Mavzu: Qadimgi Xitoy, Hindiston, Misr va Mesopotamiya madaniyati


Download 0.56 Mb.
bet3/4
Sana24.04.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1395321
1   2   3   4
Bog'liq
Ahmedov Jasur Misr va Mesapotamiya madaniyati

Qadimgi Mesopatamiya madaniyati.

  • Shumerlar iqtisodining asosini dehqonchilik tashkil qilgan bo‘lib, u sug‘orma dehqonchilik tizimi bilan bog‘liq edi. Shu bilan birga, chorva-chilik ham muhim ahamiyatga ega edi. Unda metallsozlik ham yuqori darajaga erishgan. Er.avv. III minginchi yil boshlariga kelib shumerlik-lar bronzadan mehnat qurollarini yasay boshlaydilar, er.avv. II mingin-chi yil oxirlariga kelib esa temir davri boshlanadi. Mesopotamiyadagi katta yutuqlardan biri bu yozuvning ixtiro qili-nishi edi. Ilk yozuv mil. avv. IV mingyillikda Janubiy Mesopotamiyada kashf qilingan. Bu yerga ko‘chib kelgan shumerlar ham ushbu yozuvni qabul qilganlar. U suratli yozuv bo‘lib, so‘z suratli rasm orqali ifoda etil-gan. Bu fanda iyeroglif deb nomlangan. Masalan, qush so‘zi qushning tasviri bilan, suv so‘zi uch qator to‘lqinsimon chiziq bilan ifoda etilgan. Ammo suratli yozuv bilan hamma so‘zlarni ham ifoda qilib bo‘lmagan. Uning cheklanganligi sababli bu yozuv takomillashtirib borilibmixxat yozuvi kashf qilingan. Harflar qotmagan loy lavhalar sathiga o‘yib tushi-rilgan. Harflar 600 ga yaqin belgidan iborat bo‘lgan. Bu yozuv keyin-chalik butun Janubi-g‘arbiy Osiyo xalqlari orasida tarqalgan. Qadimdan Mesopotamiya mirzolari adabiy, tarixiy asarlarni sopol, teri, loy lavhalarga yozib, o‘ziga xos kitoblar yaratganlar va kutubxona-larni tashkil qilganlar. Bunday kutubxonalar Ur, Nippur, Nineviya, Bo-bil, Ashshur kabi shaharlarda mavjud bo‘lgan. Ularning ichida eng kat-tasi Ossuri podshosi Ashshurbanipalning Nineviyadagi kutubxonasi bo‘-lib, unda 30 mingdan ortiq xatli lavhalar saqlangan.

Moddiy madaniyat sohasida Shumerda arxitektura qurilishi sohasi muhim o‘rin tutgan. Bu yerda xom g‘isht kashf qilingan bo‘lib, ulardan xramlar (ibodatxona) – olti, yetti qavatli zikkuratlar qurilgan. Ularning ichida taniqlisi Ur shahridagi «Xram-tog‘i» (er. avv. XXII-XXI asrlar) edi. Zikkuratlar observatoriya vazifasini ham bajarganlar. Osmon jism-lari harakatini kuzatish bilan astronom kohinlar shug‘ullangan. Qadimgi Mesopotamiya astronomlari Quyosh va Oy tutilishini oldindan bilgan-lar. Ular quyosh yili 365, oy yili 354 kunligini aniqlab, shu asosda astro-nomiya taqvimini tuzganlar. Haykaltaroshlik sohasida kichik hajmdagi haykalchalarni ibodatxo-nalar uchun yasalgan. Misol uchun Lagashdagi ayol haykalchasida (bo‘-yi 26 sm.) etnik qiyofa belgilari ham namoyon qilingan. Bu davrga taal-luqli misdan yasalgan Sargonning boshi tasvirlangan haykalchada pod-shoning botirligi, kuchli irodasi va qahrli xarakteri ifoda qilingan.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling