Mavzu: Qasidalar vaznini aniqlash


Download 21.73 Kb.
Sana16.03.2023
Hajmi21.73 Kb.
#1278590
Bog'liq
10.Qasidalar vaznini aniqlash.


Mavzu:Qasidalar vaznini aniqlash.
Qasida (arab tilidan olingan bo'lib — koʻzlamoq, niyat qilmoq ma'nosini anglatadi) — Sharq mumtoz adabiyotidagi sheʼriy janrlardan biri. Q. biror shaxsning (koʻpincha hukmdorning) madhiga bagʻishlangan. uchun koʻtarinki, tantanavor ohang xos. Hajmi 20 baytdan 200 baytgacha boʻlishi mumkin. Gʻazalga oʻxshab qofiyalanadi (aa, ba, va, ...). Kompozitsiyasi gʻazalga nisbatan murakkab boʻlib, nasib (yoki tashbib) deb ataluvchi lirik muqaddima, gurezgoh (qochish joyi; nasibdan asosiy qism — madhga oʻtish vazifasini bajaruvchi bayt yoki baytlar), madh (maqtov) va mamduh (maqtalayotgan shaxs) haqidagi duo va matlabni oʻz ichiga oluvchi xulosa qismlardan iborat. Q. mazmuniga koʻra, Qasida bahoriya, Q.i ishqiya, Q.i holiya (oʻz ahvolidan shikoyat tarzida), Q.i hamriya (may bilan bogʻliqtasvir), Q.i hazoniya (kuz tasviri), Q.i faxriya (shoirning oʻz isteʼdodidan faxrlanishi), Q.i hajviya tipida boʻlishi mumkin. 11—12-asrlardan uning mazmun va mavzu doirasi kengayib, falsafiy, axloqiy, ijtimoiy Q.lar ham yozilgan (mas, Unsuriy, Anvariy, Xoqoniy Q.lari).
Oʻzbek mumtoz Q.lari arab va fors qasidachiligi zaminida yuzaga kelgan, uning ilk namunalari "Devonu lugʻotit turk"yaa uchraydi. 15-asrda Sakkokiy, Lutfiy, Gadoiy, Amiriylar ijodida Q. oʻzining yuqori bosqichiga koʻtarilgan. Ayniqsa, Sakkokiy yaratgan Q.lar alohida ajralib turadi. Uning devonida 10 ta Q. boʻlib, undan 4 tasi hukmdor va olim Mirzo Ulugʻbekka bagʻishlangan. Alisher Navoiynknt original kompozitsiya va uslubga ega boʻlgan "Hiloliya", katta ijtimoiy mazmun tashuvchi "Tuhfat ulafkor" ("Sittai zaruriya"dan) Q.lari mashhurdir. Keyingi davrda oʻzbek adabiyotida Munis va boshqalar shoirlar ham bu janrga murojaat qilganlar.
Amir ul-kalom Nizomiddin Alisher Navoiy qasidalari koʻp emas. Fors tilidagi “Tuhfat ul-afkor” qasidasi falsafiy fikrlari, badiiy sanʼatlari bilan yuqori choʻqqiga koʻtarilgan.
Koʻpincha, qasida, deganda madhiya va marsiyalar nazarda tutiladi, chunki gʻaznaviylar va saljuqiylar davrida Unsuriy, Farruxiy, Asjadiy, Zohir Faryobiy kabi mashhur qasidanavis shoirlar janrni badiiylik va goʻzallik nuqtai nazaridan sheʼrning eng yuqori choʻqqisiga koʻtargan boʻlsalar-da, amirlarni maqtash bilan chegaralanib qolganlari sababli, keyingi shoirlar ham qasidani shu mavzuga qaratdilar. Bora-bora qasida madhu sano vositasiga aylanib qoldi.
Madhiya qasidalar oʻziga xos tuzilishga ega. Unda, tagʻazzul, tashbib, nasib, guriz, qochish, asl mavzuga qaytish, daʼvoi husni talab, maxlas kabi ruknlar mavjud. Ammo, baʼzi bir ulugʻ shoirlar, jumladan, Nosir Xusrav Balxiy, Sanoiy Gʻaznaviylar qasidani tuzilish va mavzu nuqtai nazaridan butunlay oʻzgartirdi. Ular qasida shaklini tagʻazzul, guriz, husni talab kabi ruknlardan ozod qilib, matlaʼdan boshlab, koʻzda tutgan mavzuni yoritib berishga kirishdilar.
Shuningdek, qasidani koʻproq pandu nasihat, falsafa va hikmat, ahloqu odob, ilmu maʼrifat, tasavvufu irfon kabi mavzularga qaratdilar.
Amir Xusrav Dehlaviy ham qasidada keyingi toifadagi shoirlardan hisoblanadi. Shoirning “Lujjat ul-abror” (Daryoyi abror) nomli falsafiy, ijtimoiy qasidasi mavlono Abdurahmon Jomiy bilan Mir Alisher Navoiy diqqatini tortgan hamda “Lujjat ul-asror” va “Tuhfat ul-afkor” qasidalarining dunyoga kelishiga sababchi boʻlgan.
Jomiy va Navoiy zamondosh, fikrdosh edilar. Ikkala shoir ham Husrav Dehlaviyga ixlos qoʻyib, gʻazallariga nazira bogʻlab, nazmini har doim hurmat bilan tilga olganlar. “Lujjat ul-abror” qasidasiga nazira yozish shunday ixlos va hurmat natijasi, deyilsa toʻgʻri boʻladi. Chunki tatabbuʼ qilishga loyiq falsafiy, irfoniy, ijtimoiy qasidalar fors adabiyotida kam emas.
Maqola sarlavhasini, “Izdoshlikmi yoki fikrdoshlik”, deb qoʻyganimizga kelsak, “Lujjat ul-abror”, “Lujjat ul-asror” va “Tuhfat ul-afkor” qasidalari vazn, qofiya, radif jihatidan ham, olgʻa surilgan gʻoyalar nuqtai nazaridan ham bir-biriga oʻxshagan holda badiiy sanʼatlar, soʻz oʻyinlari, baʼzi fikrlarni olgʻa surish yoki bayon qilish uslubi nuqtai nazaridan farqlidir. Bu mavzuni bilib olish uchun uchala qasida matlaʼlari yetarli. Amir Xusrav qasidasi bunday boshlanadi:
Koʻsi shoh xoliyu bongi gʻulgʻulash dardi sar ast
Har ki qoneʼ shud xushku tar, shahi bahru bar ast.
Jomiy qasidasining matlaʼi esa bunday:
Kunguri ayvoni shah k-az kohi kayvon bartar ast
Rahnahoi don k-ash ba devor hisori din dar ast.
Navoiy bu matlaʼga javoban mana bunday yozadi:
Otashin laʼle ki toji xusravonro zevar ast
Axgari bahri xayoli xom puxtan dar sar ast.
Uchala qasidada ham shoirlar boshidanoq shohni ogohlantiradi, shohlik shon-shavkati, zeb-ziynati dardisar va xom-xayol ekanligini uqtiradi, unga koʻngil qoʻymaslik, u bilan magʻrurlanmaslik zarurligini aytadi. Ammo shoirlarning har biri, fikrini oʻziga xos uslub, oʻziga xos soʻz sanʼatlari bilan bayon etadi.
Download 21.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling