Mavzu: Qattiq jismning deformatsiyalanishi. Reja
Mutlaq noelastik toʻqnashuvga misollar mavjudmi?
Download 6.53 Kb.
|
Mavzu Qattiq jismning deformatsiyalanishi. Reja Reja-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tiklanuvchanlik koeffitsiyenti nima
- XULOSA
Mutlaq noelastik toʻqnashuvga misollar mavjudmi?Ballistik mayatnik noelastik toʻqnashuv sodir boʻladigan qurilmaga misol boʻla oladi. Zamonaviy texnologiyalar yaratilishidan oldin ballistik mayatnik gorizontal otilgan jismlarning tezligini oʻlchashda qoʻllangan. Ushbu qurilmada jism osmaga qoʻyilgan ogʻir yogʻoch yuk ichiga qaratib otiladi. Toʻqnashuv natijasida oʻq yukning ichiga kirib qoladi. Kinetik energiyaning bir qismi muhitga issiqlik, tovush sifatida uzatilib, yogʻochni deformatsiyalaydi. Shunga qaramay, impulsning saqlanish qonuni oʻrinli boʻladi. Keyin yogʻoch biror tezlik olib, mayatnik kabi harakatlanadi. Bunday harakatda toʻla mexanik energiya saqlanadi. Bundan yogʻochning koʻtarilish balandligini bilgan holda yukning kinetik energiyasini topishimiz mumkin. Keyinchalik impulsning saqlanish qonunidan gorizontal otilgan jismning boshlangʻich tezligini hisoblaymiz. Tiklanuvchanlik koeffitsiyenti nima?Tiklanuvchanlik koeffitsiyenti 0 va 1 orasidagi son boʻlib, u oʻzaro taʼsir qanchalik mutlaq elastik (0) yoki mutlaq noelastik (1) ekanini bildiradi. Biror moʻljalga urilib qaytayotgan jism uchun tiklanuvchanlik koeffitsiyenti boshlangʻich V va oxirgi tezlik v lar nisbatiga teng. Odatiy sport toʻplari uchun tiklanuvchanlik koeffitsiyenti 0,35 dan (yogʻoch sirtga urilayotgan kriket toʻpi uchun) 0,9 (temirga urilayotgan golf toʻpi uchun) gacha boʻladi. Bilyard toʻplarining tiklanuvchanlik koeffitsiyenti 0,98 gacha boʻlishi mumkin. XULOSADeformatsiya fizikada — tashqi kuch, temperatura, elektr va magnit maydonlari taʼsirida jism shakli va oʻlchamlarining oʻzgarishi. Elastik va plastik xillari bor. Chuqurroq o'rganilganda cho'zilish-siqilish, buralish, egilish va siljish turlariga bo'linadi. Jismga tasir qiluvchi kuchlarning turiga qarab Deformatsiya turlarini kuzatish mumkin. Tashki kuch taʼsiri toʻxtagandan keyin Deformatsiya yoʻqolsa (jism oʻz holiga qaytsa) elastik Deformatsiya, saqlansa (jism oʻz holiga qaytmasa) plastik Deformatsiya yuz beradi. Elastiklik va plastiklik nazariyasida qattiq jism Deformatsiyasiga oid harakat va kuchlanish oʻrganiladi. Elastik Deformatsiyalanuvchi qattiq jism yoʻq, har qanday qattiq jism tashqi kuch taʼsirida plastik Deformatsiyalanadi. Plastik Deformatsiya temperatura, tashki kuch va Deformatsiya tezligiga bogʻliq. Tashki kuch maʼlum vaqt davomida bir xil taʼsir qilib tursa, Deformatsiya vaqt oʻtgan sari oʻzgara boradi; bu hodisaga yoyiluvchanlik deyiladi. Temperatura koʻtarilishi bilan yoyiluvchanlik ortadi. Tashki kuch ortib borgandagi Deformatsiya aktiv (faol), tashki kuch kamayib borgandagi Deformatsiya passiv (sust) Deformatsiya deyiladi. Deformatsiyaning choʻzilish, siqilish, egilish, buralish xillari mavjuDeformatsiya Mutlaq Deformatsiyaning jism boshlangʻich oʻlchami (shakli)ga nisbati nisbiy Deformatsiya deyiladi. Deformatsiya qonunlari materiallar qarshiligi, puxtaligi, inshootlar mustahkamligi va h.k.ni hisoblashda tatbiq qilinadi; geologiyada — tektonik harakatlar natijasida tog jinslarining shakli va hajmi oʻzgarishi. Deformatsiyaga uchragan tog jinslarining tarkibi baʼ-zan butunlay oʻzgarib ketadi. Download 6.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling