Mavzu: qazuvchi tashuvchi mashinalar unumdorligini hisoblash
Download 43.13 Kb.
|
6-Amaliy mashgulot 79bf830910060688cfa1d8b3196b10fa
MAVZU: QAZUVCHI TASHUVCHI MASHINALAR UNUMDORLIGINI HISOBLASH Reja:
Skreper haqida umumiy malumot. Skreperning unumdorligini hisooblash. Xulosa. Konchilik sanoatining boshqa tarmoqlarida esa skreperli yetkazish hamon muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda, chunki uni turli xil qazib olish tizimlarida qo’llash mumkin. Yer osti kon ishlari sharoitida kanatli skreperlar qo’llaniladi, bunda yuk ko’taruvchi kanatlar yordamida lebyodkalar yordamida yuk ko’chiriladi. Skreperlash sxemasi va skreper uskunalarini qayta joylashtirish turli xil bo’lishi mumkin. Bu ish sharoitiga bog’liq bo’ladi. Lekin skreper uskunalarining asosiy qismlari barcha sxemalarda ham o’zgarmasdan qoladi. Skreper uskunasining sxemasi 15.3 rasmda skreper uskunasining sxemasi keltirilgan. Skreper uskunasining asosiy qismlari skreper 1, skreper lebyodkasi 2, bosh va oxirgi kanatlar 3, blok 4 va skreperli bo’shatish polkalari 5 lardan iborat. Turli xil sharoitlarda skreperli yetkazishni ishlash sxemasi ikkita asosiy guruhga bo’linishi mumkin. Birinchi guruhga birmuncha oddiyroq sxemalar kiradi. Bunda skreper harakati bir to’g’ri chiziq yo’nalishida olib boriladi. Bunday sharoitlarda ikki barabanli skreper lebyodkalari qo’llaniladi. Bundan murakkabroq sxema skreperlash burchak ostida olib borilishidir. Avval qo’llanilgan burilishli skreperlash bugungi kunda o’z ahamiyatini yo’qotgan. Bunga o’xshash hollarda uch barabanli lebyodkalar qo’llanilishini hisobga olish kerak. Ma’lum bir burchak ostida harakatlanayotgan skreper boshqaruvchisi yo’lni har doim ham ko’rmaganligi tufayli uni boshqarish katta qiyinchilik tug’diradi. Bunday holda skreper lebyodkasi masofadan boshqariladi. Kon-ruda sanoatida kuda keng tarqalgan. Skreperli yetkazib berishning afzalliklari: yuklash va yetkazib berishjarayonlarining uyg’unligi, uskunaning unchalik qimmat emasligi, uning mustahkamligi va uni ta’mirlashga ketadigan xarajatlarning kamligi, ishlarda qo’llaniladigan uskunaning ishonchliligi, qo’llanilish doirasining kengligi, murakkab sharoitdagi ishlarga oson moslashuvchanligiskreper yo’llariga materialni qo’porib tushiish imkoniyatining mavjudligi, faqatgina foydali qazilmani yetkazish uchungina emas, to’ldiruvchi materialni uzatish uchun xizmat qila olishi. Uch barabanli skreper lebyodkasini masofadan boshqarish sxemasi: 1 – skreper lebyodkasini boshqarish punkti; 2 – og’uvchi blok; 3 – kabel Skreperli yetkazib berishning kamchiliklari: uzlukli ishlashi va buning natijasida skreperlash masofasining ortishi bilan unumdorlikning kamayib ketishi, skreperlash jarayonida materialning maydalanib ketishi, skreperlash yo’lining yetarli darajada mustahkam bo’lmaganligi tufayli materialning ifloslanishi va uni pastdagi tog’ jinslari bilan aralashib ketishi mumkinligi, kanatning tez yeyilib ketishi, energiyaning ko’p sarflanishi va konveyerli yetkazib berishga nisbatan samaradorligining pastligi. Skreper – qazuvchi tashuvchi mashina bo’lib, tog’ jinsini massivdan qatlam qilib qo’porish, qamrab olish, tashish, qazilgan tog’ jinsini qatlam qilib bo’shatish mashinasidir. Skreperning texnik unumdorligi Qтех (m3/s) quyidagi formula orqali aniqlanadi. , m3/s bu yerda: Е –cho’michning geometrik hajmi, m3; Кt va Кm – tog’ jinsini cho’michda to’lalik va qo’shimcha maydalanish koeffitsienti (Кt=0,6-1,25) ; Тs – sikl davomiyligi, s. , s bu yerda: l1, l2, l3, l4 – skreper yo’lini uzunligi mos ravshda cho’mich to’lish masofasi, tashish masofasi, tukish va yuksiz qaytish masofasi, m; v1, v2, v3, v4 – skreper harakatining o’rtacha tezligi mos ravshda cho’mich to’lish vaqtidagi, yukli, tukish, yuksiz qaytish vaqtidagi tezliklaridir, km/s; tр и tм – mos ravshda skreperning manyovr va burilishga ketgan vaqt sarfi. Skreper cho’michi to’lish masofasi. , m bu yerda: КП=1,2-1,5 – yon valiklardan tog’ jinsini yo’qotilish koeffitsienti; В – cho’mich eni, m; tс – qrindini o’rtacha qalinligi, m. Skreper cho’michi to’lishi elevator tezligi vц, (m/s). bilan bog’liq va u quyidagi formula orqali aniqlanadi. , s bu yerda: Bc va hc – mos ravshda kurak eni va balandligi, m; φс=0,8-0,9 – kuraklararo masofani to’ldirish koeffitsenti; Кс=0,5-0,75 – elevator qiyalik burchagini hisobga oluvchi koeffitsent; Xulosa. Men bu mavzuni o’rganish davomida skreper haqida umumiy malumotlarga ega budim va uning ish unumdorligini hisoblashni o’rgandim. Skreper uskunalarining ishlash prinsipi quyidagidan tashkil topadi: bunda massivdan ajratib olingan kon massasi yetkazib berish yo’nalishi bo’yicha skreperlarda ko’chiriladi. Orqaga qaytishda skreper material ustidan bo’sh o’tadi va yana kelgusi ishchi harakatida yuklangan holatda bo’ladi. oxirgi yillardagi rivojlanish ko’mir sanoatida ishlatilayotgan skreperlarning o’rnini boshqa uzluksiz ishlovchi transport turlari egallab bormoqda. Download 43.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling