Qisqacha xulosalar
suvga nisbatan davlat mulkchiligi saqlangan holda ulardan yil davomida
to’liq va samarali foydalanish huquqi jismoniy hamda yuridik shaxslarga uzoq
muddatga hamda umrbod byerilmoqda.
Ulardan to’liq va samarali foydalanganlik darajasini
va samaradorligini
ma’lum bir ko’rsatkichlar tizimi yordamida tahlil etish lozim.
Respublikada davlat rahbarligida amalga oshirilayotgan tadbirlar natijasida
suvdan foydalanish darajasi hamda samaradorligi 2000-2009-yillarda ma’lum
darajada oshgan, lekin keyingi yillarida,
suvlardan foydalanishning
samaradorligi talab darajasida emas. Sababi – yerlarning irrigatsiya holati
yomonlashayotganligi, ilmiy va amaliy jihatdan asoslangan
almashlab ekish
to’liq joriy etilmayotganligi, sug’orish inshootlarining
ishga yaroqlilik holati
pasayishi, yer va suvlardan samarali foydalanganlik uchun rag’batlantirishning
sustligidir.
Kelajakda suv resurslaridan foydalanish darajasini hamda iqtisodiy
samaradorligini oshirish
uchun tuproq unumdorligini, suvning sifatini
yaxshilashga qaratilgan barcha tadbirlar (2008-2009yillarda sug’oriladigan
yerlarning meliorativ holatini yahshilash davlat dasturi) o’z vaqtida,
sifatli
bajarilishini ta’minlash zarur.
Mamlakat miqyosida suv monitoringi talab darajasida amalga oshirilishini
ta’minlash kyerak.