Mavzu: Qadimgi Yunon-Rim falsafasi


II. 2. Geraklit, Suqrot, Arastu va Pifagor falsafasi


Download 48.57 Kb.
bet3/5
Sana02.06.2024
Hajmi48.57 Kb.
#1839767
1   2   3   4   5
Bog'liq
Qadimgi Yunoniston va Rim filosofiyasi 2023

II. 2. Geraklit, Suqrot, Arastu va Pifagor falsafasi.


Arastu (Aristotel) Qadimgi Yunonistonda buyuk kishilardan bolgan. U hamma davrlarda yashab otgan buyuk faylasuflar sirasiga kiradi. Arastu faylasuf Aflotun huzurida yigirma yilga yaqin ta'lim oladi. Aflotun vafot etgandan song Arastu oz ta'lim uslubini rivojlantira boshlaydi. U amalda inson duch keladigan barcha muammolar bilan qiziqardi. Aql qay tarzda ishlaydi? Haqiqat qayerda-yu yolgon qayerdaligini qanday ajratib olishimiz mumkin? Hokimiyatning qanday shakli afzalroq? Arastu atrof muhitni kuzatgan va dalillar toplagan holda bu savollarga javob topishga intildi. U har bir hodisa ozining mantiqiy izohiga ega deb hisoblagan hamda tadqiqotlar va kuzatuvlardan hu$sm chiqarib, uni ta'riflab bergan ilk olimlar qatorida turadi. ARASTUArastu oz maktabiga asos soladi va unga «Liseum» deb nom beradi. U har bir kishi yaxshi va foydali yashab otish imkoniyatini bilish yoli bilan olamda oz ornini egallashi mumkinligiga ishontirishga harakat qiladi. U yoshlik va qarilik oraligidagi umrga «oltin ortalik»ka ishonardi. Guvohlik berishlaricha, Arastu astronomiya, fizika, poeziya, zoologiya, notiqlik san'ati, biologiya, mantiq, siyosat, boshqaruv, axloq ilmi boyicha tort yuzga yaqin asar yozgan. Arastu asarlarini butun jahonda odamlar yuzlab yillar davomida oqib- organishmoqda. Hyech bir olim shuncha uzoq davr mobaynida odamlar tafakkuriga bu qadar ta'sir kursatmagandi. Hozirgi olimlar Arastuning ikki ming yildan ziyodroq vaqt ilgari olib borgan kuzatishlari bugungi kun nuqtai nazaridan ham togri ekanligini tasdiqlashmoqda. U har bir fikr isbotlanishi darkorligini hamda bilimlar asosi dalillar ekanligini bizga anglatadi. Qadimgi Yunoniston koplab buyuk zotlar vatanidir. Ular orasida eng e'tiborlilaridan biri eramizdan avvalgi VI asrda yashab otgan mashhur olim Pifagordir. Pifagor goyaviy targibotchi ya'ni voiz; matematik va faylasuf bolgan. Oz goyalari va e'tiqodi tufayli u Yunonistonni tark etib, janubiy Italiyaga kochib ketishga majbur bolgan. Pifagor ta'limoti nimasi bilan bu qadar gayriodatiy bolgan? U ruhning olmasligi va «kochishi»ga ishongan. Boshqacha aytganda, uning fikricha, olimdan song jannatga kirmagan ruhlar boshqa odamlar va hayvonlar taniga otadi. Shu bois u oz shogirdlariga gosht yeyish hamda xudolarga jonliq qurbon qilishni taqiqlagan. Pifagor izdoshlari, pifagorchilar boshqa qat'iy qoidalarga ham rioya qilishgan. Masalan, ular sukut saqlashi va sharob ichmasligi shart edi.
PIFAGOR
Pifagor goyalarining ba'zilari sodda va hatto bema'niga oxshab korinishi mumkin, albatta. Biroq u fanga katta hissa qoshganini unutmaslik kerak. U torlar tovushining past-balandligi matematik jihatdan uning uzunligiga bogliqligini kashf etadi. Shundan kelib chiqib, uygunlik nazariyasini rivojlantirdi hamda koinotda mavjud bolgan jamiki narsa-hodisaning asosida sonlar yotadi, degan fikrni ilgari suradi. Pifagorchilar Quyosh sistemasiga oid nazariyani ham yaratishdi. Ularning bu sohadagi goyalari haqiqatdan yiroq emasdi. Ular Yer yoritqich atrofida aylanuvchi shardan iborat, deb hisoblashgandi. Albatta, Pifagorning togri burchakli uchburchak tomonlarining nisbatini belgilovchi mashhur teoremasini hamma biladi.
Arximed qadimgi grek olimi, fizik va matematik bo`lib, fanga katta hissa qo`shgan. Arximed taxminan miloddan avvalgi 287 qadimgi yunon mustamlakasi bo`lgan Sirakuzadagi Sitsiliya orolida tug`ilgan. U juda mohir matematik bo`lib, Misrning Aleksandriya shahridagi Muzeume maktabida ta`lim olgan. U ko`pincha jismlarning suvda suzishi va suyuqliklarni o`rganish bilan shug`ullanadi. Arximedning ochgan qonunlari uning yanadamashhur bo`lishiga olib keldi. Ko`pchilikka ma`lum bo`lgan Arximed kuchi yoki Arximed qonuni deb nomlangan qonun fizika fanida alohida o`rin egallaydi. U yana Richag qonunlarini ochgan. Miloddan avvalgi avvalgi 212 yilda Rimliklar Sirakuzani bosib olgandan so`ng Arximed o`ldirilgan.
Arximed, itarib chiquvchi kuch jism hajmi qadarli suyuqlik og`irligiga teng, degan xulosaga qanday kelgani haqida afsona bor. U Sirakuza podshosi Gieron (eramizdan 250 yil oldin) tomonidan o`ziga berilgan masala ustida fikr yuritdi. Gieron podsho oltin toj yasagan ustaning to`g`riligini tekshirishni Arximedga buyurdi. Tojning og`irligi uni yasashga berilgan oltin og`irligiga teng bo`lsa ham, podsho tojni oltinda arzon metallar qorishmasidan yasalgan va uni unga berilgan sof oltin og`irligiga teng bo`lishi uchun kattaroq qilgan, deb shubhalangan. Arximedga esa tojni sindirmay uning takibida aralashma bor yoki yo`qligini aniqlash vazifasi berilgan edi. Arximedga qanday usuldan foydalanish aniq ma`lum emas edi. Dastlab u bir bo`lak oltinning og`irligidan 19,3 marta ortiqligini aniqladi. Boshqacha aytganda, Oltinning zichligi suv zichligidan 19,3 marta katta.
Arximed toj yasalgan modda zichligini topishi kerak edi. Agar bu zichlik suv zichligidan 19,3 marta katta bo`lsa, u holda toj sof oltindan bo`ladi, aks holda undan katta yoki kichik qiymat chiqsa toj sof oltindan qilinmagan, degan xulosaga keladi. Tojni og`irligini topish oson, ammo uning hajmini qanday topish kerak? Toj shakli juda murakkab bo`lgani uchun Arximedni shu narsa qiynadi. Bu masalada Arximed ko`p kunlar bosh qotirdi. Kunlardan bir kun u hammomda suvga to`la vannaga tushganda bir qancha suv vannadan tashqariga to`kiladi, birdan masalani yechishga imkon beradigan fikr keladi. O`zining kashfiyotidan shodlangan Arximed: Evrika!!!, Evrika ya`ni Topdim ! Topdim ! deb xitob qiladi. Uning topgan narsasi shundan iborat edi: har qanday jism suvga botirganda o`zining hajmiga teng bo`lgan suvni siqib chiqaradi. Arximed dastlab tojni suvga to`la idishga botirib tojning hajmini aniqladi. tojning og`irligini shu tojning hajmiga teng bo`lgan suvning og`irligi bilan taqqosladi. Agar toj og`irligi uning hajmiga teng bo`lgan suv og`irligidan 19,3 marta katta bo`lsa u sof oltindan bo`lishi kerak. Boshqacha aytganda, tojning zichligini aniqlab, uni sof oltin zichligi bilan solishtirdi. Natijada podshoning savoliga javob topib, tojning zichligi sof oltin zichligiga teng emasligini aniqlagach. Shu bilan ustaning aldagani fosh etildi, fan esa ajoyib kashfiyot bilan boyidi. Eley falsafiy maktabi namoyandasi Ksenofan (eramizdan avvalgi VI V asr) shoir va faylasuf bolgan. U Kichik Osiyoda dunyoga kelgan. Ilm olish maqsadida Yunonistonga, janubiy Italiyaga sayobat qilib, umrining so`nggi yillarini Faley shahrida o`tkazgan. Tarixchi Diogen Laertskiyning yozishicha, Ksenofant «Tabiat haqfda» asarining muallifidir. Afsuski, ushbu asarning yarmigina omon qolgan, xolos. u ko`p xudolikka hamda insonlarga xos sifatlarni hayvonlarga, o`simlik dunyosiga daxlgor deb biluvchi ta'limotga qarshi chiqib, mifologiyani rad etishga harakat qilgan, uning falsafiy ta'limotiga ko`ra, tabiat – o`zgarmas va harakatsizdir, «IIamma narsa erdan unib chiqadi va pirovardida yana yerga qaytadi», Biz hammamiz erdan tug`ilganmi va erga aylanamiz». Ksenofan qadimgi yunon faylasuflaridan birinchi bo`lib, bilishning imkoniyati va chegarasi haqida fikr yuritgan. Bu qadimgi yunon gnoscologiyasining rivojiga turtki bo`ldi.

Download 48.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling