Mavzu: Qishloq xo`jaligida islohatlarning mohiyati va asosiy yo`nalishlari


-расм. O‘zbekistonda asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligining o‘zgarish dinamikasi (sentner hisobida)


Download 244 Kb.
bet3/9
Sana19.06.2023
Hajmi244 Kb.
#1604301
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Qishloq xo`jaligida islohatlarning mohiyati va asosiy yo`nalishlari (2)

2-расм. O‘zbekistonda asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligining o‘zgarish dinamikasi (sentner hisobida).

Keltirilgan 2-rasmdan ko‘rinib turibdiki, o‘tgan 20 yildan ortiq davr mobaynida asosiy turdagi ekinlarning hosildorligi muntazam o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lgan. Xususan, 2019 yilda 2021 yilga nisbatan paxta hosildorligi gektariga 25,3 sentnerdan 26,4 sentnerga yoki 104,3 %ga, donli ekinlar hosildorligi 20,2 sentnerdan 47,3 sentnerga yoki 234,1 %ga, kartoshka hosildorligi 80 sentnerdan 212,7 sentnerga yoki 265,8 %ga, sabzavot hosildorligi 192,0 sentnerdan 322,3 sentnerga yoki 167,8 %ga va poliz hosildorligi 20,4 sentnerdan 50,2 sentnerga yoki 246,0 %ga oshgan.


Mamlakatimizda oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishning barqarorligi hisobidan aholining asosiy iste’mol mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoji deyarli yuz foiz o‘z ishlab chiqarishimiz hisobidan ta’minlanmoqda. 2019 yil yakunlariga ko‘ra 2052,6 ming tonna meva va rezavorlar, 1204,6 ming tonna uzum, 1418,4 ming tonna poliz ekinlari, 2056,1 ming tonna kartoshka, 7766,5 ming tonna sabzavotlar, 7515,2 ming tonna donli va dukkakli ekinlar yetishtirildi. Mustaqillik yillarida agrar sohada bosqichma-bosqich olib borilgan izchil islohotlar tufayli respublikamizda asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish miqdori barqaror o‘sib bordi. Jumladan, 2019 yilda go‘sht mahsulotlari 1672,9 ming tonna, sut mahsulotlari 7310 ming tonna, tuxum esa 3873,7 mln.dona yetishtirildi.
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilda mamlakatimiz aholisi iste’moli uchun zarur bo‘lgan g‘allaning 82 foizi, go‘sht mahsulotlarining 50 foizi, sut va sut mahsulotlarining 60 foizga yaqini, kartoshkaning 50 foizi, shakar va quruq sutning barchasi chetdan keltirilgan. Hozirda mamlakatimizda oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishning barqarorligi hisobiga aholining asosiy iste’mol mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoji deyarli to‘liq o‘z ishlab chiqarishimiz hisobidan ta’minlanmoqda. Jumladan, agar 1991 yilda aholi jon boshiga hisoblaganda me’yorga nisbatan yetishtirilgan mahsulot hajmi mevada 42,6 % ni, uzumda 93,8 %ni, kartoshkada 29,8 %ni tashkil etgan bo‘lsa, 2019 yilga kelib bu ko‘rsatkich mevada 119,7 %ni, uzumda 156,3 %ni, sabzavotda 229,2 % ni, kartoshkada 135,4 %ni va polizda 245,1 %ni tashkil etdi. 2019 yilda 1991 yilga nisbatan meva ishlab chiqarish hajmi 281,2 %ga, uzum 166,7 % ga, sabzavot 186,9 %ga va kartoshka 453,6 %ga oshganligi bu borada salmoqli ishlar amalga oshirilganini tasdiqlaydi (1-jadval).

Download 244 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling