Mаvzu: Qadimgi Rim Darsning turi
Download 22.88 Kb.
|
1 2
Bog'liqNishonova Madinabonu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning motivatsiyasi
- Darsning taʼlimiy maqsadi
- Darsning tarbiyaviy maqsadi
- Darsda rivojlantirib boriladigan taʼlim
- Darsni bayon etish rejasi
Аndijon tumani _____________________________________maktab oʼqituvchisi ___________________________ning 1 soatlik oʼquv mashgʼulotiga moʼljallangan dars ishlanmasi 2023-2024 oʼquv yili uchun TАRIX TАLIMIDА MАSHGʼULOT MАVZUSIGА DАRS ISHLАNMАSI MАVZU: Qadimgi Rim Darsning turi: Muammoli taʼlim elementlarining oʼzida mujassamlashtirgan noanʼanaviy dars turi. Darsning jihozlanishi: Kadaskop yoki proektor orqali mavzu boʼyicha tayyorlangan taqdimot quyidagi koʼrgazmalar tasviri ekranda navbatma-navbat namoyish etiladi: a) Qadimgi Rim oʼquv tarixiy xaritasi; b) Qadimgi Rim davriga oid rasmlari; v) Qadimgi Rim tarixiga tegishli manbalar; Darsning motivatsiyasi: . Qadimgi Italiya (yunoncha “buzoqlar mamlakati”) deb dastlab o’zining sero’t yaylov-o’tloqlari bilan ma’lum bo’lgan Apennin yarim oroli janubi aytilgan. Apennin yarim oroli o’rtayerdengizi dunyosining eng markazida joylashgan bo’lib, qadimda qulay geografik va iqlim shart-sharoitlariga ega edi. Italiyani sharqdan, janub va g’arbdan Ligur, Tirren, Ioniya va Adriatika dengizlari o’rab, uni O’rtayerdengizining barcha mamlakatlari bilan bog’lagan edi. Er. avv. I ming yillikda Italiyaning shimoliy hududlari mo’tadil iqlim zonasida bo’lib, Apennin yarim orolning qolgan hududlari iqlimi iliq va yumshoq edi. Shimolda uning tabiiy chegaralari Alp tog’lari, janubda Messin qo’ltig’I uni Sitsiliyadan ajratib turar edi. Italiyaning g’arbiy qirg’og’i qulay buxtalarga boy bo’lkib, dengizchilik va savdoni rivojlanishiga turtki berdi. Italiyaning ko’pgina qismini tog’lar egallaydi, faqatgina 20% hududi tekisliklardan iborat. Etruriya, Kampaniya va Apuliyaning unumdor yerlari Latsiya tekisligi va Po vodiysi dehqonchilik uchun qulay bo’lganligi uchun bu yerda tariq, bug’doy, polba ekilgan, bog’dorchilik zaytun daraxtlari va uzumchilik bilan shug’ullanganlar. Qadimgi Italiya suv va o’rmonlarga boy edi. Darsning taʼlimiy maqsadi: Dars jarayonida qadimgi dunyo tarixi oʼquv qoʼllanmasiga ijodiy yondashgan holda Qadimgi Rim sivilizatsiyasining oʼziga xosliligi mavzuga doir tarixiy adabiyotlar va koʼrgazmali qurollardan maqsadga muvofiq foydalangan holda, yangi pedagogik texnologiya asosida, tarix oʼrganishga integratsion yondashish talablarini imkon qadar mukammal taʼlim berishga erishmoqdan iboratdir. Darsning tarbiyaviy maqsadi: Dars jarayonida oʼqituvchining mazkur mavzu yuzasidan taʼlimiy, ilmiy-nazariy va amaliy faoliyati majmui natijasida talabalar tarbiya-siga kompleks yondashgan holda yoshlarda milliy mustaqilligimizni buyuk kelajagi, milliy iftixor, vatanparvarlik tuygʼularini shakllantirishni uqtiriladi. Darsda rivojlantirib boriladigan taʼlim: Dars davomida oʼquvchilarning diqqat-eʼtiborlari oʼrganilayotgan materiallarni har tomonlama mustahkamlash maqsadida masalaga integratsion yondashib, Qadimgi Rim sivilizatsiyasining oʼziga xos xususiyatlariga toʼxtaladi. Dars jarayonida qoʼllaniladigan koʼrgazmali qurollar, tarqatiladigan didaktik materiallar, texnika vositalari va oʼquv qoʼllanmasiga qoʼshimcha adabiyotlar oʼz navbatida mazkur darsni oʼtish metodini ham aniq belgilashga imkon beradi. Darsni bayon etish rejasi: Download 22.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling