Asarlarni o


Download 292.21 Kb.
bet4/14
Sana17.06.2023
Hajmi292.21 Kb.
#1538155
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
xolyorov diplom ishi(1)

Sharhlash metodi- bu metod ham yuqoridagi metodlarimiz kabi ozimizning innovatsion metodlarimizdan. Bu metod ko‘pincha chorak so‘ngida, mustahkamlash darslarida,ochiq darslarda oz nomini oqlaydi.Chunki bu metodda o‘qituvchi guruhni malum bir nomlar ostida (masalan yigitlardan iborat Farhodlar”,Qayslar”, Shirinlar”, Laylilar”) kabi guruhlarga bo‘linadi.Birinchi jamoa jumla keltiradi ikkinchi jamoa sharhlaydi ketma ketlik davom etadi.Natijada sheriy parchaning mohiyati oquvchi miyasida chuqurroq o‘rnashadi. Misol uchun: Zohid, sanga - hur, manga - jonona kerak, Jannat - sanga bo'lsun, manga -mayxona kerak. Baytini birinchi jamoa ikkinchi jamoaga yo‘llaydi. 1 daqiqa vaqt ichida javob aytilishi belgilanadi.
Gazallarni poetik xususiyatlarini o‘rganish metodlari

Adabiyot darslarida sheriy asarlarni organishda izohli oqish lirik asar tahlilining samarali usuli sifatida alohida ahmiyat kasb etadi.Sheriy asarni o‘qish va tahlil qilish jarayonida o‘quvchilarning mustaqil fikrlashiga alohida e’tibor beriladi. Orta bahoga o‘qiydigan o‘quvchiga ham oylash va savolga ongli ravishda javob berish, matndan tegishli orinlarni topish uchun vaqt ajratilsa, u asta-sekin faollasha boshlaydi. Mustaqil fikr sherni estetik baholashdagi mustaqillikka ham yolochadi.Natijada, o‘quvchilarning sherni badiiy idrok etishini chetdan kuzatish, yutuq va kamchiliklarini aniqlash, oz vaqtida tegishli maslahatlar bilan yordam qolini cho‘zish uchun keng imkoniyatlar yaratiladi. Adabiy talim jarayonida sheriy asarlar tahlilida estetik jihatlarga etibor qaratish orqali o‘quvchilar sheriyatga oshno bo‘ladilar.Navoiy ijodiga oid darslar vositasida o‘quvchilar ongi va tasavvurida buyuk adib siymosini uning ijodiy qiyofasini shakllantirish mumkun bo‘ladi. Navoiyning tashqi qiyofasi unga zamondosh bolgan san’atkorlar tomonidan chizib qoldirilgan. Imkoni bo‘lsa, darsda shu rasmlardan foydalanish maqsadga muofiq bo‘ladi. Adibning soz
vositasidagi portreti esa ko‘plab ijodkorlarda mavjud. Biz Oybek ijodiga (

Navoiy romani ) murojat qilishimiz mumkun. Boburning Boburnoma sidagi ham asqotadi: Alisherbek naziri yo‘q kishi erdi. To turkiy til bila sher aytibturlar, hech kim onchalik kop va xo‘p aytqon emas”. Navoiyning shaxsiy fazilatlari, alohida qobiliyat va iqtidori haqida ham maxsus to‘xtash zarur. Ayniqsa uning zehni, xotirasi haqidagi tarixiy faktlar o‘quvchilarning qalbiga kuchli tasir korsatadi va bu holat ularning adib ijodiga bolgan qiziqishlarini oshiruvchi omil bo‘lib xizmat qiladi. Shunga ko‘ra adibning yod olgan asarlari, zamonaviy va otgan adiblardan yod olingan sherlarning miqdori haqidagi mulohazalarni ularni yetkazish orinli bo‘ladi. Navoiy favqulotda qobiliyat egasi bolgan. Uning iqtidori cheku chegara bilgan emas.U juda erta shuhrat qozongan.O‘zidan yoshi ulug‘ bo‘lgan zamondoshlari uning iqtidorini tan olishgan, unga qoyil qolishgan.

Navoiy sheriyati bilan muloqot o‘quvchilarning ichki olamini, manaviyatini boyishiga katta hissa qoshadi. Navoiyning vatan va vatanparvarlik haqidagi sherlari faqat o‘sha davr kishisining kechinmalari sifatidagina emas, balki bugungi avlod, xususan, yoshlar uchun ham ibrat va namuna maktabi bolishi tabiiydir. O‘quvchilar ongiga mana shu holatlar yetkazilishi kerak.


Download 292.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling