Mavzu: Qishloq xo`jaligida islohatlarning mohiyati va asosiy yo`nalishlari
Download 244 Kb.
|
Qishloq xo`jaligida islohatlarning mohiyati va asosiy yo`nalishlari (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- III. Xulosa IV. Foydalanilgan adabiyotlar Kirish
Mavzu: Qishloq xo`jaligida islohatlarning mohiyati va asosiy yo`nalishlariReja: I. Kirish II. Asosiy qism 2.1. Qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning ustuvor yo‘nalishlari 2.2. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini modernizatsiyalash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar 2.3. Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari III. Xulosa IV. Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Mustaqillik yillarida Prezidentimiz tashabbusi va bevosita rahnamoligida qishloq xo‘jaligini isloh qilish bo‘yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirildi. Ishlab chiqarishga fan-texnika yutuqlarini, yangi texnika va ilg‘or texnologiyalarni joriy etish ishlari yildan-yilga jadallashmoqda. Cheklangan yer va suv resurslaridan, kapital va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligi yuksalmoqda. Agar 2021 yilda iste’mol uchun zarur bo‘lgan g‘allaning 82 foizi chetdan keltirilgan bo‘lsa, hozirgi vaqtda yurtimiz ishlab chiqarishni rivojlantirish, hisobidan aholining g‘allaga bo‘lgan ehtiyoji to‘liq ta’minlanishiga g‘alla maydonlarini kengaytirish va hosildorligini oshirish natijasida boshoqli don yetishtirish hajmi 2018 yilgi 2038,2 ming tonnadan 2021 yilda yetti yarim miliion tonnadan ziyod yetkazish natijasida erishildi. Mustaqillik yillari mobaynida qishloq xo‘jaligi sohasida bozor munosabatlarini joriy etish va xususiy mulkchilik shaklini rivojlantirishga yo‘naltirilgan iqtisodiy islohotlar bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirildi. Fermerlikni rivojlantirish, fermer xo‘jaliklarining iqtisodiy va moliyaviy mustaqilligi uchun mustahkam huquqiy asoslar va kafolatlarni yaratib beruvchi Yer kodeksi, “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonun hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Fermer xo‘jaliklarining yer, suv va moddiy-texnika resurslaridan oqilona foydalanish hisobiga ishlab chiqarish hajmi muttasil oshib borishi, fermer xo‘jaliklari samaradorligi va rentabelligi o‘sishini ta’minlash imkonini beradigan moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularning yer maydonlarini maqbullashtirish borasidagi kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Qishloqda fermer xo‘jaliklariga barcha zarur xizmatlarni ko‘rsatayotgan zamonaviy ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasi shakllantirilmoqda. Qishloq xo‘jaligi yerlarining uzoq muddatli ijara mulki qilib berilishi va qishloqda bozor munosabatlarining joriy qilinishi fermer xo‘jaliklarini shakllantirish hamda rivojlantirishning eng muhim omili va asosi bo‘ldi. Buning natijasida yerga va ishlab chiqarilayotgan mahsulotga haqiqiy egalik tuyg‘usi mustahkamlandi. Mamlakatda fermerlik harakati qishloq xo‘jalik mahsulotlarining asosiy ishlab chiqaruvchisiga hamda agrar soha va u bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa tarmoqlar, ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish, shuningdek, aholining turmush darajasi va sifatini oshirish uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir bo‘lgan qudratli ijtimoiy-siyosiy kuchga aylanib bormoqda. Shu o‘rinda, dastlab fermerlik harakatini tashkil etish va boshqarish tizimida amal qilgan Fermer xo‘jaliklari uyushmasi va uning hududiy tuzilmalari qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini isloh qilish va uning mahsuldorligini oshirish jarayoniga hamda fermerlik oldida turgan vazifalarni tezkorlik bilan hal qilishda sust faoliyat olib borganligini qayd etish o‘rinli. Shu sababli, 2022 yil 22 oktabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4478 sonli Farmoni bilan O‘zbekiston Fermerlari kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va tumanlarning fermerlar kengashlari tashkil etildi. Mamlakatimiz agrar tarmog‘ida amalga oshirilayotgan tub iqtisodiy islohotlar va tarkibiy o‘zgarishlar natijasida qishloq xo‘jaligining asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlari barqaror o‘sib bormoqda. Download 244 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling