Mavzu: Qarz oluvchi faoliyatini moliyaviy tahlil qilish


Qarz oluvchining majburiyatlari


Download 66.82 Kb.
bet3/7
Sana11.02.2023
Hajmi66.82 Kb.
#1190110
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Abduraxmanov Timur investitsiya

Qarz oluvchining majburiyatlari:
Kreditni va u boʻyicha hisoblangan foizlarni mazkur shartnoma va uning ilovasida belgilangan muddatlarda va miqdorda toʻliq qaytarish;
Kreditning qaytarilishini taʼminlash maqsadida tegishli tarzda rasmiylashtirilgan Kredit qaytarilishini taʼminlashning qanday usuli qo‘llanadi taqdim etish.
Kreditdan foydalanish davrida kreditlashning qaytarishlik, toʻlovlilik, taʼminlanganlik, muddatlilik va maqsadli foydalanish tamoyillariga rioya qilish;
Kreditor xodimlarini maqsadli tekshirishlari uchun sharoit yaratish. Maqsadli tekshirishlarni oʻtkazish muddati Kreditor tomonidan belgilanadi.
TOMONLARNING HUQUQLARI
Kreditorning huquqlari:
Kredit shartnomasi imzolangunga qadar kredit yigʻma jildini tahlil qilish.
Qarz oluvchi kreditni taʼminlash boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarmaganda, taqdim etilgan kreditni qaytarilishiga taʼsir koʻrsatuvchi maʼlumotlarning haqiqiy emasligi shartnoma imzolangandan keyin aniqlanganda hamda Qarz oluvchi tomonidan Kreditorning ushbu shartnoma boʻyicha majburiyatlari kuchga kirgan vaqtdan boshlab 1 oydan koʻp muddat davomida kreditdan foydalanilmaganda (yoki toʻlov hujjatlarini taqdim etmaslik) ushbu shartnomada nazarda tutilgan kreditni berishdan butunlay yoki qisman bosh tortish.
Quyidagi hollarda Qarz oluvchini bundan buyon kreditlashni toʻxtatish va foizlarni hamda kredit boʻyicha asosiy qarzni muddatidan oldin, jumladan undiruvni kredit taʼminotiga qaratish orqali undirish:
- kredit mablagʻlaridan maqsadsiz foydalanilganligi aniqlanganda;
- kreditni qaytarish jadvalida belgilangan miqdor hamda muddatlarni Qarz oluvchi asosiy qarz va unga hisoblangan foizlarni qaytarish muddatini qancha kunga buzganda kreditor asosiy qarzni muddatidan oldin undirishni talab qilish huquqiga ega buzgan holda asosiy qarz va unga hisoblangan foizlar toʻlanmaganda;
- Kreditorning monitoring oʻtkazishiga toʻsqinlik qilganda;
- Qarz oluvchi tomonidan Kreditorga kredit hujjatlari rasmiylashtirilayotganda taqdim etilgan maʼlumotlar haqiqiy emasligi aniqlanganda;
- ajratilgan kredit qaytarilishining taʼminoti toʻliq yoki qisman oʻz qiymatini yoʻqotganda yoki taʼminot haqiqiy emas deb topilganda;
- kredit qaytarilishiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi mazkur shartnomada koʻzda tutilgan boshqa majburiyatlar bajarilmaganda;
- mazkur shartnoma bilan bogʻliq boʻlgan boshqa shartnoma (garov, kafolat, sugʻurta va b.) shartlari bajarilmaganda yoki buzilganda.
Bunday hollarda Kreditor Kreditor asosiy qarzni muddatidan oldin undirish to‘g‘risidagi qarori to‘g‘risida Qarz oluvchiga qancha muddat oldin xabar berishi lozim kundan koʻp boʻlmagan muddat ichida Qarz oluvchini xabardor qiladi.
Bevosita Qarz oluvchi joylashgan yerda maqsadli tekshirishlarni amalga oshirish.
Qarz oluvchining kredit tarixini shakllantirish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni Kredit axborot tahliliy markazlari va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Kredit axborotining davlat reyestrini yuritish departamentiga taqdim etish.

Download 66.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling