Mavzu: Qadimiy g'oyalar. Qadimiy dinlar


Download 272.98 Kb.
bet4/8
Sana25.01.2023
Hajmi272.98 Kb.
#1120048
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mikroiqtisodiyot №10

Bizdagi oliy ta’lim olgan va ilm-texnikadan biroz xabardor bo’lgan ko’pchilik mutahassislar innovatsion iqtisodiyotni barchaning novator (yangilik kirituvchi) bo’lishi deb tushunishadi. Ammo dunyo miqyosidagi ta’lim muassasalarida innovatsion iqtisodiyot o’ziga xos ma’noda va ma’lum bir fan sifatida o’rganiladi. Innovatsion iqtisodiyotning boshqa mahsus dunyoviy fanlardan asosiy farqi shundaki, unda halqaro miqyosdagi ilg’or texnologiyalar bozori va bu bozorda samarador faoliyat ko’rsatish usullari o’rgatiladi. Texnologiyalar va shu bilan birgalikda intellectual mulkka egalik qilish huquqi – xuddi shular barcha ishlab chiqarish korxonalari uchun investitsion jarayonning asosidir. Boshqacha qilib aytganda, tadbirkor, misol sifatida kiyim-kechak ishlab chiqarmoqchi bo’lsa, u o’z faoliyatini birinchi navbatda mavjud zamonaviy texnologiyarni o’rganish va ulardan eng yaxshisini tanlab, sotib olishdan boshlashi lozim. Bizda esa agar tadbirkor kiyim-kechak ishlab chiqarmoqchi bo’lsa, u ishni jahondagi ilg’or texnologiyalarni shu sohadagi ilmiy-texnik xodimlarni jalb qilgan holda qiyosiy o’rganmasdan turib, tayyor uskunalar sotib olishdan boshlaydi. U mavjud texnologiyalarni yaxshi o’rganmagani tufayli, ko’pincha bu uskuna eski, hisobdan chiqarilgan yoki ma’naviy jihatdan eskirgan bo’lib chiqadi. Shu sababli, endi u hech qachon boshqa mamlakatlardagi tadbirkorlar bilan raqobat qila olmaydi va o’z mahsulotlarini chet mamlakatlarga chiqarishga imkon topa olmaydi yoki chiqara olsa ham, texnologiya eski bo’lgani tufayli, katta foyda ola olmaydi va raqobatga dosh bera olmay, ishi kasodga uchrashi mumkin.

Bilimlarga asoslangan innovatsion iqtisodiyot esa intellectual mulk bozoriga (texnologiyalarga bo’lgan huquqlar bozoriga) nisbatan ko’rib chiqilsa, butunlay boshqa rivojlanish mantiqiga ega bo’ladi.Endi bu kimdir tomonidan mukammallashtirilgan zamonaviy stanok yoki asbob-uskunalar emas, balki shu sohada professional darajada fan va texnika arboblari tomonidan chuqur firklab yaratilgan texnologik jarayondir. Shundan so’nggina yaratilgan tajribaviy texnologiya investorlarga sotiladi va ular sinov tariqasidagi ishlab chiqarish jarayonini boshlaydilar. Agarda shu holda tajriba sifatida ishlab chiqarilgan mahsulot sufati jahon miqyosidagi talablarga javob bersagina, stanoklar texnologiya bilan birgalikda sotib olinadi. Bizda esa oqibatini chuqur o’ylamasdan va tegishi ilmiy-texnik izlanishlar qilmasdan turib, tavakkaliga stanok va uskunalar sotib olinib, ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish keng tarqalgan.


Download 272.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling