Mavzu: Qattiq jismlar deformatsiyasi
Download 0.67 Mb.
|
Qattiq jism deformatsiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bir o’lchovli deformatsiya.
Mavzu: Qattiq jismlar deformatsiyasi.Reja:
Qattiq jismni uzluksiz muhit deb qaraymiz. Qattiq jismni cheksiz kichik zarrasi deb,atom yoki molekulalar soni yetarlicha ko’p bo’lgan uzluksiz kichik bo’lagi nazarda tutiladi. Tashqi kuchlar yo’qligida qattiq jism zarralari muvozanat vaziyatlarda turadi. .Zarralarning ushbu vaziyatlarini jism bilan mahkam bog’langan sanoq sistemasi boshidan o’tkazilgan radius-vektor r orqali aniqlaymiz. Tashqi kuchlar ta’sirida qattiq jismni tashkil qilgan zarralar vaziyatlari, qattiq jismning hajmi, shakli o’zgaradi, ya’ni qattiq jism deformatsiyalanadi. Zarralarning muvozanat vaziyatlaridan siljishini vektor bilan ifodalaymiz. Bu vektor siljish vektori deb ataladi. Deformatsiyalangan jismdagi zarra vaziyati r+u vektori bilan aniqlanadi. Sijish vektorining koordinata o’qlaridagi tashkil etuvchilarini mos holda ux,uy,uz bilan belgilaymiz. Ushbu kattaliklar umumiy holda zarraning koordinatalariga va vaqtiga bog’liq bo’ladi,ya’ni: ux=ux(x,y,z,t),uy= uy (x,y,z,t),uz = uz (x,y,z,t).Bir o’lchovli deformatsiya.Deformatsiyalangandan so’ng M nuqta u masofaga siljiydi, Mʹ vaziyatga ko’chadi va uning koordinatasi Δx + ux ga teng bo’ladi.Biz tanlagan Δx kesma esa Δux qadar uzunlashadi.kesmaning deformatsiyasi deganda biz Δux ning Δx ga nisbatini, ya’ni Δux/Δx ni tushunamiz. M nuqtadagi deformatsiya esaifoda bilan aniqlanadi. Umumiy holda ε kattalik koordinata va vaqtga bog’liq bo’ladi ε=ε(x,t). Agar bo’lsa, bunday deformatsiyani bir jinsli deformatsiya deb ataladi.Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling