Mavzu: qattiq jismlarning solishtirma issiqlik sig‘imini aniqlash
Download 58.55 Kb.
|
1 2
Bog'liq9-sinf Fizika Laboratoriya ishi
Sana ____________ 202__-yil MAVZU: QATTIQ JISMLARNING SOLISHTIRMA ISSIQLIK SIG‘IMINI ANIQLASH. Laboratoriya ishi-1 Kerakli jihozlar: kalorimetr, tarozi, tarozi toshlari, termometr, solishtirma sig‘imi aniqlanadigan 3 ta jism, qaynoq suv. Ishni bajarish tartibi Kalorimetr pasportidan uning aralashtirgich bilan birgalikdagi issiqlik sig‘imi Ck ni yozib oling. Menzurka yordamida suv hajmi V ni o‘lchab, uni kalorimetrning ichki idishiga quying va issiqlik muvozanati qaror topgandan keyin uning temperaturasi ts ni termometr yordamida o‘lchang. Kalorimetrga quyilgan suv massasini ms = ρs V formuladan foydalanib hisoblang. Bunda ρs — suvning zichligi. Solishtirma issiqlik sig‘imi aniqlanayotgan jismning massasi mj ni tarozi yordamida o‘lchang. Jismni ipga bog‘lab, qaynab turgan suvga solib qo‘ying. Jism va suv o‘rtasida issiqlik muvozanati qaror topgandagi jismning temperaturasi tj ni yozib oling. Bunda tj = 1000 C deb olish mumkin. Jismni tezlik bilan sovuq suv solingan kalorimetrga botiring. Qaynab turgan suvdan olingan jismni tezlik bilan sovuq suv solingan kalorimetrga botiring. Aralashtirgich bilan kalorimetrdagi suvni aralashtiring va termometr ko‘rsatgan aralashmaning ta temperaturasini yozib oling. Jismning solishtirma issiqlik sig‘imini aniqlang: Cj Massalari turlicha, lekin xuddi shunday moddadan yasalgan yana ikkita jismning solishtirma issiqlik sig‘imini yuqorida keltirilgan tartibda aniqlang. Birinchi, ikkinchi va uchinchi jismlar uchun aniqlangan solishtirma issiqlik sig‘imlari uchun o‘rtacha cj ni hisoblang. Olingan natijalarni 1- jadvalga yozing. 1-JADVAL
Hisoblash _________________________________________________________ _________________________________________________________ _________________________________________________________ MAVZU: TURLI TEMPERATURALI SUV ARALASHTIRILGANDA ISSIQLIK MIQDORLARINI TAQQOSLASH Laboratoriya ishi-2 Ishning maqsadi: Issiqlik almashayotgan suyuqliklar orasida issiqlik balans tenglamasini tekshirib ko’rish. Kerakli jihozlar: 1 l sig‘imli ikkita idish, termometr, menzurka, issiq va sovuq suv. Ishni bajarish tartibi Menzurka yordamida m1 massali issiq suvni o‘lchab, birinchi idishga quying va uning temperaturasi t1 ni o‘lchang. Menzurka yordamida m2 massali sovuq suvni o‘lchab ikkinchi idishga quying va uning temperaturasi t2 ni o‘lchang Ikkinchi idishdagi sovuq suvni birinchi idishdagi issiq suvning ustiga quying va aralashmaning muvozanatlashgan temperaturasi t ni o‘lchang. Aralashmada issiq suv bergan issiqlik miqdorini Q1 = cm1 (t1 - t) formula yordamida hisoblang, bunda c suvning solishtirma issiqlik sig‘imi. Aralashmada sovuq suv olgan issiqlik miqdorini Q2 = cm2 (t – t2) formula yordamida hisoblang. Aralashtiriladigan issiq va sovuq suvning massalarini o‘zgartirib, 1-5 bandlarga muvofiq ishni uch marta takrorlang O‘lchash va hisoblash natijalarini 1- jadvalga yozing. 1-JADVAL
Download 58.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling