Mavzu: Qadimgi Falastin, Suriya va Mitanni davlatlari
Download 14.89 Kb.
|
Dinnura12
Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universeteti tarix fakulteti 101-guruh talabasi Abduraxmonova Dinnuraning jahon tarix fanidan “Qadimgi Falastin, Suriya va Mitanni davlatlari” mavzusida tayyorlagan slaydiMavzu: Qadimgi Falastin, Suriya va Mitanni davlatlari.
Falastin 0 ‘rtayer dengizining sharqiy sohilida joylashgan qadimgi mamlakat. Uning hududlari tekislik va yassitog'liklardan iborat. U yerdagi daryolardan biri Iordan bo'lib, u O'lik dengiziga quyiladi. Iyerixon va Saron yerlari juda hosildor bo‘lib. Saronni “Jannat bog 7 "ga qiyos qilishadi. Bu unumdor yerlar Kelt va mayda soy suvlari bilan sug‘orilgan. Bu joylar mis va temir rudalariga ancha boy. Falastinning sharqiy tomoni issiq va quruq, dengizga qaragan g'arb tomoni esa yumshoq dengiz iqlimiga yaqin. Mamlakat o'simlik va hayvonot dunyosiga u qadar boy emas. Falastin serqatnov karvon yo'llari chorrahasida joylashgan edi. Kichik Osiyo. Ikki daryo oralig'i va Misrga boradigan katta savdo yo'llari Falastin yerlaridan kesib o'tganligi muhim ahamiyatga egadir. Arxeologlar Falastin hududidan 80-90 mingyillar ilgari yashagan odamlarning manzilgohlarini topishgan. Mezolit va neolit davrlariga kelib Falastinda aholi birmuncha ko'payib, ular tertnachilik. ovchilik bilan shug'illanib, ayni paytda ilk dehqonehilik va chorvachilikka ham asos solganlar M.av. Ill mingyillikda bu joyda mahalliy hisoblangan Xanaanliklar yashaganlar. Falastinning O'rtayer dengiziga tutash joylarida egey qabilalari - filistimlar joylashgan edi. Falastin nomi qadimgi yahudiycha peleshet so'zidan olingan ekan. Mamlakatning Sharqiy va Suriyaga tutash yerlarida amoriy qabilalari istiqomat qilishgan. Mamlakatda yahudiylar ham keng tarqalgan edilar. M.av. IV mingyillik oxiri va III mingyillik boshlaridan Falastinda ishlab chiqarish xo'jaligi rivojlana boshlaydi. Mamlakatning g'arbiy qismidagi unumdor tuproqli joylarda yashagan aholi asosan sug'orma ziroatchilik bilan shug'ullangan. Ular bug'doy, arpa, tariq, suli ekib. sabzavotchilik bilan mashg'ul bo'lganlar. Ziroatchilar uzum, anjir, anor, zaytun, olma va boshqa mevali daraxtlar ekib bog'dorchilikka ham katta e'tibor berganlar. Sohibkorlar maxsus ezuvchi uskunalar yordami bilan uzumdan musallas, zaytundan esa zaytun moyi olganlar. Ular yerni dastlab motiga-ketmoncha bilan yumshatib. keyinchalik omoch bilan haydab so‘ng ekin ekkanlar. Ziroatchilar suvli joylarda sug'orma. suvsiz joylarda esa lalmikor dehqonchilik bilan shug‘illangan. Falastinda qadim zamonlardan boshlab hunarmandchilik. kulolchilik, qurolsozlik. to'qimachilik, zargarlik taraqqiy etgan edi. Falastinliklar bundan 5 ming yil muqaddam jezni ixtiro qilib. undan pichoq, nayza, kamon o'qlari paykonlari, xan jar, bolta va boshqa ro‘zg‘or buyumlari yasaganlar. Bundan 3-3,5 ming yil muqadda esa u yerda temir kashf etilgan. Fhmarmandlar temirdan qishloq xo‘jaligi qurollari, yarog‘-aslaha va boshqa buyumlar yasaganlar. temir qurollarni qoilash xo'jalikning hamma tarmoqlari rivojlanishi uchun katta imkoniyat bergan. M. av. Ill ming yillik oxiri va II ming yillik boshlariga kelib Falastinda Gezer, Megiddo, Laxish, Iyerusalim (Quddus) kabi shahar-davlatlar qadkoiargan. Bu shahar-davlatlarning o'zhokimlari, podsholari, ruhoniylari, amaldorlari, soqchi va qo'shini bo'lgan. Shaharlar qalin mudofaa devorlari, minoralari bilan o‘rab olingan edi. M.av. XIX-XVIII asrlarda Falastin shaharlari gullab-yashnagan. Shahar-davlatlar Misr, Yunoniston, Bobil. Xett. Finikiya, Karfagen kabi mamlakatlar bilan qizgin savdo-sotiq ishlari olib borganlar. Janglarning birida Saul qo'shinlari yengilib, uning uch o'g'li ham jangda halok bo'ladi. Bu noxush xabarni eshitgan Saul o'zini qilich tig'iga tashlab halok bo'ladi. Saul vafotidan so'ng Falastinni birlashtirishni uning kuyovi Dovud (1000-965) davom ettiradi. U Saulning o'g'li Ishvaa’lamga qarshi 7 yil kurashib uni yengadi va Isroil-Yahudiy podsholigiga asos soladi. Dovud qo'shinlari Gat shahri yaqinidagi jangda filistimlarni engadi va ularni Isroildan haydab chiqaradi. U Quddusni egallab, uni birlashgan podsholikning markaziga aylantiradi. Dovud mamlakatda osoyishtalik o'rnatib, obodonchilik ishlariga ham katta e’tibor qaratadi. U filistimlar bilan sulh tuzib, ulardan yollanma qo'shin ham tuzadi. Janubda Akab qoitig'igacha boigan yerlami podsholikka qo'shib oladi. Dovud davrida Isroil-Yahudiy podsholigi kuchayib ravnaq topadi va mamlakat xo'jaligi rivojlanadi. Suriya va Finikiya O'rtayer dengizining Sharqiy sohilidagi qadimgi mamlakatlar hisoblanadi. Dengiz sohili bo'ylab Finikiya, undan sharq va janubi-sharqda Suriya joylashgan edi. Mamlakatlaming g‘arb tomoni dengiz suvlari bilan, sharq tomondan Suriya-Mesopotamiya dashti bilan o'ralgan bo'lib, Suriya va Finikiya yerlarining bir qismini Livan va Antilivan tog‘lari qoplab votadi. Tog'lar orasidan Iordan, Oront daryolari. ko'plab soy va jilg'alar oqib chiqadi. 0 ‘lka iqlimi o‘ziga xos, g'arb tomoni iliq. yoqimli shuningdek seryomg'ir. Sharq tomoni dashtlik, issiq, kamyog'in va qurg'oqchil. Qishning harorati ham xilma-xil. Qishda tog'larga ko'p qor yog'ib. bahorda esa tog' yonbag'irlarida yog'ingarchilik ko'proq bo'ladi. Bir arab maqolida ,, Mamlakatning boshida qish. kaftida kuz, oyog'ida esa doim bahordir”, deyilgan ekan. Finikiya va Suriyada odamlar o'ta qadim zamonlardan beri yashab kelganlar. Bu o'lkaning eng qadimgi aholisi hurriylar, amo176 riylar va “Sharq bolalari” deb atalgan qabilalar bo‘lishgan. Keyinchalik bu yerga xettlar, somiylar, eroniylar, yunonlar va rimliklar kelib joylashgan. M.av. VIII-VII mingyilliklarda bu o'lkada o'troq dehqonchilikka asoslangan ilk qishloqlar paydo bo'ldi. M.av. VI-IV mingyilliklarda esa bu qishloqlar kengayib, xo'jaligi rivoj topdi. Aholi orasida xususiy mulk, mulkiy tengsizlik va tabaqalanish shakllana boshlaydi. Keyinchalik esa ibtidoiy qishloqlar o'rnida Ugarit, Arvad, Bibl, Sidon, Tir, Damashq, Ebla va Kadesh kabi shahar-davlatlar tashkil topadi. Bu shahar-davlatlarning har birining o‘z podshosi, qo'shini, soqchilari, qamoqxonalari, amaldorlari, qozilari va ma’muriy idoralari bo'lgan. XIII asrda Suriya va Finikiyaga dengiz xalqlari hujum qilib, uning shahar qishloqlarini talab vayron etadilar. Uzoq davom etgan qonli janglar va ichki nizolar natijasida Misr va Xettlar davlati kuchsizlanadi. Bundan foydalangan Suriya va Finikiya shaharlari inustaqillik uchun harakat boshlaydilar. M.av. X I-X asrlarda Bibl, Sidon va Tir ancha yuksaladi. Xiram I (965-936) davrida TirSidon podsholigi kuchayadi. Shu davrda Finikiya dengizchilari Misr lir'avni Nexo taklifiga ko'ra Qizil dengiz bo'ylab suzib, 3 yil deganda Afrika qit’asini aylanib, Gibraltar bo'g'ozi, O'rtayer dengizi orqali vatanlariga qaytganlar. Finikiyaliklar O'rtayer sohilidagi ba'zi joylarda o'z manzilgohlarini barpo qilganlar. l iardan eng mashlruri Karfagen edi. Ammo XVIII asr oxiriga kelib, Yamxad davlati kuchdan ketib, o‘z mustaqilligini yo‘qotadi. M. av. XVIII asr oxiri XVII asr boshlarida Yamxaddan janubdagi bepoyon dashtlarda giksoslarning harbiy ittifoqi tashkil topadi. Ular Falastin va Janubiy Suriyadagi ko'pgina shahar-davlatlarni bosib oladilar. O'zlarining otliq qo'shini va jangovar aravalarida Shimoliy Misrga bostirib kiradilar. Nil daryosining quyi qismidagi Avaris shahrini mamlakat poytaxtiga aylantiradilar. Ular Misrda 120 yildan ortiq hukmronlik qiladi. M.av. 1580-yili giksoslar Misrdan quvib chiqariladi. Misrliklar Finikiya, Falastin va Suriyada o'z hukmronliklarini o'rnatgach, XV asrga kelib giksoslarning harbiy ittifoqi tarqalib ketadi. O'rtayer dengizining sharqiy sohilidagi yerlar dasht-sahro va kichik-kichik unumdor vohalardan iborat bo'lgan. M.av. VI-IV mingyilliklarda aholi ekin maydonlarini kengaytirib, bug ‘dov, arpa, tariq, zig ‘ir ekib. sabzavotchilik va bog‘dorchilik bilan shugillangan. Ular donni yormatosh va qo'l tegirmonlarda maydalab un tayyorlaganlar. Bog'bonlar mevali bogiar va tokzorlar yaratish uchun tog' yonbag'irlaridagi yerlardan unumli foydalangan. Misr yozuvlarining birida o'lkadagi mo'l-ko'llik haqida shunday hikoya qilinadi: “Bog‘lar mevalar bilan to4ib-toshib yotibdi. Vino ezgichdan suv kabi oqadi. Terassalarda to‘kilibyotgan donlar shunday m o‘l-ko‘lki, liatto qumdan ham ko'p”. Suriya va Finikiyada shishasozlik, zargarlik, miskarlik, temirchilik, qurolsozlik, kulolchilik, me’morchilik va ayniqsa ketnasozlik yuksak darajada taraqqiy etgan edi. Finikiyaning Ugarit, Arvad, Bibl, Sidon va Tir shaharlari sohilida kemasozlik ustaxonalari bo'lgan. Finikiya kemalari o'zining tezyurarligi va sifatliligi bilan shuhrat qozongan. Yunon tarixchisi Gerodot "Fors kemalari ichida finikiyaliklar yasab bergan kemalarjudayaxshi yurishi bilan boshqalarnikidan ajralib turadi”, deb yozgan edi. Suriya, ayniqsa Finikiya Old Osiyodagi madaniyat rivojlangan mamlakat boigan. Bu mamlakat xalqi erishgan yutuqlardan biri bu yozuv alifboning ixtiro qilinishidir. Ular m.av. II mingyillik boshlaridayoq bobilliklar mixxati asosida alifbo tuzganlar. M.av. IX-VIII asrlarda esa Finikiyada 24 belgidan iborat yozuv kashf etilgan. Finikiya yozuvi o‘sha zamonlardayoq atrof oikalarga yoyiladi. Suriya va Finikiyada dastlabki ibtidoiy din shakllari - tabiat hodisalariga, qoyatoshlarga, hayvon va boshqa buyumlarga e'tiqod qilish keng tarqalgan. Ularda yer va dehqonchilik bilan bogiiq e’tiqodlar ham kuchli edi. Ularning diniy e’tiqodida oiish vatirilish kabi tabiat xudolari Vaal va uning o‘g ii Alyaap alohida hurmatga sazovor ekan. Mot ularda o iim xudosi hisoblangan. Molox ham hurmatli xudolaridan boigan. Finikiyada bayram kunlari odamlarni xudolar sharafiga qurbonlik qilganlar. Qadimgi Mitanni janubi-g‘arbiy Osiyodagi quldorlik davlatlaridan biridir. Bu qadimgi davlal Mesopotamiyaning shimoliy va shimoli-g'arbiy qismida joylashgan. Uning yer usti tuzilishi shimolda tog'lik va qir-adirliklardan, g'arbiy qismi ham tog'liklardan iborat. Janubiy qismi esa Mesopotamiya pasttekisliklari bilan tutashib ketadi. Mamlakat g'arbidan Frot daryosining Xabur va Belix irmoqlari oqib o'tadi. Sharq tomonidan esa quyi Zab, yuqori Zab, Dajla va uning irmoqlari oqib o'tadi. Mitannining obi-havosi quyi Mesopotamiyaga nisbatan biroz boshqacha. yozi mo'tadil, qishi xiyla sovuqroq. Uning to g iik joylari ossuriyaliklamiki singari o'tloq-yaylovlarga ancha boy bo'lgan. Mitanni yerlarining qulay geografik muhiti qadim zamondan o'rta paleolitdan boshlab ibtidoiy odamlar diqqatini jalb qilgan. Yuqori va quvi Zab daryolari vodiysida o'rta paleolit makonlarining topilishi fikrimiz dalilidir. Mitanni aholisining asosiy qismini xurritlar tashkil etib, keyinchalik ular ossurlar, amoriylar va boshqa xalqlar bilan aralashib ketgan. M.av. XVI-XV asrlarda Mitanni xettlar bilan g'olibona urushlar olib borib, Kichik Osiyoning sharqiy hududlari, Suriya, Finikiya va hatto Falastinga ham kirib borib ularga o'z ta’sirini o‘tkazadi. M. av. XVI asrda Mitanni davlati ta’sir doirasining Old Osiyoda osha borishi uning atrofidagi davlatlarning e'tiborini o'ziga tortmay qo'vmas edi. Xususan, O'rtayer dengizi sharqiy sohillarini bosib olishga intilayotgan Misr fir'avnlari bilan Mitanni podsholari o‘rtasida kuchli to‘qnashuvlarga olib keldi. Mazkur davrda har ikki davlat o'rtasida Old Osiyoda ustunlikka ega boTish uchun qizg'in kurash boshlandi. M. av. XVI asrdan XIII asrgacha yashagan Mitanni Old Osiyodagi davlatlar singari quldorlikka asoslangan davlat edi. Mitanni podsholigining ijtimoiy munosabatlari haqida ma'lumotlar juda oz saqlanib qolgan. Ular haqida qadimgi Nuzu va Arrapxi qal’alari qazilishi natijasida topilgan yozma arxivlar ibodatxona va saroy xo'jaliklari haqida 149 ba’zi maiumotlarni beradi. Podsho xo'jaliklari kattaroq bo'lib. yozma arxiv m aium otlariga ko'ra uning otxonalarida ko'plab otlar, molxonalarida yuzlab yirik va mayda shoxli sigir, buqa, buzoq, qo'y-echki, cho‘chqalar boqilgan. Shuningdek, mamlakatdagi katta-katta haydalgan yerlar, bog'lar va o'rmonlar podsho oilasi a’zolariga qarashli bo'lgan. Mitanni podsholigi Kavkazorti va Old Osiyoning markazida joylashgan bo'lib, bu yerdan to'rt tomonga o'tadigan yirik savdo yo'llari mamlakat uchun juda katta iqtisodiy, siyosiy va harbiy ahamiyatga ega edi. Mitanni podsholari shu yo'llar orqali Janubiy.Mesopotamiya. Misr, O'rtayer dengizi sohilidagi boy mamlakatlar, Ossuriya, Urartu va Xettlar bilan qizg'in savdo ishlari olib borar edilar. 151 Mitanni davlati avvalo Janubiy Mesopotamiya xalqlari, qolavei - sa O'rtayer dengizining sharqiy sohilidagi mamlakatlar. shuningdek, Misr madaniyatidan bahramand bo'lgan. Download 14.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling