Mavzu: qadimgi yunonistonda gomer davrida jismoniy tarbiya


Download 77.78 Kb.
bet1/8
Sana31.01.2023
Hajmi77.78 Kb.
#1143177
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
GOMER


MAVZU: QADIMGI YUNONISTONDA GOMER DAVRIDA JISMONIY TARBIYA.


REJA:

1. Qadimgi Yunonistonda Gomer davrida jismoniy tarbiya


2. Qadimgi Yunonistonda jismoniy tarbiya tizimining xususiyatlari.
3. Jismoniy tarbiya tizimining bir qismi sifatida sport musobaqalari.

Qadimgi Yunonistonda Gomer davrida jismoniy tarbiya
Urug‘chilik tuzumining yyemirilishi jarayonida Yangi ishlab chiqarish munosabatlarining asoslari qurila bordi, bu Yangi ishlab chiqarish munosabati bilan vujudga kelgan Yangi mulkchilik shakllarining paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Quldorchilik jamiyatining paydo bo‘lishi yoki vujudga kelishi bu jarayonining oqibat natijasi bo‘ladi.
Qadimgi Sharq quldorlik davlatlari: Misr, Suriya, Eron, Hindiston va Xitoy kishilik tarixidagi eng qadimgi sinfiy jamiyatlari edi. Qadimgi Sharq davlatlarida, qadimgi dunyo davlatlari Gretsiya va Rim quldorlari davlatlaridan farqli o‘laroq, quldorchilik ham oila qulchiligi doirasidan tashqarisiga chiqmagan bo‘lib, ko‘pgina jamoa hayoti shakllari saqlangan holda davom etdi. Bu davlatlarda quldorlar va qullar sinfi bilan birga ozod jamoatchilar ommasi dehqonlar ko‘plab saqlangan edi. Quldorlar sinfi o‘z iqtisodiy va siyosiy qudratini mustahkamlash maqsadida xalqlar tomonidan tarixning oldingi davrlarida yaratilgan tarbiyadan keng foydalanilgan.
Ibtidoiy jamoa tuzumi sharoitlaridayoq vujudga kelgan din va kohinlar toifasi hukmron sinf xokimiyatini mustahkamlashda katta rol o‘ynaydi.
Mehnat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan va ko‘pincha sehrgarlik harakatlar xarakteriga ega bo‘lgan turli-tuman o‘yinlar, raqslar, xorovodlar va musobaqalar barchasi Qadimgi Sharq davlatlarining ozod aholisi o‘rtasida tarqalgan edi. Xalq orasidagi harbiy mashqlarning ko‘pgina turlari ham qo‘llanar edi, chunki ozod jamoachilar hali ham sharqiy dispotiya ko‘rshinlarining asosini tashkil etar edi. Qadimgi Misrning ko‘p sonli yodgorliklari Misr falloqlari o‘rtasida kurashga, qilichbozlikka doir mashqlar, ko‘p sonli akrobatika mashqlari, raqs mashqlar, koptok o‘ynash mashqlari va hakazolarning tarqalganligidan dalolat beradi. Suriya, Vavilion, Qadimgi Eron yodgorliklari ham xalq orasida mavjud bo‘lgan ko‘pgina o‘yinlar va musobaqalar to‘g‘risida xabar beradi. Qadimgi Xitoy kurashi va qilichbozlikning, oyoq to‘pi o‘ynashining o‘ziga xos usullari bo‘lgan. Xitoyda saqlanib qolgan “Ushu” jismoniy tarbiya tizimi juda qadimgi zamonda tug‘ilgan va bu tizimning ba’zi bir mashqlari quldorchilik jimiyati sharoitlarida vujudga kelgan, deb taxmin qilishga asos bor.
Hukmdor quldor boshliqlar hokimyatning kuchayib borishi bilan xalqning jismoniy tarbiya elementlaridan borgan sari ko‘proq darajada hokimiyatning sinfiy maqsadlari yo‘lida foydalangan. Armiyadagi rahbarlik roliga mansub bo‘lgan aslzoda quldorlar mashqlarning xalq orasidagi turlaridan o‘zlariga jangchi uchun zarur bo‘ladigan sifatlarni kamol topshirish uchun foydalanilganlar. Ular maxsus uyushtirilgan jismoniy tarbiya oddiy xalq ommasidan ajratib ko‘rsatadigan va bu bilan o‘zlarini yuqori tutadigan jismoniy fazilatlarni kamol topshirishga intilar edilar.
Qadimgi Eronda maxsus tashkil qilingan maktablarda zodagon yoshlar tarbiyalashish tizimi mavjud edi; bu maktablarda otda yurishga va kamalak otishga o‘rgatishga alohida e’tibor berilar edi. Qadimgi Misrda harbiy zodagon doiralarni maxsus harbiy jismoniy jihatdan tayyorlash, nayza irg‘itishga doir mashqlardangina foydalanganligi haqida ba’zi bir ma’lumotlar bor. Jamiyatning toifalarga ajralishi rasm bo‘lgan. Qadimgi Hindistonda hukumron sinflar o‘rtasida jangchilarning alohida toifasi paydo bo‘lgan. Bu toifa a’zolari yoshlik chog‘laridanoq o‘zlarining barcha vaqtini va o‘zini harbiy mashqlarda kamol topshirishga sarflab, jangchi bo‘lishga o‘rgatilgan.
Ayni bir vaqtda qadimgi Sharqning mustabid quldor boshliqlari o‘zlarining xalq ommasiga bo‘lgan hukmdorligi va ta’sirini kengaytirishga intilib, ko‘pgina xalq bayramlari an’analaridan keng foydalanilganlar ko‘p sonli musobaqa o‘yinlari, raqslar va xorovodlar bu xalq bayramlarining tarkibiy qismini tashkil qiladi. Qadimgi sharq davlatlarning ko‘plarida kohinlar toifasi bu ham an’anaviy xalq bayramlarning dastlabki kunlaridanoq quldorlarning sinfiy hukumronligini mustahkamlash quroli bo‘lib qolgan. Yangi rasmiy dinga mohirlik bilan muvofiqlashtira bordilar. Bu hol Qadimgi Misrda ,ayniqsa, yaqqol ko‘zga tashlanadi. Qadimgi Misrda rasmiy dinni ko‘p sonli xudolarning urf-odatiga bag‘ishlangan ko‘pgina, bayramlar, an’anaviy xalq musobaqalar o‘yinlari va raqslari bilan birga qo‘shib olib borilgan. Jismoniy tarbiyaning xalq elementlari asta-sekin Yangi diniy marosimlarining tarkibiy qismi bo‘la borib, bu urf-odatlar yordamida xalq ommasi borgan sari ko‘proq ideologik asoratga solinar edi.
Hukmron quldorlar doirasi xalq mashqlari turlaridan o‘z kamoloti va ko‘ngil ochishi yo‘lidan ham keng foydalangan. Quldorlar, bir tomonidan, o‘zlarining bo‘sh vaqtini ko‘pincha o‘yin, ov turli mashqlar bilan o‘tkazar, ikkinchi tomonidan o‘zlari uchun tomoshalar tashkil qilib, ulardan ancha chaqqon, kuchli va epchil ozod jamoachilarni ishtirok ettirar edilar. Qadimgi Misr, Eron, Hindiston va Xitoy yodgorliklari o‘sha vaqtlarda aslzodalarga qarashli saroylarda tomosha ko‘rsatgan dorbozlar, jangchilar, o‘yinchi va raqqosalar bo‘lganligidan dalolat beradi.
Shunday qilib, Qadimgi Sharq quldorlik davlatlarida jismoniy tarbiya elementlarining rivojlanishidagi xarakterli xususiyati shundan iboratki, ozod dehqonlar orasida rasm bo‘lib kelgan xalq jismoniy tarbiyasi shakllari va xalq mashqlarning turlari bilan birga, quldorlarning bu jismoniy tarbiya elementlarini o‘z obro‘yi va hukmronligini kuchaytirish uchun o‘zlashtirish va foydalanishga bo‘lgan intilishi yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Ibtidoiy jamoaning mehnat faoliyatida tug‘ilgan xalq jismoniy tarbiyasi elementlarining quldorlarning ehtiyojlari sinfiy maqsadlariga moslashib borish jarayonini qadimgi Gretsiya misolida ham ko‘rish mumkin.
Urug‘chilik tuzumining yyemirilishi va quldorlik munosabatlarining tug‘ilib kelishi Gretsiya tarixining Gomer davri deb ataladigan eng qadimgi davriga to‘g‘ri keladi; bu davr eramizdan avvalgi XII-VIII asrlarini o‘z ichiga oladi.
Bu sinfiy quldorlik jamiyatiga o‘tiladigan davr harbiy demokratiya deb atalgan. Urug‘chilik tuzumida hukmronlik mavqeyini egallashga harakat qilgan urug‘-zodagonlarining ajralishi va yuqori darajaga ko‘tarilishi bu davr uchun xarakterlidir.
Odatda, aslzodalar muhitidan urug‘ oqsoqollari-bosileylar ajralib chiqar edi. Shu bilan birga, urug‘ aslzodalarini xalq ommasi bilan hisoblashishga majbur qiladigan eski urug‘chilik muassasalari ham saqlanib qolgan edi. Bu davrda ibtidoiy urug‘chilik jamoasi uchun xarakterli bo‘lgan tartiblar hali-ham saqlanib qolgan, bu tartiblarga ko‘ra, har bir katta yoshdagi erkak ayol bir vaqtda jangchi ham bo‘lar edi. Lekin bu davrga kelib, xalq ichidan chiqqan jangchi bilan urug‘ zodagonlari ichidan chiqqan jangchi orasida farq mavjud bo‘ladi. Zodagon jangchilar o‘z qurollarining zebi-ziynatlari va o‘zining yaxshi tayyorgarlik darajasi bilan farq qilib turar edi. Ular qo‘shinda rahbarlik rolini o‘ynashga harakat qilar va harbiy o‘ljaning katta ulushini o‘zlashtirib olar edilar.
Gomerning “Iliada” va “Odisseya” dostonida o‘sha davrdagi yunon hayotining yorqin manzaralari aks ettiriladi, qahramonlar deb ataladigan zodagon jangchilar obrazi chizilib, ularni oddiy xalqdan ajratuvchi jismoniy fazilatlar ta’kidlanadi. Gomer poemalarining qahramonlari halok bo‘lgan, qahramonlar sharafiga yoki qabila hayotidagi biror muhim vaqtni nishonlash sharafiga tashkil etiladigan ko‘pdan-ko‘p musobaqa o‘yinlarida o‘zlarining jismoniy fazilatlarini namoyish etadilar. Bu o‘yinlarda yugurish, nayza, disk uloqtirish, sakrash, kurashish va boshqa mashqlar yuzasidan musobaqalar o‘tkazilar edi.
Shubha, yo‘qki, bu o‘yinlar o‘z ildizlari bilan uzoq o‘tmishiga borib tarqaladi, an’anaviy urug‘chilik yoki qabilachilik bayramlari bilan bog‘langan. Urug‘chilik tuzumining yyemirilishi sharoitlarida bu o‘yinlar asta-sekin o‘zining umumurug‘chilik yoki umumqabilachilik ahamiyatini yo‘qota borib, ulug‘ zodagonlarning bayramiga aylana borgan. Musobaqalarda faqat zodagon jangchilar ishtirok eta boshladi. Musobaqa o‘yinlarida ko‘rsatiladigan tomoshalar zodagon jangchilarning jismoniy kuchayishi fazilatlarini tekshirish va namoyish qilishining o‘ziga xos bir usuli bo‘lib, bu tomoshalar ularni go‘yo xalqdan yuqori darajaga ko‘targanday bo‘lar edi. “Odisseya” poemasida talqin etilishiga, “antlyot” so‘zi o‘sha vaqtda “olijanob qahramon izidan” tushunchalari bilan bog‘langan va “xalq ichida chiqqan odam” tushunchasiga qarama-qarashi qo‘yilgan. Gomer poemalarida qabilaning oddiy a’zolari zodagon jangchilarning o‘yinlarida ishtirok etmaydilar, ular faqat tomoshabin bo‘lib ko‘rinadilar.
Eramizdan avvalgi IX-VII asrlarga kelib Gretsiya hududida urug‘chilik tuzumining yyemirilishi va quldorlik munosabatlarining rivojlanishi jarayoni dastlabki davlatlarning to‘zilishiga olib keladi. Kuchayib borayotgan quldorlar sinfining hukmronligini mustahkamlashga qaratilgan birinchi davlatlar paydo bo‘la boshladi.
Qadimgi stadion. Urug‘chilik tuzumi davrida taraqqiy etgan yunon quldorlik davlatlari harbiy jahatdan uyushgan polislar (shaharlar) xarakteriga ega edi. Davlatlarning bunday xarakterga ega bo‘lishi qullarni qurolli kuch yordamida itoatda saqlash ehtiyojidan kelib chiqqan edi. O‘sha vaqtlarda harbiy tayyorgarlik darajasi belgilanar edi. Shuning uchun yunon harbiy-quldorlik polislarida quldorlarning jismoniy jihatidan tarbiyalashishiga katta e’tibor berilar edi. Erkin bo‘lib tug‘ilgan har bir erkak quldor harbiy xizmatni o‘tash majbur edi. Armiya faqat quldorlardan tarkib topib, ular eng muhim qurollaridan biriga aylanar edi. Shuning uchun harbiy tayyorgarlik masalalari va u bilan bog‘liq bo‘lgan quldorlarning jismoniy jihatidan tarbiyalashish masalasi bu davlatlarning diqqat markazida turar edi.
Turli davlatlarda bo‘lajak jangchilarni tayyorlash uchun maxsus tarbiya tizimlari yaratila boshlanadi. Bu tizimlar asosini jismoniy tarbiya tashkil etar edi. Sparta va Afrinada vujudga kelgan tarbiya tizimlari eng xarakterli tizimlardan edi. Bu davlatlarning o‘ziga xos ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy hayoti o‘ziga xos tarbiya tizimining vujudga kelishiga sabab bo‘ladi.
Zamonaviy inson faoliyatida har doim ko'p muammolar paydo bo'ladi, ularni bartaraf etish uchun katta jismoniy kuch talab etiladi. Bu shuni anglatadiki, jismoniy tarbiyaning samarali milliy tizimini shakllantirish dunyoning boy merosini, shu jumladan Qadimgi Yunoniston madaniyatini o'rganish va ijodiy tushunishni talab qiladi.
Bolalarning to'g'ri jismoniy rivojlanishining ahamiyati butunlay hayotiy ehtiyojlar bilan oldindan belgilab qo'yilgan. Kuch va chidamlilik, chidamlilik va epchillikni xalq yuqori baholaydi. Shuning uchun ota -onalar va murabbiylar bolalarda bu fazilatlarni tarbiyalashga harakat qilishdi. Bundan tashqari, odamlar jismoniy tarbiya shaxsiyatni shakllantirishning boshqa jihatlari bilan uzviy bog'liqligini uzoq vaqtdan beri payqashgan.
Empirik tarzda, qadimgi yunon pedagogikasi bolaning jismoniy rivojlani-shini muvaffaqiyatli rag'batlantirish qat'iyatlilik, jasorat, qat'iyatlilik, halollik, intizom, o'ziga ishonch, nekbinlik, kollektivizm, qiyinchiliklarni engish qobiliyati kabi muhim fazilatlarni shakllantirishga yordam beradi degan xulosaga keldi. . Jismoniy qotib qolgan odam kamdan -kam hollarda kasal bo'lib qoladi, sovuq va issiqqa, ob -havo va yomon ob -havoga, uzoq vaqt davom etadigan jismoniy zo'riqishga bardosh bera oladi.
Shuning uchun biz o'z ishimizda Qadimgi Yunonistonda jismoniy tarbiya tizimini pedagogik model sifatida ko'rib chiqamiz, bunda ma'lum tashkiliy va nazariy elementlarni qarzga olish mumkin. Qadimgi yunon madaniyati antik davrning eng ilg'or tsivilizatsiyalaridan biri bo'lgan va hamma uchun poydevor qo'ygan zamonaviy fanlar, san'at, siyosat va din. Zamonaviy pedagogika, shuningdek, sport, qadimgi Yunonistonning prototiplaridan katta qarzdor.
Yunon falsafasi nazarda tutilgan inson tanasi ong va ruh ma'badi sifatida va shuning uchun jismoniy tarbiya jismoniy va ruhiy salomatlikka, intellektual va ma'naviy sohaning rivojlanishiga hissa qo'shishi kerak edi.
Qadimgi Yunoniston erkaklari gimnaziyalarga yig'ilishgan. jismoniy tarbiya markazlari o'sha paytda, nafaqat sport uchun, balki san'at, adabiyot va falsafani muhokama qilish uchun ham. Ular jismoniy mashqlarni intellektual vazifalar bilan birlashtirib, aql va jismoniy kuch o'rtasidagi muvozanatni topishga intilishdi. Ko'plab yunon faylasuflari - Aflotun, Arastu va shoir Gomer - tana va ongni mustahkamlash usuli sifatida jismoniy tarbiyaning ahamiyatini himoya qilishgan. Bu qarashlarga asoslanib, qadimgi yunonlar jismoniy tarbiya tizimini umumiy pedagogika, aqliy va ma'naviy tarbiya tizimidan ajratmagan.
Qadimgi Yunonistonda jismoniy madaniyat fuqarolik, diniy, tarbiyaviy, ijtimoiy va axloqiy tamoyillardan ajralib turmagan.
Jismoniy tarbiya tizimi yaqin edi diniy e'tiqod bilan bog'liq qadimgi yunonlar. O'tkazilgan sport musobaqalari ishtirokchilariga sog'lik va kuch bag'ishlashi kerak bo'lgan qadimgi yunon panteon xudolariga bag'ishlandi.

Download 77.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling