“tiqxmmi” mtu


Download 0.99 Mb.
Sana12.10.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1699261
Bog'liq
IBROHIM

“TIQXMMI” MTU

Bajardi: Mamajanov Ibrohim

Qabul qildi: Xoliqulov Muhmmad

Blok g’isht ishlab chiqarich bo’yicha biznez reja

REJA:

1.Loyihaning maqsadi

2. Bozor va marketing konsepsiyasi

3.Sotish programmmasi

4.Loyiha qiymati

5.Xulosa


1.Loyihaning maqsadi
Ushbu loyixaning asosiy maqsadi qurilish materiallari sexini tashkil etib, oʼzining asosiy ish faoliyati boʼlgan, shlakabloklarni ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirishdan maqsadi xalqimizni qurilish materiallari bilan taʼminlash va axolini ushbu maxsulotlarga extiyojlarini yanada qondirishdan iborat.
Loyihaning umumiy qiymati 169.642.000 so’mni tashkil etadi. Loyiha tashabbuskorining asosiy maqsadi asbob-uskunalar sotib olib, shlakblok ishlab chiqarishni amalga oshirishni mo’ljallanmoqda. Ushbu maxsulotlar bozorida vujudga kelgan sharoit, yaʼni arzon narxdagi, yuqori sifatli qurilish maxsulotlari ishlab chiqarishda talabning kattaligi asos bo’ldi.

Ushbu loyihani amalga oshirishdan maqsad asbob-uskunalar sotib olib, qurilish maxsulotlarini yetishtirishni tashkillashtirishni asoslashdir. Ishlab chiqariladigan qurilish maxsulotlarini asosan, loyiha tashabbuskorining asosiy ish faoliyati bo’lgan shlakobloklari ishlab chiqarishga xar xil inshootlar qurish sifatida foydalanishdir. Loyiha tashabbuskorining, loyihani amalga oshirishdan maqsadi quyidagi sabablarga ko’ra: - maxsulot tannarxining yuqori emasligiga nisbatan kapital xarajatlarning tezda o’zini qoplay olishligi, - xom- ashyoni yetkazib beruvchilar va tayyor maxsulotlarni sotuvchi kanallarning tashkillashtirliganligi va yetarli darajada tajribaga ega ekanligidan, loyihaning maqsadga muvofiqligini ko’rsatadi.


2.Bozor va marketing konsepsiyasi.
Qurilish maxsulotlari yetishtirishga moslashgan va asosiy yetishtiruvchilar shirkat xo’jaliklar, qurilish bilan shug’ullanadigan yakka tartibdagi tadbirkorlari va axolidir.
Shuning uchun viloyatimizda ichki va tashki isteʼmol bozorlarining talabiga, sifati jixatidan to’liq javob beradigan qurilish maxsulotlarini yetishtirishni ko’paytirish bilan ishlab chiqarishni moʼtadil tashkil etish, maqsadga muvofiq bo’ladi.
Ushbu loyihaning raqobatga kuchliligi tomoni, birinchi navbatda bozordagi talabning o’zgarishiga tezda moslashish xususiyatining umumiyligi bilan belgilanadi.
Yuqorida qayd etilgan xususiyatga ko’ra, amalga oshiriladigan loyihaning, birinchi navbatda, tushayotgan talabga qarab, yetishtiriladigan maxsulotlar assortimenti va nomenklaturasini qiska muddat ichida o’zgartirish, moslashtirish, maxsulotlarni yetishtirishda, ichki xarajatlarining pastligi, raqobatga bardosh berish imkoniyatiga ega bo’lishini kafolatlaydi.
3.Sotish programmasi
 
Tashkil etiladigan yordamchi xo’jalikda shlakablok maxsulotlarini ishlab chiqarish, viloyatimizda va boshqa viloyatlar xududida joylashgan isteʼmolchilar bilan to’g’ridan-to’g’ri tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
Sotish programmasi strategiyasi, yetishtirilgan maxsulotlarning sifati, turiga bulgan talabni xamma vaqt o’rganish, bozor sharoitini o’zgarishiga tezda moslashish, xamda, yuqorida qayd etilgan fikrlardan kelib chiqqan xolda, tayyor maxsulotga narxning tez moslashuvchi taktikasi belgilanadi.
4.Loyiha qiymati
Loyihaning umumiy narxi 169.642.000 so’mni tashkil etadi. Shundan asosiy kapitalning qiymati 150.000.000 soʼmni tashkil etadi. Аylanma kapital uchun 19.642.000 so’mni tashkil etadi.
Loyihani amalga oshirish uchun, loyiha tashabbuskori tomonidan, 68.974.000 so’m miqdorida qurilish materiallarini ishlab chiqarish uchun asbo-uskunalari sotib olish rejalashtirilgan.
Shundan: - 40.000.000 sum – asosiy kapitalga
28.974.000 sum – aylanma kapitalga.



Xarajatlar nomi

Umumiy miqdori (so’m)

1.

Joy tolovi uchun

1.500.000

2.

Asbob uskunalar uchun

40.000.000

3.

Xom ashyo

107.892.000

4.

Ish xaqqi

20.250.000

5.

Transport xarajati

200-500 gacha donasiga

6.

Jami xarajatlar

169.642.000

Bir oyda shlaka blok ishlab chiqarish uchun xarajati 169.642.000 So’mni tashkil etadi.
Xulosa
Ushbu loyihani taqdim etishdan oldin, loyiha tashabbuskori tomonidan, loyihani amalga oshirishda taʼsir ko’rsatadigan xamma faktorlarni eʼtiborga olib, chuqur tahlil etildi.
Keltirilgan moliyaviy ko’rsatkichlar natijalari, ichki bozordagi sharoitni va mumkin bo’lgan xatarlar va boshqa faktorlarni eʼtiborga olib qilingan taxlil natijasida loyihani amalga oshirishda, loyiha tashabbuskori tomonidan ko’rsatilgan barcha tadbirlarning samaraliligi va xayotiyligi to’g’risida xulosaga qilinadi.
Ushbu loyihani amalga oshirilishi, loyiha tashabbuskori fikrini xayotga tatbiq etishga, viloyatimiz iqtisodiy potentsialini rivojlantirishga, xamda Respublikamizda olib borilayotgan iqtisodiy islohatlarga o’z ulushini qo’shishga imkon yaratiladi.

RAHMAT


Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling