Mavzu: Qadimgi Yunoniston (Gresiya)dagi siyosiy fikrlarning vujudga kelishi va rivojlanishi


Ellinizm davri (eramizdan avvalgi IV asrdan II asrgacha) siyosiy-huquqiy ta’limoti


Download 45.12 Kb.
bet5/6
Sana13.12.2022
Hajmi45.12 Kb.
#999139
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-мавзу.

Ellinizm davri (eramizdan avvalgi IV asrdan II asrgacha) siyosiy-huquqiy ta’limoti
Qadimgi Yunoniston davlatining inqirozi ellinizm davri davlat va huquq ta’limotida yaqqol namoyon bo‘ldi. IV asrning so‘nggi choragiga kelib Yunoniston polislari dastlab Makedoniya, keyinchalik Rim hukmronligi ostida qoldi. Aleksandr Makedonskiyning eramizdan avvalgi 336-323 yillardagi yurishlari ellinizm davrini, ya’ni ellincha monarxlar davri va ellinlashuvni boshlab berdi. Ma’lumki, ellinizm qadimgi dunyo tarixida eng murakkab va qarama-qarshiliklarga to‘lib toshgan davr hisoblanadi. «Ellinizm konkret tarixiy hodisa, - deb yozadi professor F. Sulaymonova o‘zining «Sharq va G‘arb» kitobida, — iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, mafkuraviy va madaniy hayotda grek va yerli xususiyatlarni o‘zida mujassamlantirgan tarixiy voqe’likdir...
... Ellinistik davrda faqat grek adabiyotigina emas, san’at, mafkura sohasi — falsafa va dinda ham keskin o‘zgarishlar ro‘y beradi. har bir ozod (ya’ni qul bo‘lmagan) inson avvalgi siyosiy erkinligidan mahrum bo‘ladi, uning hayoti, baxt-saodati zolim hokim, siyosat, iqtisodiy o‘zgarishlar bilan bog‘liq, lekin bu tashqi kuchlarning birontasini o‘zgartirishga shaxsning qurbi yetmaydi. Natijada shaxs o‘z qobig‘iga o‘ralib qoladi. Ana shunday sharoitda falsafa dastavval shaxs masalasi, axloq, odob, mavjud jamiyat tuzumida qanday yo‘l bilan inson umidsizlikka tushmay, o‘z mavqeini yo‘qotmay, hayot yo‘lini bosib o‘tishi mumkinligi masalalarini ishlaydi. Bu davrda tabiat fanlari falsafasidan ajralib, mustaqil rivoj etadi, tadqiqotlardan nazariy xulosalar chiqarmaydi. Ellinistik davr faylasuflari, ayniqsa, buyuk salaflar asarlarini izohlash, talqin etish ko‘p shug‘ullanadilar»23.
irobar, bu davrda shakllangan falsafiy ta’limotlar, bu davrning siyosiy-huquqiy g‘oyalari Epikur, stoiklar va Polibiyning qarashlarida o‘z ifodasini topdi.
Epikur (eramizdan avvalgi 341-270 yillar) o‘zining siyosiy-huquqiy qarashlari bilan Demokrit ta’limotining davomchisi bo‘lib qoldi. Epikurning fikriga ko‘ra, tabiat, xudolarning inon-ixtiyorlarisiz, o‘z qonuniyatlari bo‘yicha mustaqil rivojlanib boradi.
Inson erki, Epikur nuqtai nazaricha uning o‘z turmush tarzini ongli tanlab olish ma’suliyatidir. Uzlatga chekinish, faol ijtimoiy-siyosiy hayotda qatnashmaslikni targ‘ib qilish Epikur ta’limotiga xos xususiyatdir. Uning nazarida, davlat hokimiyati va siyosiy muloqotning asosiy maqsadi — kishilarning o‘zaro xavfsizligini ta’minlashdan, bir-birlaridan xavfsirashdan xalos etishdan iboratdir.
Epikur ta’limotiga ko‘ra, qonunlar boshqaruvchi “donishmand”larni (ya’ni komil insonlarni) “olomon”dan ajratish va muhofaza qilishning, alohida shaxs erkining ommaviy kafolatidir. “Qonunlar, — deb yozadi Epikur, — donishmandlar yomonlik qilmasligi uchun emas, balki ularga boshqalar yomonlik qilmasligi uchun yaratilgandir”.
Haqiqiy individualist bo‘lgan Epikur o‘ta demokratiyaga qarshi bo‘lgan. Shuning uchun ham u «donishmand» kishini «olomon»ga keskin qarshi qo‘yadi. U hech qachon olomonga yoqishga intilmaydi, aksincha, ular sezgilaridan yiroqda bo‘lishga harakat qiladi.
Ellinizm davri siyosiy-huquqiy ta’limotidagi yana bir oqim stoitsizm bo‘lib, Zenon (eramizdan avvalgi 336-264 yillar) uning asoschisi hisoblanadi. Stoitsizmning o‘zi ham uch davrga bo‘linadi. Stoitsizm ta’limotiga ko‘ra, dunyoni taqdir boshqaradi. Taqdir ilohiy xususiyat kasb etuvchi “tabiiy qonun” sifatida namoyon bo‘ladi.
Tabiiy qonunlarning universal xususiyatiga suyangan Zenon va Xrisipp, keyinchalik ularning yunonistonlik va rimlik izdoshlari davlat haqidagi asarlarida kosmopolitik qarashlariga binoan barcha odamlar o‘z tabiatlari va umuman olam qonunlariga ko‘ra yaxlit bir dunyo davlati — kosmopolis fuqarolari degan g‘oyani ko‘tarib chiqishdi. Ushbu g‘oyaga ko‘ra, odamlar alohida davlatlar fuqarolari bo‘lmay, butun olam fuqarolaridirlar.
Tabiiy qonunlarning universalligi va qudratiga ortiqcha urg‘u bergan stoiklar davlatchilikning alohida polis shakllarini, polis qonunlari rolini inkor qilishdi. Individual oila qurish, sud, ibodatxonalar, maktab, savdo, pul singari ijtimoiy hayot va siyosiy madaniyat institutlari ham stoiklar tomonidan tanqid qilingan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Zenon aralash boshqaruv shakli tarafdori bo‘lgan: Shu sababli ham u: “Eng yaxshi davlat tuzumi – demokratiya, podshohlik va aristokratiya uyg‘un bo‘lgan tuzumdir”, deya ta’riflagan.
Stoiklar ta’limoti taniqli yunon tarixchisi va jamoat arbobi Polibiy (eramizdan avvalgi 210-123 yillar) dunyoqarashiga ham katta ta’sir ko‘rsatgan. Polibiyga ta’limotiga ko‘ra, hammasi bo‘lib davlatchilikning olti shakli mavjud. Bu davlatchilik shakllari ibtidosi va intihosi tartibiga ko‘ra quyidagicha mutassil almashib turadi: podshohlik — tiraniya — aristokratiya — oligarxiya — demokratiya — oxlokratiya.
Polibiyning nazariyasiga muvofiq, “sanab o‘tilgan barcha boshqaruv shakllarini o‘z ichiga olgan boshqaruv eng mukammaldir”. Polibiyning Arastu ta’siri sezilib turgan bu qarashlaridan keyinchalik boshqa olimlar ideal davlat “loyiha”larini ishlab chiqishda keng foydalandilar. Bundan tashqari, shu o‘rinda hokimiyat tarmoqlari bo‘linishi haqidagi zamonaviy nazariyaning yaratilishida ham bu g‘oyaning ta’siri nihoyatda katta bo‘lganligini alohida ta’kidlash lozim.
Qadimgi yunonistonlik mutafakkirlar siyosiy-huquqiy qarashlarning rivojlanishiga, davlat va huquq muammolarining nazariy tahlil qilinishiga salmoqli hissa qo‘shdilar. Ularning siyosiy va huquqiy ta’limotlar tarixida tengsiz o‘rin tutishlarining sababi ham ana shunda.



Download 45.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling