Asarlarni o
Download 292.21 Kb.
|
xolyorov diplom ishi(1)
Ko‘rgali husningni zoru mubtalo bo‘ldum sanga,
Ne balolig‘ kun edikim, oshno bo‘ldim sanga. Matla’ning birinchi misrasida oshiq ko‘ngilning sog‘inchli ishtiyoqlari, yorga bo‘lgan dil talpinishlari o‘z ifodasini topgan bo‘lsa, keyingi misrada shu oshiqlikdan pushaymonlik aks etgan. Bu ohang yorni ilk marta ko‘rgan kunga berilayotgan bahoda( ne balolig‘ kun edikim) mujassamlashgan. Qofiyaga “mubtalo” va “oshno” so‘zlarining surilish mazkur motivni bo‘rttirib ta’svirlashga xizmat qiladi. Misralar oxirida takrorlanayotgan radif – “bo‘ldum sanga” mazkur kechinmalarning bevosita so‘zlovchi–lirik qahramonga daxldorligini ta’kidlab turadi. Ammo bu yerdagi pushaymonlikning oniy lahzalarga oidligini ham unutmaslik kerak.Keyingi bandlarda undan asar qolmaydi.Aksincha ularda lirik kayfiyatning boshqa qirralari yanada teranroq ochib beriladi. Endi bevosita lirik qahramonning umumiy holati tasviriga o‘tiladi: Har necha dedimki, kun- kundin uzay sendin ko‘ngul, Vaxki, kun – kundin batarrak mubtalo bo‘ldim sanga. Bu yerda ishqiy kechinmalarning o‘ziga xos tasviri mavjud.U inson – lirik qahramon ruhiyatidagi o‘zgarishlarning tadrijini ko‘rsatib bermoqda.Navbatdagi baytda ham shu ruh davom etadi. Endi lirik qahramon va uning nutqi yo‘naltirilgan shaxs - ma’shuqaning o‘z so‘zlari orqali inkishof etish yo‘li tanlanadi: Download 292.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling