2019 yil avgustida ATB "Qishloq qurilish bank" o‘zining 25 yilligini nishonladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 20 iyundagi qaroriga asosan, 1994 yil 2 avgustdan "Fallabank" faoliyat yurita boshladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 30 martdagi qarori asosida "G‘allabank" negizida "Qishloq qurilish bank" tashkil etildi. Mazkur sanalar bank faoliyatida yorqin iz qoldirgan tarixiy voqelik hisoblanadi.Noyabr oyida bank tomonidan yuridik shaxslar uchun mo ljallangan 59,1 mlrd. so mlik depozit sertifikatlari muomalaga chiqarildi, Shu oyda bankning Galaosiyo filiali yangi ma muriy binoda ish boshladi. Dekabrda bankning Qo‘qon filiali yangi ma muriy binoda ish boshladi. 2019 yil 13 dekabr kuni Olmaota shahrida UnionPay International xalqaro to‘lov tizimi tomonidan o‘tkazilgan "O‘rta Osiyo mintaqasi a zo mamlakatlari yillik hisoboti" tadbirida "Qishloq qurilish bank" "Yil kashfiyoti - 2019" mukofoti bilan taqdirlandi!Shu oyda "Qishloq qurilish bank"ning Humo terminallari orqali "VISA" xalqaro to‘lov kartochkalaridan ham to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati yaratildi. - 2020-yil. 2019 yil 14 yanvar kuni Berlinda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Germaniya biznes forumi doirasida “Qishloq qurilish bank” va KfW IPEX-Bank (Germaniya) o‘rtasida 50 mln. yevro miqdorida shartnoma imzolandi.2019 yilning mart oyida "Qishloq qurilish bank" unikal loyihani amalga oshirdi: UnionPay International va UzCard to‘lov tizimlari bilan hamkorlikda kontaktsiz kobeydj kartalarni milliy miqyosda muomalaga chiqardi.Iyul oyida xorijiy valyutadagi amaliyotlarning tezkorligini ta minlash maqsadida ATB “Qishloq qurilish bank” xo‘jalik yurituvchi sub yektlarning xorijiy valyuta oldi-sotdisi bo‘yicha buyurtmanomalarining onlayn rejimida bajarilishini yo‘lga qo‘ydi.iyulda “Fitch Ratings” reyting agentligi ATB “Qishloq qurilish bank” faoliyati uchun global reyting shkalasi bo‘yicha berilgan reyting bahosini tasdiqladi: Emitent defoltining milliy valyutadagi uzoq muddatli reytingi – BB; Emitent defoltining milliy valyutadagi qisqa muddatli reytingi – B; Emitent defoltining uzoq muddatli reytingi – BB; Emitent defoltining qisqa muddatli reytingi – B; Reytinglar istiqboli - «Barqaror».2019 yil avgustida ATB "Qishloq qurilish bank" o‘zining 25 yilligini nishonladi.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 20 iyundagi qaroriga asosan, 1994 yil 2 avgustdan "Fallabank" faoliyat yurita boshladi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 30 martdagi qarori asosida "G‘allabank" negizida "Qishloq qurilish bank" tashkil etildi. Mazkur sanalar bank faoliyatida yorqin iz qoldirgan tarixiy voqelik hisoblanadi.Noyabr oyida bank tomonidan yuridik shaxslar uchun mo ljallangan 59,1 mlrd. so mlik depozit sertifikatlari muomalaga chiqarildi,Shu oyda bankning Galaosiyo filiali yangi ma muriy binoda ish boshladi.Dekabrda bankning Qo‘qon filiali yangi ma muriy binoda ish boshladi.2019 yil 13 dekabr kuni Olmaota shahrida UnionPay International xalqaro to‘lov tizimi tomonidan o‘tkazilgan "O‘rta Osiyo mintaqasi a zo mamlakatlari yillik hisoboti" tadbirida "Qishloq qurilish bank" "Yil kashfiyoti - 2019" mukofoti bilan taqdirlandi!Shu oyda "Qishloq qurilish bank"ning Humo terminallari orqali "VISA" xalqaro to‘lov kartochkalaridan ham to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati yaratildi.
- 2021-yil. 2021 yil aprel oyida ATB “Qishloq qurilish bank”da «Islom darchasi» joriy etildi.Shu bilan birga shu oyda, ATB “Qishloq qurilish bank” va «Alfa bank» AJ bilan valillik kelishuvi imzolandi.Iyun oyida bank tomonidan tadbirkorlar uchun NFC funktsiyasi mavjud android platformasida ishlovchi mobil telefondan toʼlaqonli "HUMO" terminali sifatida foydalanish imkoniyati yaratildi. Yangi “SoftPOS" xizmati bilan tadbirkorlar smartfon orqali toʼgʼridan-toʼgʼri HUMO toʼlov tizim kartalaridan toʼlovlarni istalgan vaqtda istalgancha qabul qilishlari mumkin.Shu bilan birga shu oyda ATB “Qishloq qurilish bank” tizimida “Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha antikorripsiya ishonch liniyasi” maxsus xizmati tashkil etildi.Iyul oyida esa bank tomonidan “Olamshumul” aksiyasi o‘tkazildi va mazkur aksiya g’olibiga Gentra avtomobili sovg’a qilindi.Noyabr oyida ATB “Qishloq qurilish bank” delegatsiyasi Birlashgan Arab Amirligiga qilgan safari davomida mazkur mamlakatning yirik banklaridan biri – “MASHREQ” banki rahbariyati bilan uchrashdi. Uchrashuvda o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatish va hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari haqida fikr almashildi.Shu oyda, ATB “Qishloq qurilish bank” vakillari Birlashgan Arab Amirligiga qilgan safari davomida “Dubay Ekspo-2020” xalqaro ko‘rgazmasi bilan ham tanishdi.Dekabr oyida, Bank boshqaruvining o’rinbosarlari tayillandi. Unga ko‘ra Gafurov Farhod Mamarasulovich ATB “Qishloq qurilish bank” Boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari, Kozim Ismoiliy ATB “Qishloq qurilish bank” Boshqaruvi raisi o‘rinbosari etib tayinlandi. Shu oyda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazida ma’naviy-ma’rifiy sohadagi “Eng namunali tuman va shahar” hamda “Eng namunali vazirlik va idora” tanlovi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda ATB “Qishloq qurilish bank” “Eng namunali vazirlik va idora” tanlovi bo‘yicha 3-o‘ringa loyiq ko‘rildi.
- 2022-yil. 2022 yil fevral oyida ATB “Qishloq qurilish bank”ning yangi protesessing markazini ishga tushirdi.Iyun oyida ATB “Qishloq qurilish bank” xalqaro ISO 9001:2015 sertifikatini qayta qo‘lga kiritdi. Iyulda bank xodimi 195 million so'mlik sertifikat bilan taqdirlandi.Shu bilan birga, iyul oyida “Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi ATB “Qishloq qurilish bank” emitentining uzoq muddatli defolt reytingini “barqaror” “BB-” darajasi bilan tasdiqladi.Shuningdek, agentlik xulosalariga ko’ra:Emitent defoltining qisqa muddatli reytingi – “B”;Milliy valyutadagi emitent defoltining uzoq muddatli reytingi – “B-”;Milliy valyutadagi emitent defoltining qisqa muddatli reytingi – “BB-”;Barqarorlik reytingi esa “b” bilan baholandi.Shu bilan birga, “Fitch Ratings”ning yangilangan hukumat ko’magi reyitngida (HKR) ATB “Qishloq qurilish bank” uchun “bb-” darajasini tasdiqladi. Sentyabr oyida “Moodyʻs” agentligi ATB “Qishloq qurilish bank” uchun quyidagi reyting koʻrsatkichlarini eʼlon qildi:Kreditga layoqatlilikning bazaviy bahosi – b2Kreditga layoqatlilikning tuzatilgan bazaviy bahosi - b2Uzoq muddatli milliy va xorijiy valyutadagi bank depozitlari reytingi – B1/NPBarcha reytinglar prognozi - “Barqaror”2022 yil oktabrida ATB “Qishloq qurilish bank” va “Аvesta Investment Group” oʻrtasida anderrayterlik xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha shartnoma imzolandi. Endilikda shartnoma doirasida bankning qoʻshimcha aksiyalarini (FPO) mahalliy fond birjasi orqali investorlarga birlamchi ommaviy joylashtirish ishlari amalga oshiriladi.2022-yil 1-noyabr kuni OʻzRVB savdo platformasida ilk bor ATB “Qishloq qurilish banki” tomonidan ekspiratsiya muddati joriy yilning noyabr oyida belgilangan valyutaviy fyuchers shartnomalari bilan bitimlar tuzildi. Bazaviy aktivi AQSH dollarining soʻmga nisbatan kursi boʻlgan fyuchers shartnomalari bilan savdolar ilgʻor xorijiy tajriba va zamonaviy xalqaro standartlar asosida OʻzRVB tomonidan ishlab chiqilgan (in-house) yangi elektron savdo platformasida tashkil etildi.
- 2023 yil 24 yanvar kuni “Moodyʻs” agentligi ATB “Qishloq qurilish bank” kredit reytingini “B1” da “Ba3”ga oshirdi. Reyting prognozi - “Barqaror”. Kontragentning uzoq muddatli risk reytingi (chet el valyutasida) “B1” dan “Ba3”ga oshirildi. Kontragentning uzoq muddatli risk reytingi (milliy valyutada) “B1” dan “Ba3”ga oshirildi. Kontragent riskni baholash “B1(cr) ”dan “Ba3(lektron savdo platformasida tashkil etildi.
- Bankning vazifalari
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 30 martdagi PQ-1083-sonli "Qishloq qurilish bank" aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to‘g‘risidagi qarori bilan bankning vazifalari etib quyidagilar belgilangan:
- - uy-joy-kommunal, ijtimoiy soha va qishloq aholi punktlarini obodonlashtirish borasidagi ehtiyojlarni amalga oshirishda aholi hamda yuridik shaxslarga kredit berish va bank xizmati ko‘rsatish;
- - qishloq joylarda tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo‘yicha uy-joylar, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarini qurish hamda ta’mirlashni amalga oshiradigan ixtisoslashtirilgan pudrat tashkilotlarga kredit berish va lizing xizmatlarini ko‘rsatish;
- - yangi, zamonaviy qurilish materiallari va konstruksiyalari ishlab chiqaradigan, tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo‘yicha qishloqda ob’ektlar qurishning industrial va yig‘ma texnologiyalarini joriy etadigan barcha mulkchilik shaklidagi korxonalarga kredit berish va kompleks tarzda bank xizmatlarini ko‘rsatish;
- - qishloq qiyofasini sifatli yaxshilashni, qishloq joylarda muhandislik hamda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va takomillashtirishni, jumladan, yo‘llar, energiya va suv ta’minoti tizimlari, qishloq vrachlik punktlari, maktablar, bolalar sporti ob’ektlarini rekonstruksiya qilish, qishloq aholi punktlarini transport kommunikatsiyalari, ichimlik suvi, xizmat ko‘rsatish va servis sohasi ob’ektlari, telekommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlashni nazarda tutgan holda investitsiya faoliyatini olib borish, shuningdek loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishni moliyalashtirish;
- - universal tijorat banki sifatida yuridik va jismoniy shaxslarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibdagi boshqa kompleks bank xizmatlarini ko‘rsatish.
- Bank tarkibiy bo’linmalari ro’yxati
- Aksiyadorlik tijorat banki "Qishloq qurilish bank" Markazi boshqaruvi nazorat bo'limi, boshqarmalari
Do'stlaringiz bilan baham: |