Mavzu: Qishloq xo’jaligini kreditlash amaliyoti tahlili
Download 168.18 Kb.
|
Qishloq xo'jaligini kreditlash amaliyoti tahlili
Mavzu: Qishloq xo’jaligini kreditlash amaliyoti tahlili Agrar sohadagi islohotlarni amalga oshirishda ishlatiladigan moliyaviy manbalar nafaqat respublikamizda balki dunyoning ko`pchilik mamlakatlarida dolzarb muammolardan biri bo`lib qolmoqda. Qishloq xo`jaligi tuzilmalarini moliyalashtirish manbalari bir qator taniqli iqtisodchi olimlar tomonidan tadqiq qilingan. Masalan, mazkur masala Jan Matuk, Y. Kornai, R. Dornbush, K. Makkonnell kabi taniqli iqtisodchi olimlarning malakaviyizlanishlarida o`z ifodasini topgan13. Ushbu olimlarning malakaviy izlanishlarini o`rganish asosida qishloq xo`jaligini moliyalashtirishning quyidagi manbalari mavjudligini e`tirof etish mumkin: 1. Qishloq xo`jaligi korxonalarining o`z mablag`lari 2. Tijorat banklarining kreditlari 3. Davlat budjetidan beriladigan subsidiyalar 4. Xalqaro moliya-kredit tashkilotlarining qimmatli qog`ozlarini sotishdan olingan mablag`lar 5. Qishloq xo`jalik korxonalarining qimmatli qog`ozlarini sotishdan olingan mablag`lar. Qishloq xo`jalik tuzilmalarining ishlab chiqarish jarayonida quyidagi xarajatlar uchun mablag`lar zarur bo`ladi: 1. Yerdan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida irrigatsiya va melioratsiya holatini yaxshilash xarajatlari 2. Ekin maydonlariga texnik ishlov berish uchun (haydash, kultivatsiya va boshqa) xarajatlar 3. Ekin ekish uchun urug`lik yoki ko`chat olish xarajatlari 4. Xo`jalik faoliyati uchun zarur bo`lgan asosiy vositalarni (bino, inshoot, texnika va qurilmalar) saqlash xarajatlari 5. Mineral o`g`it uchun xarajatlar 6. Xo`jalik ishchi va hodimlarining ish haqi xarajatlari Bu sanab o`tilgan xarajatlari moliyaviy mablag`lar hisobiga amalga oshirilishi mumkin. Umumiy ko`rinishda qishloq xo`jalik korxonalari uchun zarur mablag`lar manbalarini 2 turkumga bo`lib o`rganish mumkin: 1. Xo`jaliklarning o`z mablag`lari 2. Jalb qilingan mablag`lar Hozirgi davrda qishloq xo`jaligi korxonlari faoliyatini moliyalashtirish uchun jalb qilingan mablag`larni quyidagicha guruhlashtirish mumkin: 1. Bank mablag`lari 2. Har xil budjetdan tashqari fondlar mablag`lari (masalan, bandlik jamg`armasi) 3. Fond bozori mablag`lari Qishloq xo`jaligi korxonalari jalb qilishi mumkin bo`lgan asosiy manba bank mablag`lari hisoblanadi. Ular banklardan uzoq va qisqa muddatli kreditlash, shu jumladan, lizing va faktoring operatsiyalari orqali mablag`larni jalb qila oladi. Buni bajarish uchun bank tizimidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish, bank faoliyatini umumiqtisodiyot kompleksiga kiruvchi vazirliklar va idoralar faoliyati bilan keng ko`lamda muvofiqlashtirishni talab etmoqda.Bunga erishish maqsadida Markaziy Bank, Moliya Vazirligi va tijorat banklari bilan birgalikda banklarning kapital bazasini mustahkamlash, qishloq joylarda xususiy banklar va minibanklar sonini ko`paytirish chora-tadbirlari ko`rildi. Tijorat banklari tomonidan qishloq xo’jaligi korxonalarini kreditlash ular faoliyatini moliyalashtirishning eng muhim manbalardan biri hisoblanadi. U qishloq xo’jaligi korxonasi va kredit tashkiloti o’rtasida tegishli shartnomaviy munosabatlarni shakllantirish orqali o’rnatiladigan moliyaviy munosabatdir. Bu munosabatlarning markaziy bo’g’ini kredit shartnomasi bo’lib, u ssudaning ta’minlanganligi, kreditlar o’z vaqtida foizi bilan qaytarilishining huquqiy asoslarini ta’minlaydi. Download 168.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling