Mavzu: Qattiq jismning deformatsiyalanishi. Reja
Download 6.53 Kb.
|
Mavzu Qattiq jismning deformatsiyalanishi. Reja Reja-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.Xulosa
- Noelastik toʻqnashuv nima
Mavzu: Qattiq jismning deformatsiyalanishi. Reja: Reja Mavzu: Qattiq jismning deformatsiyalanishi.Reja:Reja:1.Kirish.2. Elastik toʻqnashuv3. Noelastik toʻqnashuv nima?4. Mutlaq noelastik toʻqnashuvga misollar mavjudmi?5.XulosaElastik toʻqnashuv nima?Elastik toʻqnashuv nima? Jismlar toʻqnashganda hech qanday kinetik energiya yoʻqotilmasa, bunday toʻqnashuv elastik boʻladi. Elastik toʻqnashuvda energiya va impulsning saqlanish qonuni oʻrinli boʻladi. Tasavvur qiling, ikkita bir xil aravacha bir-biriga tomon teng tezlikda harakatlanmoqda. Ular oʻzaro uriladi, biroq tezlik yoʻqotilmaydi. Bu mutlaq elastik toʻqnashuvga ajoyib misol, chunki hech qanday energiya yoʻqotilmaydi. Haqiqatda esa elastik toʻqnashuvlar kundalik hayotimizning bir qismi emas. Gaz atomlari orasidagi baʼzi toʻqnashuvlar mutlaq elastik boʻladi. Ammo mexanikadagi ayrim toʻqnashuvlarda energiyaning yoʻqotilishi hisobga olinmaydi. Bu toʻqnashuvlarni ular mutlaq elastik boʻlmasa-da, elastik deyishimiz mumkin. Nyuton mayatniklari va qattiq bilyard sharlari orasidagi toʻqnashuv bunga misol boʻlishi mumkin. Noelastik toʻqnashuv nima?Noelastik toʻqnashuv nima? Agar toʻqnashuvda kinetik energiya yoʻqotilsa, bunday toʻqnashuv noelastik deb ataladi. Noelastik toʻqnashuvda impuls saqlanadi, kinetik energiya esa yoʻq. Chunki kinetik energiya boshqa narsalarga sarf boʻladi. Issiqlik energiyasi, tovush energiyasi va jism deformatsiyasi bunga misol boʻlishi mumkin. Tasavvur qiling, ikkita aravacha bir-biriga tomon harakatlanmoqda. Ular oʻzaro toʻqnashadi va ularga biriktirilgan magnitlangan jismlar sababli oʻzaro yopishib qolib, bitta massa kabi harakatlanadi. Bu kabi toʻqnashuv mutlaq noelastik, chunki unda maksimal kinetik energiya yoʻqotiladi. Bunda oxirgi kinetik energiya nol boʻlishi shart emas; impulsning saqlanish qonuni ushbu holda ham oʻrinli boʻladi. Hayotdagi toʻqnashuvlar mutlaq elastik va mutlaq noelastik orasida boʻladi. hhh balandlikdan erkin tashlangan koptok yerga urilib, oʻzining qattiqligiga bogʻliq holda qandaydir hhh dan kichik balandlikka qaytib koʻtariladi. Bunday toʻqnashuvlar odatda noelastik deyiladi. Download 6.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling