Mavzu: Qazib chiqarilgan suyuqlik miqdori va sifatini hisobga oluvchi uskunalar. Reja: 1


Download 388.67 Kb.
bet1/4
Sana30.10.2023
Hajmi388.67 Kb.
#1734898
  1   2   3   4
Bog'liq
55-maruza


Mavzu: Qazib chiqarilgan suyuqlik miqdori va sifatini hisobga oluvchi uskunalar .
Reja:

1. Zamonaviy o‘lchash asboblari va qurilmalarining elementlari
2.O‘lchash qurilmalarining asosiy xarakteristikalari
3.Qayd qilish elementlari
Tuzilmaviy shakllari va harakat rejimlarining xilma–xilligi bilan farqlanuvchi, murakkab va tarkibi bo‘yicha o‘zgaruvchi gazli, suyuq (suv, neft, kondensat) va qattiq (qum va boshqa mexanik qorishmalar) fazalar aralashmasidan iborat moddaning sarflanishi o‘lchanayotganda bunday oqim sarfini oldindan seperatsiyasiz o‘lchash murakkab ilmiy–texnik muammo hisoblanadi. Hatto seperatsion vositalari ham kam samarali bo‘lgan hollarda ham yuqori gaz omiliga ega yuqori tezlikli oqimlarni o‘lchashda alohida qiyinchiliklar vujudga keladi.
Sarflarni o‘lchash (rasxodametriya) sohasida o‘tkazilgan ko‘p yillik tadqiqotlar mazkur muammoni hal etish yo‘lini taklif etishga imkon beradi. O‘lchashning ishlab chiqilgan va patent olingan yangi spektrometrik uslubi asos bo‘lib xizmat qildi. U yuqori gazli omilli yuqori tezlikli oqimlar sharoitida samaralidir. Bu uslub mahsulotni yig‘ishning o‘tkazish quvuri tizimida fluktuatsion jarayonning (bosim fluktuatsiyasi) spektral fazalarning oqimda sarflanishi to‘g‘risidagi axborot manbai sifatida foydalanishga asoslanadi.
Spektrometrik uslubning asosiy g‘oyasi shundan iboratki, bunda fazalar sarfini ko‘p fazali oqimda fluktuatsion jarayonning quvvati spektrining chastotaviy komponentlari bo‘yicha hisoblashdir. Bosim fluktuatsiyasini hisoblash maxsus oqimni o‘lchash o‘zgartkichi bilan amalga oshiriladi (4.20– rasm).

4.20 –rasm. Oqim o‘lchash o‘zgartkichi
O‘lchash o‘zgartkichining asosiy elementlari maxsus 1 konstruksiyali toraytiruvchi qurilma ko‘rinishidagi oqim shakllantirgich va bosim fluktuatsiyasi datchigi hisoblanadi. Toraytiruvchi qurilma quyidagilarga imkon beradi:
 qurilmaning chiqishida fazalar sarfi o‘zgarishlarining keng oraliqlarida ma’lum muntazam tuzilma oqimini shakllantirish;
 gidrodinamik tizimda quvvatning chastotaviy spektrining berilgan axborot xossalariga ega fluktuasiya jarayonini uyg‘otish.

Fluktuatsiya jarayonini qayd etish pezokeramik sezgir elementli datchik orqali amalga oshiriladi. Ishlangan o‘lchash o‘zgartkichidan foydalanilganda datchikning chiquvchi elektr signali o‘ziga xos chastotaviy spektrga ega bo‘lib (4.21–rasm), unda turli fazalar sarfining ta’sir sohalari ajratilishi mumkin.



Download 388.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling