Mavzu: Qadimgi Yunoniston (Gresiya)dagi siyosiy fikrlarning vujudga kelishi va rivojlanishi
Download 45.12 Kb.
|
5-мавзу.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qadimgi Yunon siyosiy-huquqiy ta’limotlarining asosiy yo‘nalishlari va rivojlanishi
- Fales, Pittak, Periandr, Biant, Solon, Kleobul va Xilon
Mavzu: Qadimgi Yunoniston (Gresiya)dagi siyosiy fikrlarning vujudga kelishi va rivojlanishi. Reja: 1.Qadimgi Yunoniston siyosiy-huquqiy ta’limotlarining asosiy yo‘nalishlari va rivojlanishi. 2.Aflotunning davlat, qonunchilik va siyosat haqidagi ta’limoti. Uning “Davlat” va “Qonunlar” asarlaridagi davlat loyihalari to‘g‘risida. 3.Arastuning davlat va huquq haqidagi ta’limoti. U davlatning paydo bo‘lishi, vazifasi va shakli haqida. Uning siyosat, huquq va ijtimoiy adolat haqidagi qarashlari. 4.Ellinizm davri (eramizdan avvalgi IV asrdan II asrgacha) siyosiy –huquqiy ta’limoti. Qadimgi Yunon siyosiy-huquqiy ta’limotlarining asosiy yo‘nalishlari va rivojlanishi Qadimgi Yunoniston falsafasi, jumladan, siyosiy-huquqiy ta’limotlari deganda qadimgi davrda hozirgi Gresiya, shuningdek, Kichik Osiyo, O‘rta yer dengizi va Qora dengiz bo‘ylaridagi qadimgi Yunon shahar-davlatlari, Osiyo, Afrika va Rim imperiyasidagi ellin davlatlari hududida yashagan yunon mutafakkirilari tomonidan yaratilgan ilmiy-nazariy qarashlar tushuniladi. Qadimgi Yunonistonda davlatchilik eramizdan avvalgi 1 ming yillik boshlarida savdo-hunarmandchilik bilan shug‘ullanuvchi mustaqil shahar-davlatlar sifatida paydo bo‘lgan. Bu shahar-davlatlar mustaqil polislar deb yuritilib, bu polislar shahar hududi bilan bir qatorda chor-atrofdagi qishloqlarni ham o‘z tarkibiga olgan. Ibtidoiy jamoa tuzumidan dastlabki sinfiy jamiyat va ijtimoiy tuzumning siyosiy shakllariga o‘tilishi aholining ijtimoiy tabaqalanishi kuchayib borgan sharoitda kechgan. Bu davrda jamiyatning turli tabaqalari – hukmdorlar urug‘i va kambag‘allashgan mulkdorlar, boylar va kambag‘allar, erkin xizmatkorlar va qullar o‘rtasidagi kurashlar nihoyatda keskinlashgan edi. Bu sharoitda barcha Qadimgi Yunoniston polislarida aristokratiya (eski yoki yangi kiborlar, imtiyozga ega shaxslar hokimiyati), oligarxiya (boylar va mulk egalari hokimiyati), yoki demokratiya (xalq hokimiyati, ya’ni polisning voyaga yetgan barcha erkin aholisi hokimiyati), tiraniya (zulmkor hokimiyati) singari boshqaruv usullaridan birini o‘rnatishga qaratilgan hokimiyat uchun kurashlar avj oladi. Bu kurashlar oqibatida eramizdan avvalgi VI—V asrga kelib turli polislarda ma’lum bir boshqaruv usuli o‘rnatiladi. Jumladan, Afina va Abderda demokratiya, Fiva va Megarada oligarxiya, Spartada aristokratiyaga yaqin turuvchi davlatchilik qaror topadi. U yoki bu polislarda (masalan, Sirakuzda) vaqti-vaqti bilan tiraniya o‘rnatiladi. Bu jarayonlar esa, tabiiyki, Qadimgi Yunoniston siyosiy va huquqiy ta’limotlarida, nazariy qarashlarida o‘zining o‘chmas izini qoldiradi. Qadimgi Yunoniston siyosiy-huquqiy ta’limoti paydo bo‘lishi va rivojlanishida uch davr alohida ajralib turadi. Ilk davr (eramizgacha bo‘lgan IX—VI asrlar) Qadimgi Yunoniston davlatchiligining barpo bo‘lishi bilan bog‘liq. Bu davrda siyosiy-huquqiy tasavvurlarning sezilarli ratsionallashuvi kuzatiladi. Bu jarayon Gomer, Gesiod va ayniqsa mashhur “yetti donishmand” ijodida o‘z ifodasini topadi. Pifagor va uning izdoshlari, Geraklit ijodida davlat va huquq muammolariga falsafiy yondoshuv shakllanadi Ikkinchi davr (eramizdan avvalgi V-IV asrlar) – Demokrit, sofistlar, Suqrot, Aflotun va Arastular nazariyalarida o‘z ifodasini topgan Qadimgi Yunoniston falsafasi va siyosiy-huquqiy ta’limotlarining gullab-yashnash davri bo‘ldi. Uchinchi davr – (eramizdan avvalgi IV—II asrlar) Qadimgi Yunoniston davlatchiligining inqirozini boshlab bergan ellinizm davridir. Yunoniston polislari dastlab Makedoniya, keyinroq esa Rim hukmronligi ostida qolgan ushbu davrning qarashlari Epikur, stoiklar va Polibiy ta’limotlarida namoyon bo‘ldi. Odamlar ozod kishilar va qullarga bo‘lingan sharoitlarda paydo bo‘lgan antik siyosiy-huquqiy qarashlar ozod kishilarning mafkurasi sifatida rivojlandi. Erkinlik Qadimgi Yunoniston siyosiy nazariyasi va amaliyotining asosiy g‘oyasi bo‘lgan. Siyosat va unga bog‘liq bo‘lgan amaliy ma’naviy mashg‘ulot erkinlik va ozod kishilar ishi sifatida, mehnat esa (eng avvalo, jismoniy mehnat) qullarning vazifasi sifatida e’tirof etiladi. Qadimgi Yunoniston siyosiy-huquqiy ta’limotlari rivojlanishi jarayonida dastlabki afsonaviy qarashlar o‘rnini Pifagor, Geraklit, Demokritlarning shakllanib kelayotgan falsafiy yondashuvlari, sofistlarning ratsional talqinlari, Suqrot, Aflotunlarning mantiqiy tahlillari, Polibiyning davlat va huquq borasidagi tarixiy-siyosiy tadqiqotlari egalladi. Yunoniston polislari o‘z mustaqilligini boy bergan ellinizm davrida avvalgi qadriyatlarni qayta ko‘rib chiqish boshlandi. Axloqiy bir butunlik, polis va jamoaviy polis hayotininig ustivorligi g‘oyalari alohida kishining ma’naviy erkinligi, axloqiy avtonomligi (epikurizm, stoitsizm) nuqtai nazaridan shubhaga olindi. Shu sababli odamlarni ozod va qullarga ajratish tanqid qilinadi. Qadimgi afsonalar qisman orfik she’riyatda, keyinroq Gomer va Gesiod dostonlarida etik va siyosiy-huquqiy jihatdan talqin qilina boshlaydi. Gomerning eramizdan avvalgi XIII asr voqealari haqidagi “Iliada”, “Odisseya” dostonlarida Zevs xudosi umumiy adolatning himoyachisi, zo‘ravonlik va adolatsizlikka yo‘l qo‘yganlarni shafqatsiz jazolovchi sifatida namoyon bo‘ladi. Gomer tilga olgan adolat (“dike”), odat, odatiy huquq (“temis”) tushunchalari o‘sha davr huquqiy ta’limotlarini anglashda muhim ahamiyat kasb etadi. Gomer fikriga ko‘ra, odatiy huquq mangu adolatning aniqlashtirilgan shakli, uning mavjudligi, insoniy va ilohiylarning munosabatlarda amal qilishidir. Huquq va adolatli ijtimoiy tuzum g‘oyalari Gesiodning (eramizdan avvalgi VII asrlar) “Teogoniya” va “Mehnatlar va kunlar” dostonlarida yanada ko‘proq o‘rin tutadi. “Teogoniya”da hikoya qilinishicha, Zevs (mukammallik timsoli) va Femida (mangu tabiiy tartib timsoli) nikohidan ikki ma’buda qiz: Dike (adolat) va Evnomiya (qonuniylik) tug‘ilgan. Dike tabiiy-ilohiy adolatni himoya qiladi va yolg‘onni jazolaydi. Evnomiya ijtimoiy tuzumdagi qonun ibtidosining ilohiyligini, qonunchilik va polis tuzumining ichki bog‘liqligini bildiradi. Gomer va Gesiod dostonlariga xos bo‘lgan, insoniy munosabatlardagi axloqiy-huquqiy tartiblar borasidagi tasavvurlarni ratsionallashtirish Qadimgi Yunoniston “yetti donishmand”i ijodida yanada rivoj topdi. (eramizdan avvalgi VII—VI asrlarda yashagan Fales, Pittak, Periandr, Biant, Solon, Kleobul va Xilonlarni “yetti donishmand” deb atash odat bo‘lgan). Donishmandlar adolatli qonunlar ustuvorligi polis hayotida g‘oyat muhim ahamiyatga egaligini alohida ta’kidlashgan. Ularning fikriga ko‘ra, qonunlarga amal qilish farovon polisni boshqalardan ajratib turadi. “Qonunlarga bo‘ysin”, — degan chaqiriq Delfadagi Appolon ibodatxonasiga o‘yib yozilgan “O‘z o‘zingini angla” degan mashhur hikmatli so‘z muallifi bo‘lmish spartanlik Xilonning shiori edi. U Qadimgi Yunoniston tafakkuri tarixida o‘chmas iz qoldirgan. Xilon fuqarolari notiqlardan ko‘ra ko‘proq qonunlarga ishongan (bo‘ysingan) joyni eng yaxshi polis deb hisoblagan. Eramizdan avvalgi 638-559 yillar atrofida yashagan afinalik taniqli islohotchi, davlat arbobi Solon ham “yetti donishmand”lar sirasiga kirardi. Afina demosi va kiborlar, boylar va kambag‘allar o‘rtasidagi keskin kurash sharoitida u har ikki tomonning ishonchini qozongan. Ularni murosaga keltiruvchi shaxs sifatida tanilgan. Solon polis tartibini saqlash va qonun chiqarish bo‘yicha keng vakolatlarni o‘z qo‘liga olgach, eramizdan avvalgi 594 yilda yangi qonunlar (“Solon Qonunlari”)ni chiqargan va Afina polisi ijtimoiy-siyosiy tuzumini sezilarli isloh qilgan. Mulkiy (ijtimoiy) ahvolini hisobga olib, Solon Afina xalqini to‘rt sinfga: pentakosiomedimnlar, suvoriylar, zevgitlar va fetlarga bo‘lgan. Solon Qonunlariga ko‘ra, dastlabki uch toifa uchun barcha davlat mansablariga yo‘l ochiq, fetlar esa faqat xalq yig‘inlari va sudlarda ishtirok etishi mumkin bo‘lgan. Yangi tashkil etilgan to‘rtlar Kengashi (har toifadan yuz kishidan iborat) aristokratlar mavqeini ancha pasaytirgan. Shu tufayli ham keyinroq Arastu: “Afinada demokratiya aynan Solondan boshlangan”, deb ta’kidlagan edi. Eramizdan avvalgi VI—V asrlarda Pifagor va uning Arxit, Lizis, Filolay singari izdoshlari, shuningdek, Geraklit ham ijtimoiy va siyosiy-huquqiy tartiblarni falsafiy asoslarda yangilash g‘oyasi bilan chiqishgan. Download 45.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling