni saqlash zarurligi
"Ekonomiya" so`zi ("oykonomiya": - "oykos" - uy, xo`jalik va
"nomos" - qonun, qoida) tom ma'noda uy xo`jaligi to`g`risida qoida mazmuniga ega bo`lib, Ksenofontning maxsus asarining sarlavhasi bo`lgan.

E'tiboringiz uchun rahmat


Download 172.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling