Mavzu: qadimgi rim, gretsiya kalendarlari. Yuliy tsezarning kalendar islohati. Mayya va slavyan xalqlari kalendarlari


O‘sha davrdayoq senat sekstilis (6- oyni) imperator Avgust nomi bilan atadi


Download 41.41 Kb.
bet6/10
Sana15.11.2023
Hajmi41.41 Kb.
#1774213
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Mavzu qadimgi rim, gretsiya kalendarlari. Yuliy tsezarning kale

O‘sha davrdayoq senat sekstilis (6- oyni) imperator Avgust nomi bilan atadi. Chunki avgust kalendarini to‘grilagan va harbiy galabalarni ko‘lga kiritgan edi. Biroq sekstilis oyi faqat 30 kunga ega edi. Senat imperator Avgustga bag’ishlangan oyni Yuliy Sezarga bag’ishlangan oydan kam bo‘lishini lozim ko‘rmadi. Buning ustiga 30 raqamini baxtsiz son hisoblab, (juft kun) fevraldan yana bir kun olishib, uni sekstilis - avgustga ko‘shishgan. Shunday qilib, fevral 28 yoki 29 (kabisa yilida) kunga ega bo‘lib qolgan. Endi uch oy (iyul, avgust, sentabr) qatorasiga 31 kundan iborat bo‘lgan edi. Bu ham Rim ko‘shinlariga ma’qul tushmagan. Shunda ular sentabrning bir kunini oqtabrga, noyabrning bir kunini dekabrga o‘tkazishgan.
Yulian kalendari: (eramizning boshida)



Oy nomlari

Kuni



Oy nomlari

Kuni

1

Yanvar

31

7

Iyul

31

2

Fevral

29\30

8

Avgust

31

3

Mart

31

9

Setyabr

30

4

Aprel

30

10

Oqtabr

31

5

May

31

11

Noyabr

30

6

Iyun

30

12

Dekabr

31

Bu o‘zgartirishlar uzun va qisqa oylarning Sozigen tomonidan tuzilgan ajoyib almashish tartibini butunlay buzib yuborgan.


Sezar tomonidan yilning boshlanishi martdan yanvarga ko‘chirilishi natijasida bizga tartib nomerlari o‘zlari joylashgan o‘rinda to‘gri kelmaydigan oylar meros qolgan. Ularning nomlari, tabiat xodisalaridan mutlaqo foydalanmagan; ular qadimgi butparast rimliklar xudolarning va imperatorlarning nomlari bilan aloqadordir. Mart yilning birinchi oyi edi, u endi ikkinchi oyga aylangan. Boshqa oylar ham nomiga nisbatan oldinga siljigan: sentabr, bu so‘z lotincha - yettinchi oy bo‘lishi kerak edi, u to‘qqizinchi oyga aylangan. Oktabr (sakkizinchi) o‘ninchi oyga, noyabr (to‘qqizinchi)- o‘n birinchi oyga, dekabr (o‘ninchi)- o‘n ikkinchi oyga aylanib qolgan. Bu o‘zgarishlardan keyin ham yil oylarining nomlari va oy kunlarining soni o‘zgarmay bizgacha yetib kelgan
Abu Rayxon Beruniy 27 yanvarda 1000 yilda yozib tomomlagan, “Osor al-boqiya”(“Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”) kitobida Rim kalendarini tavsiflagan; Rimliklarga kelsak, ularning oylari hamisha o‘n ikkita bo‘lib, ularning nomlari mana bular:



Yanvariyus

31 kun

Yuliyus

31 kun

Fevrariyus

28 kun

Avgustyus

31kun

Martiyus

31 kun

Sebtambriyus

30 kun

Apriryus

30 kun

Tambirz

31 kun

Moyus

31 kun

Navombiryus

30 kun

Yuniyus

30 kun

Demiriyus

31 kun

Rimliklar yili uch yuz oltmish besh kundir. Har to‘rt yilda to‘rtda chorak kun yig’ilgach, uni to‘liq bir kun qilib, fevrariyusga qo‘shganlar. Natijada shu oy har to‘rt yilda yig’irma to‘qqiz kun bo‘lgan. Dastlab rimliklarni yillarni kabisali qilishga majbur etgan qishi Daktitir laqabli Yulius (Yuliy Sezar) edi.2


Yuliy kalendari ana shunday takomillashib borgan. U izchil shamsiy kalendarni bo‘lib, avvaliga Italiyani, keyinchalik esa Yevropadagi barcha mamlakatlarni qo‘shaloq vaqt hisobidan - ham oyga, ham quyoshga asoslagan hisobdan xalos etgan edi. U XVI asrdan ziyod, to 1582 yilgacha, ayrim mamlakatlarga hatto XX asrgacha xizmat qilgan. Tashqi ko‘rinishi bilan hozirgi kalendardan xech farq qilmaydi.

Download 41.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling