Mavzu: Qadimgi Xitoy, Hindiston, Misr va Mesopotamiya madaniyati


Download 0.56 Mb.
bet2/4
Sana24.04.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1395321
1   2   3   4
Bog'liq
Ahmedov Jasur Misr va Mesapotamiya madaniyati

Misrda xudolarga sig‘inish bilan birga podshoh – fir’avnlarga sig‘i-nish ham alohida o‘rin tutgan. Misrliklar Fir’avnni yerdagi xudo deb hi-soblashar, shuning uchun ularga atab Piramidalar qurishgan, ularning nomlarini abadiylashtirganlar. Qadimgi podsholik davrida papirus qog‘ozining tayyorlanishi yoz-ma madaniyatni rivojlantirishga olib kelgan bo‘lsa, Misrda mis davrida birinchi bo‘lib asalarichilikning kashf qilinishi va yoyilishi ham dunyo-viy ahamiyatga ega bo‘ldi. Shu bilan birga, shu davrda dehqonchilik, bog‘dorchilik, polizchilik va uzumchilik rivojlangan. Qadimgi Misr podsholigi davrida yetakchi madaniyat yo‘nalishi – bu arxitektura bo‘lib, u boshqa madaniyat turlari bilan uyg‘unlikda rivoj-landi. Birinchi piramida arxitektor Imxoteb loyihasi asosida Fiza va Jo-serga atab Sakkarada (mil. avv. III mingyillikda) qurilgan bo‘lib, u bo‘yi 60 metr, pillapoya shaklida qurilgan. Imxoteb birinchi arxitektor bo‘libgina qolmay, ayni chog‘da olim, yozuvchi, tabib ham edi. Vafotidan keyin un-ga atab ibodatxona qurilgan. Ikkinchisi Dashurda qurilgan Snofru piramidasi to‘rt burchakli shaklda bo‘lib, uning bo‘yi 100 metr edi. Gizadagi fir’avn Xufu maqba-rasi-piramidasi o‘zining ulug‘vorligi bilan ajralib turadi. Mil. avv. XXVII asr boshlaridagi Misr fir’avni Xufu (yunoncha Xeops) maqbarasining bo‘yi 150 metr (hozir 146 metr, asosi 233-233 m.) bo‘lib, uning qurilishiga og‘irligi 2-15 tonnalik 2 mln. 300 mingta tarashlangan tosh ishlatilgan. Piramida 30 yil ichida qurilgan. Xufu piramidasi olamning yetti mo‘jiza-sining biri hisoblanadi. Gizaga yaqin tog‘ cho‘qqisini o‘yib tanasi sher-ni, kallasi odamnikiga o‘xshash bo‘lgan afsonaviy mahluq haykali, (ba-landligi 57 metr) yasalgan. U o‘zining betakrorligi bilan ajralib turadi. Hammasi bo‘lib 80 ga yaqin piramidalar qurilgan. Piramidalar Qadimgi Misrning o‘ziga xos ramziga aylangan.

  • Misrda xudolarga sig‘inish bilan birga podshoh – fir’avnlarga sig‘i-nish ham alohida o‘rin tutgan. Misrliklar Fir’avnni yerdagi xudo deb hi-soblashar, shuning uchun ularga atab Piramidalar qurishgan, ularning nomlarini abadiylashtirganlar. Qadimgi podsholik davrida papirus qog‘ozining tayyorlanishi yoz-ma madaniyatni rivojlantirishga olib kelgan bo‘lsa, Misrda mis davrida birinchi bo‘lib asalarichilikning kashf qilinishi va yoyilishi ham dunyo-viy ahamiyatga ega bo‘ldi. Shu bilan birga, shu davrda dehqonchilik, bog‘dorchilik, polizchilik va uzumchilik rivojlangan. Qadimgi Misr podsholigi davrida yetakchi madaniyat yo‘nalishi – bu arxitektura bo‘lib, u boshqa madaniyat turlari bilan uyg‘unlikda rivoj-landi. Birinchi piramida arxitektor Imxoteb loyihasi asosida Fiza va Jo-serga atab Sakkarada (mil. avv. III mingyillikda) qurilgan bo‘lib, u bo‘yi 60 metr, pillapoya shaklida qurilgan. Imxoteb birinchi arxitektor bo‘libgina qolmay, ayni chog‘da olim, yozuvchi, tabib ham edi. Vafotidan keyin un-ga atab ibodatxona qurilgan. Ikkinchisi Dashurda qurilgan Snofru piramidasi to‘rt burchakli shaklda bo‘lib, uning bo‘yi 100 metr edi. Gizadagi fir’avn Xufu maqba-rasi-piramidasi o‘zining ulug‘vorligi bilan ajralib turadi. Mil. avv. XXVII asr boshlaridagi Misr fir’avni Xufu (yunoncha Xeops) maqbarasining bo‘yi 150 metr (hozir 146 metr, asosi 233-233 m.) bo‘lib, uning qurilishiga og‘irligi 2-15 tonnalik 2 mln. 300 mingta tarashlangan tosh ishlatilgan. Piramida 30 yil ichida qurilgan. Xufu piramidasi olamning yetti mo‘jiza-sining biri hisoblanadi. Gizaga yaqin tog‘ cho‘qqisini o‘yib tanasi sher-ni, kallasi odamnikiga o‘xshash bo‘lgan afsonaviy mahluq haykali, (ba-landligi 57 metr) yasalgan. U o‘zining betakrorligi bilan ajralib turadi. Hammasi bo‘lib 80 ga yaqin piramidalar qurilgan. Piramidalar Qadimgi Misrning o‘ziga xos ramziga aylangan.

Bu davrda ko‘p janrli adabiyot ham rivojlanadi. Diniy «Marhumlar kitobi», realizm ruhidagi «Ikki og‘a-ini haqida ertak», sevgi haqida «Yurak-ni rohatlantiruvchi qo‘shiq» kabi asarlar yuzaga keldi. Tasviriy san’at va haykaltaroshlikda fir’avnlarning turmush tarzini aks ettiruvchi asarlar yaratildi. Haykaltarosh Tutmos tomonidan yaratil-gan fir’avn Exnaton va uning rafiqasi Nefertiti asarlari o‘zining betak-rorligi, go‘zalligi bilan kishilarni hayratga soladi. 1922-yili topilgan Tutanxamon maqbarasidagi (yagona to‘la saqlanib qolgan) Misr ma-daniyatiga taalluqli ko‘plab qimmatli yodgorliklar ichida fir’avnning mash-hur oltindan qilingan niqobi ham bor. So‘nggi Misr podsholigi davrida Misr inqiroz jarayonini boshidan kechirdi. Yagona Misr avval ikkiga, so‘ngra mayda nomlarga (davlat-chalarga) bo‘linib ketadi. Misr avval Numibiya, Ossuriya, Eron ta’siriga tushib qoladi va nihoyat, mil.avv. 332-yili Aleksandr Makedonskiy to-monidan egallanadi. Shu bilan Misrning qadimgi davri tugaydi.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling