Mavzu: Qadimiy g'oyalar. Qadimiy dinlar


Download 272.98 Kb.
bet5/8
Sana25.01.2023
Hajmi272.98 Kb.
#1120048
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mikroiqtisodiyot №10

Bilimlarga asoslangan innovatsion iqtisodiyot esa intellectual mulk bozoriga (texnologiyalarga bo’lgan huquqlar bozoriga) nisbatan ko’rib chiqilsa, butunlay boshqa rivojlanish mantiqiga ega bo’ladi.Endi bu kimdir tomonidan mukammallashtirilgan zamonaviy stanok yoki asbob-uskunalar emas, balki shu sohada professional darajada fan va texnika arboblari tomonidan chuqur firklab yaratilgan texnologik jarayondir. Shundan so’nggina yaratilgan tajribaviy texnologiya investorlarga sotiladi va ular sinov tariqasidagi ishlab chiqarish jarayonini boshlaydilar. Agarda shu holda tajriba sifatida ishlab chiqarilgan mahsulot sufati jahon miqyosidagi talablarga javob bersagina, stanoklar texnologiya bilan birgalikda sotib olinadi. Bizda esa oqibatini chuqur o’ylamasdan va tegishi ilmiy-texnik izlanishlar qilmasdan turib, tavakkaliga stanok va uskunalar sotib olinib, ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish keng tarqalgan.

Innovatsion tadbirkorlik uch asosiy turga bo’linadi:

Innovatsion tadbirkorlik uch asosiy turga bo’linadi:

  • mahsulot innovatsiyasi;
  • texnologiya (ishlab chiqarish) innovatsiyasi;
  • ijtimoiy innovatsiya. Mahsulot innovatsiyasi - korxona mahsulotini sotish darajasi imkoniyatini yangilash jarayonini namoyon etadi.
  • Makroiqtisodiyot darajasida innovatsiyalarga qaratilgan investitsiyalar kuchli raqobat muhitida firma (korxona)larning raqobatbardoshligini ta’minlash bilan bog’liq bo’lgan ularning mavqeini mustahkamlash bilan, samaradorligini yuksaltirish, foyda (daromadi) hajmi va me’yorini oshirish bilan bog’liq bo’lgan investitsiyalardir. O’zbekiston iqtisodiyotida firma (korxona)lar hayotiyligini ta’minlash, ular rivojlanishi va daromaddorligini orttirish, fan va texnika taraqqiyoti yutuqlaridan foydalangan holda, jahon talablari darajasidagi tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishdir. Yangi, zamonaviy va ilg’or texnika-texnologiyalarni qo’llagan holda sifatli, arzon tovar va xizmatlarni tashqi bozorlarga etkazish uchun qaratilgan investitsiyalar innovatsion investitsiyalardir.


Download 272.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling