Mavzu: Qadimgi Xitoydagi iqtisodiy g`oyalar. Reja


Download 32.68 Kb.
bet1/2
Sana30.10.2023
Hajmi32.68 Kb.
#1734017
  1   2
Bog'liq
00000Qadimgi Xitoydagi iqtisodiy g`oyalar


Mavzu: Qadimgi Xitoydagi iqtisodiy g`oyalar.

Reja:

  1. Xitoyning iqtisodiy mo‘jizasi

  2. Oldinga sakrash usuli

3. Kollektiv boshqaruv va bozor avtoritarizmi

Xitoy so‘nggi 35 yil ichida bozor iqtisodiyotiga yo‘naltirilgan islohotlar hamda tashqi dunyoga ochiqlik siyosati sabab, misli ko‘rilmagan o‘sish va rivojlanishga erishdi. Ushbu davrda 10 foizdan kam bo‘lmagan o‘rtacha yillik o‘sishni qayd etgan Xitoy iqtisodi 2012 yil oxiriga kelib, yalpi ichki mahsulot (YAIM) hajmi bo‘yicha AQShdan keyingi ikkinchi yirik iqtisodiyotga aylandi. 1980 yilda YAIM aholi jon boshiga 205 dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2012 yilga kelib, u 6075 dollarga yetdi. Shuningdek, Xitoy ochiqlik siyosati natijasida jahondagi eng yirik eksportchi sifatida yirik eksport hajmi tufayli 3,3 trillion dollarlik valyuta zaxirasini to‘plab, dunyoda birinchi o‘rinni egalladi.

Bu iqtisodiy o‘sish raqamlari ijtimoiy hayotda yuz millionlab insonlarni qashshoqlik asoratidan qutqarish misolida o‘z aksini topdi. Bugungi Xitoy butun jahonga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan emas, yuqori texnologiyalari bilan tanilib ulgurgan. Gapning sirasini aytganda, mamlakatdagi tez va uzoq muddatli iqtisodiy o‘sish, global savdo ulushi kengayishi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning rekord darajasi sababli Xitoyni nafaqat iqtisodiy moʻjiza, balki qudratli davlat deya taʼriflasak adashmaymiz. Ammo, hayratlanarli ushbu iqtisodiy moʻjiza zamirida, aslida, nimalar yotgani ko‘pchilik uchun hali-hamon mavhum. Bundan, albatta, Xitoyning markazlashgan rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyoti sari tashlagan sirli qadami va u olib kelgan bugungi boshqaruv tizimi nimalarga asoslangan, degan o‘rinli savol tug‘iladi.

1978 yilda boshlangan buyruqbozlik iqtisodiyotidan aralash iqtisodiyotga o‘tish islohoti zamirida Mao Szedundan qolgan qoloq iqtisodiy meros mujassam. Maoning 1958 yildan 1960 yilgacha davom etgan Buyuk Sakrash iqtisodiy siyosati Xitoy iqtisodini vayron qilib, qishloq xo‘jaligini o‘ta byurokratiyalashtirgan bo‘lsa, uning 1966-1976 yillardagi Madaniy Inqilobi ijtimoiy hayotni parchalab tashladi. Qo‘shni Tayvan, Janubiy Koreya va Yaponiya rivojlangan davlatlar qatoridan joy olar ekan, Xitoy ishlab chiqarishdagi davlat monopoliyasi, qishloq xo‘jaligidagi markazlashuv hamda kollektivlashtirish natijasidagi turg‘unlik asoratidan aziyat chekardi. Iqtisodiy rivojlanishdagi muqobil ideologiya, Marksizm-Leninizm-Maoizm shubha ostida qolishi bilan yangi lider – Den Syaoping inqilobiy g‘oyani ilgari surib, siyosiy maydonga chiqdi; mushukning rangidan ko‘ra, uning sichqon ovlash qobiliyati ko‘proq ahamiyatga ega. Denning pragmatik g‘oyasiga asoslangan Xitoy iqtisodini struktural tarzda isloh qilish rejasi bosqichma-bosqich tarzda qishloq xo‘jaligi, tashqi savdo va sanoat sohalarini qamrab oldi.

Qishloq xo‘jaligidagi kollektivlashtirishdan voz kechish va bozor munosabatlariga o‘tish islohoti har bir oilaga yer ajratilishini, ishlab chiqarishdagi erkinlikni taʼminladi. Ikki tomonlama narxlash (davlat va bozor) siyosati esa fermerlarga majburiy davlat xaridlaridan ortgan mahsulotlarni bozor narxida sotish imkonini berdi. Har bir fermerning yerdan o‘z xohishiga ko‘ra foydalanish erkinligi va bozor narxida foyda olish imkoniyati foydaning maʼlum qismini texnologiyalarga investitsiya yo‘naltirgan holda samaradorlikni oshirishga olib keldi. Qishloq xo‘jaligidagi mo‘l-ko‘llik yengil sanoat uchun arzon oziq-ovqat hamda xom ashyoni ko‘paytirib, shaharlarda o‘zgarishlar ro‘y berishi uchun qulay sharoit yaratdi. Qishloq xo‘jaligidagi muvaffaqiyat, keyingi islohotlar uchun katalizator vazifasini o‘tadi.

Dastavval, norasmiy iqtisod qonunlashtirildi va xususiy kichik hamda jamoaviy biznes bilan shug‘ullanuvchilar soni millionlarga oshdi. Ikki tomonlama narxlash siyosatining yangi turdagi mulk shakllari, yaʼni qishloq va shahar kollektiv korxonalari uchun ham qo‘llanishi, bunday korxonalar rahbariyatini moliyaviy rag‘batlantirdi. Ishlab chiqarish siyosatida de-fakto mustaqillikka erishgan bu korxonalar davlat korxonalaridan farqli o‘laroq, foydani o‘zida saqlab qolishi mumkin bo‘ldi. Natijada, 1978 va 1988 yillar davomida nodavlat firmalarning sanoatdagi umumiy ishlab chiqarish bo‘yicha qiymati 22 foizdan 43 foizga oshdi. Ishlab chiqarishdagi erkinlik, o‘z navbatida, savdo va investitsiya jalb qilish borasida ham namoyon bo‘la boshladi. Investitsiya jalb qilish uchun sohilbo‘yi shaharlarida erkin iqtisodiy hududlar tashkil etilib, tashqi ishlar vazirligining tashqi savdo va investitsiya borasidagi monopoliyasi tugatildi. Erkinlik va ochiqlik siyosati tufayli eksport qiymati 1978-1989 yillarda 9.7 milliard dollardan 52.5 milliard dollarga o‘sdi, savdo hajmi oshdi. Xalqaro savdo, xususiy sarmoyalar ulushi o‘sib, davlat sektori ulushi nisbiy ravishda qisqarsa-da, Kommunist partiya iqtisodni boshqarishda qatʼiyliknisaqlab qoldi. Iqtisodiy qayta qurish va diversifikatsiya bir qator sanoat siyosati orqali ilgari surildi. Xorijiy investorlardan mahalliy firmalar bilan qo‘shma korxonalar tuzish va mahalliy manbalardan foydalanishni ko‘paytirish talab qilindi. Valyuta kursi va xalqaro moliyaviy oqimlar aksariyat hollarda nazorat ostida qoldi.

Islohotlarning siyosiy tomoni

Buyruqbozlikka asoslangan iqtisoddan bozor munosabatlariga o‘tishdagi Xitoyning bosqichma-bosqich o‘tish modeli muvaffaqiyati o‘z-o‘zidan Sobiq Ittifoqdan ajralgan Rossiyada qo‘llangan shok terapiyasi islohotlari keltirgan alamli natijani yodga soladi. Nega Gorbachyov davrida boshlangan islohotlar Rossiyani iqtisodiy qoloqlik va siyosiy parokandalikka, Den davrida boshlangan islohotlar esa iqtisodiy taraqqiyotga yetakladi? Bu jumboq soha olimlarini yillar davomida o‘ylantirdi. Yuqorida keltirilgan misollar orqali umumlashtirib, ko‘pchilik Xitoyning iqtisodiy o‘sishiga sabab sifatida turli omillarni sanaydi: yuqori darajadagi pragmatizm, bosqichma-bosqich va barqaror islohotlar, davomiy yangilanish natijasida vujudga kelgan yangi iqtisodiy strukturalar hamda yuqori hajmdagi omonatlar va investitsiya. Ammo, shuni unutmaslik kerakki, buyruqbozlikka asoslangan tizimni isloh qilishdagi fundamental, biroq og‘riqli masala iqtisodiy daholik yoki qoidalar emas, balki ularni qo‘llashdagi siyosiy mantiq bilan chambarchas bog‘liq. Buning asosiy sababi, tizimdagi yangi islohotlar ularni amalga oshirishi kerak bo‘lgan byurokratiyaning manfaatiga tamoman teskari ekanligidadir. Boshqacha aytganda, Kommunist partiya byurokratlari islohotlardan zarar ko‘rishni o‘ylab, unga tish-tirnoqlari bilan qarshi chiqishadi.


Kollektiv boshqaruv va bozor avtoritarizmi: Xitoyning bugungi siyosiy-iqtisodiy tuzumi

Denning ochiqlik siyosati, albatta, Xitoyning iqtisodiy o‘sishida katta rol o‘ynagan bo‘lishi mumkin, ammo keyingi rahbarlar davrida ham mamlakatdagi iqtisodiy o‘sish davomiyligini qanday tushunish kerak? Xitoyning bugungi kunga qadar davom etayotgan iqtisodiy taraqqiyoti zamirida kuchda qolish uchun o‘zini davomiy yangilab turuvchi yangi siyosiy-iqtisodiy tuzum yotibdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bu tuzumning mantig‘i ikki muhim tamoyilga asoslangan: siyosiy kuch hamda qaror qabul qilishda demokratik element va kollektiv boshqaruv aralashmasiga asoslangan partiya avtoritarizmi, davlat aralashuvi va erkin bozor prinsiplari aralashmasidan tashkil topgan bozor avtoritarizmi. Bugungacha davom etayotgan bu tuzumning negizida Denning byurokrativ boshqaruvni hisobdorlik, raqobat va kuchga to‘siqlar o‘rnatish kabi demokratik omillar bilan boyitgani yotadi. Mazkur o‘zgarishlarning eng ahamiyatlisi, byurokratik boshqaruvda yakka hukmronlikdan voz kechilib, kollektiv boshqaruvga o‘tilishi va yuqori partiya elita qatlami uchun muddat cheklovlari hamda majburiy pensiya yoshi joriy etilishi bo‘ldi. Boshqaruvdagi bu o‘zgarishlar boshqa davlatlardagidek siyosiy ko‘rinish kasb etmasa-da, ular vaqt o‘tib, noyob gibrid siyosiy institutni hosil qildi: demokratik xususiyatlarga ega partiya avtokratiyasi. Davlat boshqaruvi tizimidagi eski qoida, yaʼni ideologiya asosidagi tayinlovlarning moddiy rag‘batlantirish tomon o‘tishi zanglab yotgan kommunistik byurokratiyani o‘ta moslashuvchan kapitalistik mashina va rivojlanish agentiga aylantirdi.

Xitoyda shakllangan tuzumning ikkinchi tamoyili siyosiy kuchga bo‘ysundirilgan yangi iqtisodiy mantiq bozor avtoritarizmiga asoslanadi. Bozor avtoritarizmining asosiy xususiyatlaridan biri – bu bir tomondan kapitalistik iqtisodiyot hamda bozor erkinliklarining mavjudligi bo‘lsa, boshqa tomondan demokratik erkinlik va huquqlarning chegaralanishidir. Siyosiy kuchda qolish uchun iqtisodiy rivojlanishni asosiy maqsad qilgan bu model strategik sohalarda yuqori davlat aralashuvini, davlat korxonalarini, vaqti-vaqti bilan bozor kuchlarini tiyib turish va baʼzida tadrijiy islohotlar qilib, siyosiy ahamiyatga ega bo‘lmagan sohalarda bozor erkinliklarini chegaramaslik, xususiy mulkchilik va kompaniyalarni qo‘llab- quvvatlashni o‘z ichiga oladi. Albatta, bir qarashda bunday kapitalist iqtisodda xususiy mulkka nisbatan tajovuz, korxonalarni milliylashtirish va davlat mansabidan shaxsiy manfaat yo‘lida foydalanish kabi salbiy illatlar urchishi tabiiy. Ammo, byurokratiyaning isloh qilinib, moddiy rag‘batlantirilishi hamda baʼzi demokratik prinsiplarni o‘zida jamlagan kollektiv boshqaruv Xitoyda yumshoq bozor avtoritarizmi shakllanishiga olib kelgan. Baʼzi olimlar daʼvo qilganidek, yuqori o‘sish ko‘rsatkichlari Xitoy modelining mustahkam va barqaror ekanligini anglatmaydi. Xitoy modelining ishlashiga yuqoridagi sabablardan tashqari, ushbu davlat iqtisodining o‘ziga xosligi (aholi soni, iqtisodiy sektorlarning to‘yinmaganligi va yuqori investitsiya)ni va bu model natijasida paydo bo‘lgan, haligacha yechimini topmay, portlashga tayyor turgan iqtisodiy muammolar (yuqori qarz, sohilbo‘yi va ichki shaharlardagi rivojlanish tafovuti, iqtisodiy o‘sish pasayishi, atrof-muhit ifloslanishi)ni-da, unutmaslik kerak. Va nima bo‘lganda ham, iqtisodiy taraqqiyot hamisha bir tekis davom etavermasligini tarix allaqachon isbotlagan.

Muvaffaqiyatli iqtisodiy bazani tiklagan rahbariyat Mao Szedun, Chjou Enlai va boshqa inqilobiy faxriylar intensiv dasturga kirishga tayyor edilar sanoat o'sish va ijtimoiylashuv. Shu maqsadda ma'muriyat tomonidan qabul qilingan Sovet iqtisodiy modeli, asoslangan davlat mulki zamonaviy sektorda, katta jamoaviy birliklar qishloq xo'jaligi va markazlashgan iqtisodiy rejalashtirish. Iqtisodiy rivojlanishga Sovet yondashuvi Birinchisida namoyon bo'ldi Besh yillik reja (1953-57). Sovet iqtisodiyotida bo'lgani kabi, asosiy maqsad ham yuqori ko'rsatkich edi iqtisodiy o'sish hisobiga sanoatni rivojlantirishga asosiy e'tiborni qaratgan holda qishloq xo'jaligi va ayniqsa kontsentratsiya og'ir sanoat va kapitalni talab qiladigan texnologiya. Sovet rejalashtiruvchilari xitoylik hamkasblariga rejani tuzishda yordam berishdi. Ko'p sonli Sovet muhandislar, texnik xodimlar va olimlar dan sotib olingan ko'plab butun zavodlar va uskunalarni o'z ichiga olgan yangi og'ir sanoat ob'ektlarini ishlab chiqish va o'rnatishda yordam berdi Sovet Ittifoqi. Sanoat ustidan davlat nazorati shu davrda xususiy, zamonaviy firmalar egalarini ularni davlatga sotish yoki ularni davlat nazorati ostida bo'lgan qo'shma davlat-xususiy korxonalariga aylantirishga ishontirish uchun moliyaviy bosim va induktsiyalarni qo'llash orqali kuchaytirildi. 1956 yilga kelib barcha zamonaviy sanoatning taxminan 67,5 foizi korxonalar davlatga tegishli bo'lib, 32,5 foizi davlat-xususiy sheriklik mulkida bo'lgan. Hech qanday xususiy firma qolmadi. Xuddi shu davrda hunarmandchilik sanoatida kooperativlar tashkil qilindi, bu 1956 yilga kelib barcha hunarmandlarning 91,7 foizini tashkil etdi.


Qishloq xo'jaligida ham keng tashkiliy o'zgarishlar yuz berdi. Qishloq xo'jaligi resurslarini safarbar qilishni osonlashtirish, samaradorligini oshirish dehqonchilik va hukumatning qishloq xo'jaligi mahsulotlariga kirishini kengaytirish, hukumat rag'batlantirdi fermerlar tobora kengayib borayotgan va ijtimoiylashib boradigan kollektiv birliklarni tashkil etish. O'zaro yordam guruhlarining bo'shashgan tuzilmasidan qishloqlar avval qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarning quyi bosqichiga o'tishlari kerak edi. kooperativlar, unda oilalar o'zlarining qo'shgan erlari miqdori asosida bir oz daromad olishgan va oxir-oqibat ilg'or kooperativlarga yoki jamoalar. Rivojlangan ishlab chiqaruvchilar kooperativlarida daromad ulushlar faqat qo'shilgan mehnat miqdoriga asoslangan edi. Bundan tashqari, har bir oilaga o'z ehtiyojlari uchun sabzavot, meva va chorva mollari etishtiradigan kichik shaxsiy uchastkasini saqlashga ruxsat berildi. The kollektivlashtirish Bu jarayon asta-sekin boshlandi, lekin 1955 va 1956 yillarda tezlashdi. 1957 yilda barcha fermer xo'jaliklarining 93,5 foizi ilg'or ishlab chiqaruvchilar kooperativlariga qo'shildi.
Iqtisodiy o'sish nuqtai nazaridan Birinchi Besh yillik Reja, ayniqsa sovet taraqqiyoti strategiyasi ta'kidlagan sohalarda juda muvaffaqiyatli bo'ldi. Og'ir sanoatda mustahkam poydevor yaratildi. Asosiy tarmoqlar, shu jumladan temir va po'lat ishlab chiqarish, ko'mir qazib olish, tsement ishlab chiqarish, elektr energiyasi avlodi va mashinasozlik juda kengaytirildi va qat'iy, zamonaviy texnologik asosga qo'yildi. Minglab sanoat va tog'-kon korxonalari, shu jumladan 156 ta yirik inshootlar qurildi. 1952-1957 yillarda sanoat ishlab chiqarishi o'rtacha yillik 19 foizga o'sdi va milliy daromad yiliga 9 foizga o'sdi.
Qishloq xo'jaligiga davlat sarmoyasi etishmasligiga qaramay, qishloq xo'jaligi mahsuloti sezilarli darajada oshdi va o'rtacha yiliga 4 foizga o'sdi. Ushbu o'sish, avvalambor, kollektivlashtirish natijasida erishilgan qayta tashkil etish va hamkorlik natijasida yuzaga keladigan samaradorlik yutuqlari natijasida yuzaga keldi. Birinchi besh yillik reja davom etar ekan, Xitoy rahbarlari qishloq xo'jaligining nisbatan sustligi va davlat savdo kompaniyalari tomonidan sotib olinadigan don miqdorini sezilarli darajada oshirishga qodir emasligi sababli tobora ko'proq xavotirga tushishdi. qishloq uchun birliklar shahar iste'mol.


Xulosa
1840—1860-yillar Afyun urushidagi magʻlubiyatdan soʻng Xitoy tashqi savdo uchun Xitoy dengiz portlarini ochadigan adolatsiz shartnoma imzolashga majbur boʻldi, bu vaqtda bojxona toʻlovi 5 foiz qilib belgilandi. Oʻshandan beri bir asr davomida Xitoy bojxona toʻlovlari dunyodagi eng past boʻldi: 1913-yilda 4 % va 1925-yilda 8,5 %. Taqqoslash uchun — oʻsha yillarda AQSh bojxona toʻlovi 30 % edi. 1911-yilda imperatorning agʻdarilishi va Gomindanning islohotlari Xitoyga sezilarli iqtisodiy tiklanishni bermadi: 1950-yilgacha Xitoyning jon boshiga toʻgʻri keladigan yalpi ichki mahsuloti oʻsha darajada saqlanib qoldi (baʼzi tebranishlar bilan) va XIX asr boshlarida taxminan $. 500 dollarni tashkil etadi. Shu bilan birga, Gʻarb mamlakatlarida aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot bir necha barobar oshdi.
1949-yilda Xitoyda hokimiyat tepasiga Mao Szedun boshchiligidagi kommunistlar keldi. Mao maʼmuriyati uzoq davom etgan parchalanish davridan keyin mamlakatni birlashtirish jarayonining kuchayishi, Xitoyni sanoatlashtirish va aholi farovonligining barqaror oʻsishi bilan ajralib turdi. Biroq, „Buyuk sakrash“ kabi kommunistik iqtisodiy tajribalar iqtisodiy inqiroz va ommaviy ocharchilikka olib keldi.
1979-yilda Mao Szedun (1976) vafotidan keyin, „Islohotlar va oshkoralik siyosati“ nashr etildi. Islohotlarning birinchi bosqichida qishloq xoʻjaligi va transportning yuqori oʻsishi Mao davridagi koʻplab cheklovlarni olib tashlash orqali taʼminlandi. Partiya yirik, mayda ishlab chiqarish, tartibsiz sanoatni rivojlantirishni ragʻbatlantirdi. Bu aholining koʻpligi bilan bogʻliq edi. Mamlakatda texnik jihatdan qoloq boʻlgan koʻplab kichik korxonalar, hunarmandlar, tikuvchilar, poyabzalchilar va boshqalar mavjud. Hunarmandchilikning betartib rivojlanishi tufayli moddiy va moliyaviy resurslarning sezilarli darajada changlanishi mamlakat ishlab chiqarish tuzilmasida tartibsizliklarga, ishlab chiqarish quvvatlaridan yomon foydalanishga, xom ashyo, energiya va suv resurslarining surunkali tanqisligiga olib keldi. Davlat korxonalari asosan yutqazdi.
Xitoyda bozor iqtisodiyotini yaratish Kommunistik partiya rahbarligida besh yillik rejalar asosida amalga oshirilmoqda. Iqtisodiyot xilma-xillikni saqlaydi. Tszyan Szemin davrida davlat korxonalari uchun „chet elga chiqish“ davlat strategiyasi eʼlon qilindi va uni amalga oshirish uchun qulay sharoitlar 2001-yilda mamlakat JSTga aʼzo boʻlganidan keyin yaratildi.


Download 32.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling