Asarlarni o


Download 292.21 Kb.
bet1/14
Sana17.06.2023
Hajmi292.21 Kb.
#1538155
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
xolyorov diplom ishi(1)


MUMTOZ ASARLARNI ORGANISHDA LUGATLARDAN FOYDALANISH USULLARI


REJA


1. Mumtoz asarlarni sharhlab o‘rgatish metodlari va tavsiyalar
2.Ahmad Yassaviy ”’Hikmatlar”ini innovatsion usullar
yordamida sharhlab orgatish


3.Gazallarni poetik xususiyatlarini o‘rganish metodlari


Mumtoz asarlarni sharhlab o‘rgatish metodlari va tavsiyalar

Qadim zamonlardan buyon ilmiy organishda keng qo‘llanib kelingan usullardan biri sharhlab organishdir. Sharh” arabcha soz bo‘lib ochish, bayon etish, oshkor qilish kabi manolarni anglatadi. Navoiy asarlari lug‘atida esa sharh aylamak, izohlamoq tarzida bayon etilgan. Bazi manbalarda sharh tavsifga o‘xshab ketishi, bu atama garchi sharh bilan manodosh bolsa-da, lekin u kengroq mazmunni anglatishi qayd etiladi. Yevropa ilmiy atamashunosligida sharh tushunchasi hamma vaqt ham bir xil manoni ifoda etmagan. Masalan sharh soziga rus adabiyotshunosligida komentariy atamasi to‘gri kelib, u bayon etish, kabi manolardan tashqari, keng manoda, yani ilmiy tadqiqot xarakteridagi ishlarga nisbatan ham qollaniladi. Tajribali o‘qituvchilarning fikricha, sharhlab o‘qitish orqali, biror asar matnini izohlash jarayonida o‘quvchilar notanish soz manosi bilan, ayrim sozlarning ko‘chma manosi yoki bir so‘zning bir necha xil manolari bilan tanishadilar. Tarixiy-badiiy asarlarni o‘rganish orqali arxaik shevaga xos, arab fors tilidan kirgan sozlar manosi oydinlashadi, oquvchilar koz ongida o‘tmish madaniyati oydinlashadi. Bazan darsda mavzuni badiiy asar nomini sharhlashdan boshlashga to‘gri keladi. Masalan, Turdi Farog‘iyning sherlarini orgatishda u yashagan davr haqida ikki ogiz gapirishdan boshlash zarur talaba osha davrga kirsa darsning mazmundorligi ortadi. Boburning Boburnoma”, Gulxaniyning Zarbulmasal”, Maxmurning Hapalak asarlarini sharhlashda ham xuddi shu yo‘lni tutish mumkin. Shunga o‘xshash asarlarni sharhlash quyidagi qismlardan iborat boladi. 1.Lingivistik sharh . (Tushunilishi qiyin so‘zlar, manosi notanish va noaniq so‘zlar izohi). Sharhning bu turini quyidagi so‘zlar qamrab oladi: arxaik sozlar, tarixiy sozlar, dialektizm, arab-fors so‘zlar izohi. So‘zlarni shu tarzda izohlash uning qaysi tilga mansubligi haqida ham ma’lumot beradi. 2.Tarixiy-milliy sharh. Bu xil sharhda qadimiy milliy urf odatlar, ananalar, udumlar bilan bog‘liq bo‘lgan an’analar izohlanadi. 3.Tarixiy-adabiy sharh. Bunda adabiy asarlardagi tarixiy davr bilan bog‘liq ananalar izohlanadi. Bundan tashqari asarlarni sharhlashda yana quyidagi turkum sozlar izohi bolishi mumkin: Geografik joy nomlari, Badiiy asardagi tarixiy shaxslar, ular haqidagi qoshimcha malumotlar, xalq maqollari, iboralar va

tasviriy vositalar, qahramonlarning ismi, tashqi qiyofasi, kiyim boshi, buyumlari. Son bilan ifodalangan soz va iboralar va hakozolar.8

Bugungi kunda Akademik litsey talabalari uchun orgatilayotgan mumtoz asarlar haqida mening shaxsiy mulohazalarim quyidagilardan iborat.Birinchi navbatda darslikni qayta ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq,chunki berilayotgan ijod namunalari bir qarashda o‘quvchilarni band qilib turishdek tuyuladi undan bir manaviy ozuqa olish hollari juda kam holatlarda uchraydi.Misol tariqasida darslikda berilgan Alisher Navoiyning Ashraqat min aksi shamsil-ka’si anvorul-xudo” gazalini akademk litsey tugul hatto bazi o‘qituvchilarni ozi ham asl mohiyatiga yetib bormaydi.Chunki ushbu g‘azal boyicha hali bir toxtamga kelinmagan.Eng mukammal sharh sifatida Azamxon Qozixo‘jayev sharhi hisoblanadi.Talalabalar hatto ushbu g‘azalni sharhidan ham bir maanaviy ozuqa olishi amrimaholdur. Jadid adabiyotining yirik namoyondalaridan biri Munavvar qori Abdurashidxonov shunday degan edi. “Har millatning maktab va madrasasi oldig‘i kabi, bizni ham maktab-madrasalarimiz garchi benizom va beusul olsa ham, yoq demak darajada oz emas. Har millat avlodini tarbiyalash va ta'limi ulumda ko‘rsatgan himmat va gayrati kabi bizlarda ham oz ma'sum avlodlarini jaholat va gaflat zulmatida qolmoqig‘a hech bir rizolari olmay, qollaridan kelgancha ta'lim va tarbiyati avlodda qusurlik korsatmakchi zotlar mavjuddirlar. Va lekin dunyog‘a nima uchun kelgonini bilmay, ilm va maorifga aslo rag‘bat qilmay, jonidin shirin bolalarini ko‘cha-bakocha kezdirib, bechora ma'sumning aziz umrini jaholat otashina yondirguvchi behamiyat va bediyonat otalar ham oramizda oz emasdur. Ko‘p dindoshlarimizni ko‘rarmizki, oz farzandlarini aslo maktabga bermay orqalaridin ergashtirib, ruslar eshigida ozlari kabi xizmatchilikka o‘rgatib, dunyo va oxiratning saodati o‘lgon ilm va maorifdin mahrum qo‘ymoqdin hech bir ibo qilmaslar. Ba'zi azizlarimiz bordurki, oglini qo‘lidin tutib maktabga olib borur. Muallimdan tolib qilurga: “Taqsir, shu og‘limni goshti sizniki, ustixoni bizniki, bir iloj qilib, tezlik ila naqd va nasiya yozmoqni orgatib berursiz”, der. Eshagiga yarasha tushovi” degan o‘zbek maqolicha, muallimlar ham aksarlari qonuni ta'lim-tarbiyadin butun-butun bexabar kishilar o‘lub, balki oquv va yozuvni ham lozimincha bilmasliklari vajhidan

bechora ma'sumalarni iste'dodi zotiyasig‘a nazzora ikki yil zarifida jami' lavozumoti diniyani bildirmoq mumkin olg‘on holda, to‘rt-besh yilg‘acha hijja usuli birla dunyo va oxiratga foydasi bo‘lmagon Fuzuliy, Navoiy, Xo‘ja Hofiz va Bedil kabi mushkul manzuma kitoblarga umri azizini barbod etarlar.


Ey vatandoshlar! Diqqat nazari ila boqing! Bir bolani maktabga bermakdan maqsudi vojibot diniyamiz olg‘on ilmi qiroat, masoili e'tiqodiya, farz, vojib, sunnat mustahab, harom, makruh, namoz va roza, haj va zakotlarni ham zaruroti dunyaviyamiz olg‘on ilmi hisob, jugrofiya, tavorix, xususan, «Tarixi Islom» kabi foydalik ilmlarni bildurmoq olg‘on holda johil domlalarning «ta'limi faloniy, qoshi qaro, qaro kozi, qaro yuzi, oh, sozi shirin», deb bolalarni fasod axloqiga birinchi sabab oladurgon manzuma kitoblar o‘lmish.Bu xususda otada ayb yoq, chunki bu bechorani e'tiqodida bolani o‘qutmoq yolg‘iz naqd va nasiya yozdurmoqdin iboratdur. Muallimda ham ayb yoq, chunki bu zikr qiling‘on ulumi zaruriyalarni bechora muallimning ozi bilmas, balki bazilarini ismini ham eshitgan emas. Bechora na qilsun? Nochor, befoyda bo‘lsa ham maktablarda bolalarga o‘qitgudek bulardan boshqa bir kitob topilmag‘on zamonlarda ozi o‘qib, bilgan kitoblari shu kitoblar o‘ldigi chun eski orunlarda eski tushlarin ko‘rmakdadurlar. Mani so‘zimdan Fuzuliy, Navoiy, Xo‘ja Hofiz, Bedillar kabi ulug‘ zotlarni tahqir qildi, deb gumon qilinmasun. Chunki mani garazim bu kitoblarni zotan befoyda demak emas, balki yosh bolalarga bu kitoblarning ta'limi befoyda, demakdir. Misola bir bolaga Fuzuliy o‘rniga ilmi qiroat, Navoiy orniga masoili e'tiqodiya, Xo‘ja Hofiz joyiga masoili amaliyot, Bedil badaliga ilmi hisob oqitilsa, din va dunyosi uchun qancha foydalar hosil qilib, musulmon olur.9 Ushbu jumlalani ozi ham bugungi kundagi birgina Akademik litseylarning adabiyot darsliklaridagi haddan oshiq kop,o‘quvchi deyarli tushunmaydigan tushunsa ham uning yosh xususiyatlarini inobatga olmagan holda berilgan sher va dostonlar bugungi kunda ozini oqlamoqdamikin,kim ayta oladi bugun hamma sohada ARUZ kerak deb, Kim ayta oladi litseydagi hamma talabalar mumtoz sherni birday ozlashtira oladi deb.Mening fikrimcha ko‘proq tarbiyaviy ahamiyatga ega bolgan,kundalik turmush tarzida uchraydigan holatlar bilan bogliq asarlarni berib borib uni sodda sharhi bilan yondosh yani o‘quvchi avval

tanish bo‘lgan,mag‘zini chaqqan asar bilan solishtirib orgatsa natija korinadi.Alisher Navoiyning Xamsa” asaridan malum parchalar berilgan Farhod va Shirin” dostonidagi Farhod va Xursav bahsi. Bu Navoiy ijodining choqqisi.Ko‘p qavatli binoga chiqmoqchi bolsak birinchi qavat so‘ngra ikkinchi qavat va hokazo. Alisher Navoiyning Hayrat ul abror” dostonida Hazrati Ayyub hikoyati mavjud ushbu hikoyat bilan 5-sinf darsligida mavjud bo‘lgan Gafur G‘ulomning Mening og‘rigina bolam hikoyasi bir biriga juda o‘xshash buni talaba tez anglaydi va bundan ozuqa oladi. Xuddi shunday Navoiy ijodini o‘rgatishda ham pog‘onama-pog‘ona o‘rgatish joiz. Nafaqat Alisher Navoiy balki butun mumtoz shoirlarni nazarda tutmoqdamiz. Ammo berilgan bazi sherlarni sharhlashda men tadqiqotchi, bolajak oqituvchi sifatida ayrim metodlarni qo‘llayman. Albatta shaxsiy qarash sifatida. Chunki bugungi kunda darslikda mana shu sheriy parchalar berilgan ekan biz bunga quyidagicha yondoshgan bolardik va uni amaliyotga tadbiq etamiz . Joriy dasturda 1-bosqich adabiyot darsligida Yusuf Xos Hojibning Qutadg‘u bilig”, Ahmad Yugnakiyning Hibat ul- haqoyiq”, Ahmad Yassaviyning Hikmatlar”, Nosiriddin Rabg‘uziyning Qissasi Rabguziy asarlari, Pahlavon Mahmud ruboiylari, Sayfi Saroyi g‘azallari va Gulistoni bit-turkiy asari hamda Suhayl va Guldursun” dostoni, Xorazmiyning Muhabbatnoma”, Xo‘jandiyning Latofatnoma” asari, Sakkokiy, Atoiy, Gadoiy, Lutfiy ijodidan namunalar kiritilgan. Jahon adabiyoti durdonalari hisoblangan Rudakiy ijodi namunalari va Firdavsiyning Shohnoma”sidan parcha orin olgan. 2-bosqich adabiyot darsligida esa XV asrning 2- yarmidan XX asrgacha bo‘lgan davrdagi adabiy yodgorliklarni qamrab olgan. Unda Alisher Navoiy g‘azallari, qit’alari, ruboiylari, tuyuqlari, mustazod, muxammas, tarjibandlaridan namunalar hamda Xamsa” dostonidan parchalar, Husayniy ijodidan namunalar, Zahiriddin Muhammad Bobur gazallari, ruboiylari va tuyuqlaridan namunalar, Boburnoma”dan parcha, Majlisiy ijodi, Xojaning Miftoh ul-adl” asaridan namuna, Abulg‘ozi Bahodirxonning Shajarayi turk” asaridan parchalar, Turdi Farogiy, So‘fi Olloyor ijodlaridan namunalar, Mashrabning devoni, Huvaydoning Rohati dil” dostonidan lavhalar, Uvaysiy, Amiriy, Nodiralarning lirik merosi, Gulxaniyning “Zarbulmasal”, Maxmur, Shermuhammad Munis, Muhammadrizo Ogahiy, Muqimiyning Sayohatnoma”si, Furqat, Zavqiy, Komil Xorazmiy, Dilshodi Barno va Anbar Otin ijodiy merosi kabi mumtoz asarlar joy olgan.
Berilayotgan asarning Zamonaviy variantini izlash metodi.Bu metod asosan g‘azal va ruboiy janridagi asarlar uchun ahamiyatlidir.Avom ishqi kuylangan sherlarda oshiq,mashuqa,raqib obrazlari yoki bolmasa kozining qaroligi soching sumbulligi va yorning turli azolarini tariflash kabi misollarga zamonaviy sheriyatda ham mumtoz sheriyatda ham juda koplab misollar keltirish mukin.Ushbu metodni doirasi cheklangan yani har bir darsda ish bermasligi mumkin ammo ornida foydalansa boladi.Masalan Hayrat ul-abror dostonidagi yaxshilik va dostlik” haqidagi parchaga mos ravishda talabalar hayotida uchraydigan voqealarni misol qilsa boladi, bundan tashqari Abdulla Oripovning “Toshkent shaniga” sherini Komil Xorazmiyning Toshkand” sheri bilan birgalikda sharhlash

Toshkent sha’niga


Download 292.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling