Mavzu: Qadimiy g'oyalar. Qadimiy dinlar


Download 272.98 Kb.
bet2/8
Sana25.01.2023
Hajmi272.98 Kb.
#1120048
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mikroiqtisodiyot №10

Kichik raqobat muhitida ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalarida investitsiya ishlab chiqarishni yangi texnika va texnologiyani qo’llash asosida tashkil etishni, xizmat ko’rsatish sohasida yangi, avval qo’llanilmagan xizmat turlarini nazarda tutadi. Innovatsiya tushunchasi yangi maxsus turlarni mavjud ishlab chiqariladigan mahsulotni almashtiruvchi, uning o’rnini bosuvchi yangi mahsulotni ishlab chiqarishni ham anglatadi. Kuchli raqobat muhitida yangi texnika va texnologiyalarni qo’llash asosida yangi mahsulotni, yangi bozorga olib chiqishni ham bildiradi. Investitsiya kashfiyotlar asosida fan va texnika sohasida yangi bilimlarni qo’llashga kiritilishini, yangi ilg’or texnika va texnologiyalarni yaratilishini, ularni ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalarida qo’llanilishini, ular asosida yangi tovar va xizmatlarni yaratilishini va ular hisobiga raqobatni kuchaytirishni, yangi bozorni egallashni ham anglatadi. Har qanday iqtisodning bosh bo’g’inini ishlab chiqarish tashkil etishi munosabati bilan, uni muntazam ravishda yuksaltirish, yangilanishni, ilg’or texnika va texnologiyalardan foydalanishni, progressiv boshqaruv usullarini qo’llashni, turli yo’nalishlarda samara keltiruvchi iqtisodiy-moliyaviy resurslarni, ya’ni investitsiyalarni kiritishni talab etadi.

Jahon sivilizatsiyasi tarixi tasdiqlashicha, iqtisodiyotni rivojlantirishning bosh kuchi bo’lib tadbirkorlik xizmat qiladi. Tadbirkor har qanday imkoniyatni boy bermasdan, o’z manfaatida o’zi uchun iloji boricha maksimal yutuq maqsadida, hech qanday talofatlardan qo’rqmay tashabbusni qo’lga oluvchi, kuchli va harakatchan insondir. A. Smitni ko’zga ko’rinmas qo’l qoidasiga binoan, tadbirkor har qanday imkoniyatni nafaqat o’zi uchun balki jamiyat kelajagi uchun ishlatuvchidir. Tadbirkor bo’lish, demak, yangi ishni amalga oshirish qarorini qabul qilishdir.

Tadbirkorlik taraqqiyoti novatorlikdadir, ya’ni eskini ijodiy yondashuv asosida buzib, yangisini ijod etishdadir. Taniqli nemis iqtisodchisi D.A.Shumpeterni fikriga ko’ra, texnologiya taraqqiyoti iqtisodiy yuksalishni boshqaradi, novatorlik ya’ni doimiy ijodiy yondashuv va yaratuvchanlik rivojlanishni ta’minlaydi. D.A.Shumpeterni fikriga ko’ra, inovatorlikni amalga oshiruvchisi bo’lib tadbirkor xizmat qiladi, moliyaviy mablag’lar esa uni ta’minotini tashkil etadi. Demak, tadbirkorlik o’z mazmun-mohiyatiga ko’ra ijodkorlik, yaratuvchanlik, yangilikni tadbiq etmoqlik, tashabbuskorlik negizida tadbirkorlik, uddaburonlik, intiluvchanlik va doimiy rivojlanmoqlikni anglatadi. Ushbu jihatdan tadbirkorlik faoliyati innovatsiya faoliyatidan boshqa narsa emasdir. Haqiqiy tadbirkorlik negizida novatorlik, yangilikni kiritish, hayotga tadbiq etish yo’li bilan rivojlanishni ta’minlash yotadi. Tadbirkorlik taraqqiyoti intiluvchanlikda, novatorlikda, yangiliklarni tadbiq etmoqlikda, tavakkal qilmoqlikda, qaltislika qo’l urmoqlikda va o’z qarorlaridan qaytmaslikda hamda ma’suliyatni seza bilmoqlikdadir. Bularni jami innovatsiya faoliyatiga ham xos bo’lgan belgilar bo’lib, tadbirkorlik taraqqiyotini yuksaltirish omili sifatida xizmat qiladi.


Download 272.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling