Mavzu: Qishloq xo’jaligini kreditlash amaliyoti tahlili


Dastlabki sarmoyani shakllantirishga mikrokreditlar olish uchun mijoz tijorat bankiga quyidagi hujjatlarni taqdim qilishi lozim


Download 168.18 Kb.
bet3/6
Sana08.01.2022
Hajmi168.18 Kb.
#236290
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Qishloq xo'jaligini kreditlash amaliyoti tahlili

Dastlabki sarmoyani shakllantirishga mikrokreditlar olish uchun mijoz tijorat bankiga quyidagi hujjatlarni taqdim qilishi lozim:

- qarzdor tomonidan imzolangan va kredit berilishidan oldingi sana qo’yilgan, kreditdan foydalanish maqsadlari bayon etilgan va kredit ta‘minlangan holda garov mavzusi ko’rsatilgan ariza;


- imtiyozli kreditning butun muddati uchun pul oqimlari prognozi
majburiy tartibda ko’rsatilgan biznes-reja;
- qarz oluvchi (yuridik shaxslar uchun) ro’yxatga olingan joydagi
davlat soliq inspektsiyasining balans qabul qilinganligi to’g’risidagi yozuv mavjud bo’lgan oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi,
debitorlik va kreditorlik qarzlar to’g’risidagi ma‘lumotnoma,
shuningdek, 90 kundan ortiq muddatdagi qarzdorlik bo’yicha taqqoslash dalolatnomalari.a

Mamlakatda va qishloq joylarda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida 2020 yilning o‘tgan davri davomida 150 mingdan ortiq loyihaga jami 4,4 trln. so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari ajratildi.


Dasturlar doirasida ajratilgan kreditlarning 1 trln. 964 mlrd. so‘mi (44%) yuridik shaxslar va YATTlarga, 2 trln. 470 mlrd. so‘mi (56%) o‘zini o‘zi band qiluvchi jismoniy shaxslarga ajratilgan. Bunda asosiy e’tibor aholini qo‘shimcha daromad manbalariga ega bo‘lishiga hamda kafolatlangan yangi ish o‘rinlarini yaratishni nazarda tutuvchi tadbirkorlik sub’ektlarini loyihalarini moliyalashtirishga qaratildi.
Ushbu kreditlarning 78% (3,5 trln. so‘mi) “Har bir oila tadbirkor” dasturi, 22% (980,0 mlrd. so‘mi) boshqa dasturlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Qishloq xo‘jaligi korxonalarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta va g‘alla yetishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi to‘g‘risidagi nizom (O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 14-aprelda 1675-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi)

Tijorat banklari tomonidan ushbu kreditlar qishloq xo‘jaligi korxonalariga muddatlilik, to‘lovlilik, ta’minlanganlik hamda maqsadli foydalanish shartlarida davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan g‘alla va paxta xomashyosi yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish maqsadlarida beriladi.

Kreditlash davlat ehtiyojlari uchun g‘alla va paxta yetishtiruvchi barcha qishloq xo‘jaligi korxonalariga tatbiq etiladi.

Kreditlar davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta xomashyosi va g‘alla qiymatining 60 foizigacha (tayyorlov korxonasi tomonidan bo‘nak tariqasida yetkazib berilgan urug‘lik qiymatini inobatga olgan xolda) miqdorida beriladi.


Download 168.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling