Mavzu: Qadimgi Rim notiqlik san’atining o‘ziga xos xususiyatlari
Download 1 Mb.
|
ritorika 1
U hech qachon tayyorgarliksiz nutq so‘zlamagan, xar doim yozilgan nutqni oldindan yodlab olar edi. Uning maxoratiga, irodasiga xatto dushmanlari ham tan berishgan. Demosfen o‘zidan tajribaliroq bo‘lgan opponentlarining jamoatda chechanlik bilan qilingan qochiriqlariga nisbatan ta’sirchanligini his qilagani bois, shunday chiqish usulini ishlab chiqdiki, unda xozirjavob aytishuvga deyarli o‘rin qolmasdi. Raqiblarining qiyqiriqlari va tanbexlari bepisandlikka uchrar yoki oldindan tayyorlab qo‘yilgan matnlar bilan yo‘qqa chiqarilardi. Demosfen o‘zining nutqlarida jamoat chiqishida asosan odamlarning ruhiyati, ularning ixtiyori va hissiyotiga tasir qilishga kuch berar edi. Bunday ta’sir Demosfen ovozining to‘g‘ri yo‘lga ko‘yilgani, jo‘shqin va jumboqli iboralar bilan zo‘r berib ishlangan nutqning matni orqali amalga oshirilar edi. A’lo darajada ishlangan mimika va xatti - harakat bilan uygun xar bir ibora bosqichma - bosqich omma ruhiyatini notiqqa kerak bo‘lgan tarafga shunday yunantirilgan ediki, xatto insonlarning o‘zlari ham Demosfen nutqining tasiri ostida garchi avvalida notiqning g‘oyalariga qarshi kayfiyatda bo‘lsalarda, bilmagan xolda uning tarafiga o‘tib qolgan paytlarini sezmay qolardilar. "Notiqlikning darajasi asosini nima belgilab beradi?" deb berilgan savolga Demosfen qat’iy "Birinchidan ifodalash, ikkinchidan ifodalash va uchinchidan yana ifodalash" deb javob beradi.
Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling