Mavzu: Qishloq xo’jaligini kreditlash amaliyoti tahlili


Download 168.18 Kb.
bet1/6
Sana08.01.2022
Hajmi168.18 Kb.
#236290
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Qishloq xo'jaligini kreditlash amaliyoti tahlili


Mavzu: Qishloq xo’jaligini kreditlash amaliyoti tahlili

Agrar sohadagi islohotlarni amalga oshirishda ishlatiladigan moliyaviy


manbalar nafaqat respublikamizda balki dunyoning ko`pchilik mamlakatlarida
dolzarb muammolardan biri bo`lib qolmoqda. Qishloq xo`jaligi tuzilmalarini
moliyalashtirish manbalari bir qator taniqli iqtisodchi olimlar tomonidan tadqiq
qilingan. Masalan, mazkur masala Jan Matuk, Y. Kornai, R. Dornbush, K.
Makkonnell kabi taniqli iqtisodchi olimlarning malakaviyizlanishlarida o`z
ifodasini topgan13. Ushbu olimlarning malakaviy izlanishlarini o`rganish asosida
qishloq xo`jaligini moliyalashtirishning quyidagi manbalari mavjudligini e`tirof
etish mumkin:
1. Qishloq xo`jaligi korxonalarining o`z mablag`lari
2. Tijorat banklarining kreditlari
3. Davlat budjetidan beriladigan subsidiyalar
4. Xalqaro moliya-kredit tashkilotlarining qimmatli qog`ozlarini sotishdan
olingan mablag`lar
5. Qishloq xo`jalik korxonalarining qimmatli qog`ozlarini sotishdan
olingan mablag`lar.
Qishloq xo`jalik tuzilmalarining ishlab chiqarish jarayonida quyidagi
xarajatlar uchun mablag`lar zarur bo`ladi:
1. Yerdan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida irrigatsiya va
melioratsiya holatini yaxshilash xarajatlari
2. Ekin maydonlariga texnik ishlov berish uchun (haydash, kultivatsiya va
boshqa) xarajatlar
3. Ekin ekish uchun urug`lik yoki ko`chat olish xarajatlari
4. Xo`jalik faoliyati uchun zarur bo`lgan asosiy vositalarni (bino, inshoot,
texnika va qurilmalar) saqlash xarajatlari

5. Mineral o`g`it uchun xarajatlar


6. Xo`jalik ishchi va hodimlarining ish haqi xarajatlari
Bu sanab o`tilgan xarajatlari moliyaviy mablag`lar hisobiga amalga
oshirilishi mumkin.
Umumiy ko`rinishda qishloq xo`jalik korxonalari uchun zarur mablag`lar
manbalarini 2 turkumga bo`lib o`rganish mumkin:
1. Xo`jaliklarning o`z mablag`lari
2. Jalb qilingan mablag`lar
Hozirgi davrda qishloq xo`jaligi korxonlari faoliyatini moliyalashtirish
uchun jalb qilingan mablag`larni quyidagicha guruhlashtirish mumkin:
1. Bank mablag`lari
2. Har xil budjetdan tashqari fondlar mablag`lari (masalan, bandlik
jamg`armasi)
3. Fond bozori mablag`lari
Qishloq xo`jaligi korxonalari jalb qilishi mumkin bo`lgan asosiy manba
bank mablag`lari hisoblanadi. Ular banklardan uzoq va qisqa muddatli
kreditlash, shu jumladan, lizing va faktoring operatsiyalari orqali mablag`larni
jalb qila oladi.
Buni bajarish uchun bank tizimidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish,
bank faoliyatini umumiqtisodiyot kompleksiga kiruvchi vazirliklar va idoralar
faoliyati bilan keng ko`lamda muvofiqlashtirishni talab etmoqda.Bunga erishish
maqsadida Markaziy Bank, Moliya Vazirligi va tijorat banklari bilan birgalikda
banklarning kapital bazasini mustahkamlash, qishloq joylarda xususiy banklar
va minibanklar sonini ko`paytirish chora-tadbirlari ko`rildi.

Tijorat banklari tomonidan qishloq xo’jaligi korxonalarini kreditlash ular faoliyatini moliyalashtirishning eng muhim manbalardan biri hisoblanadi. U qishloq xo’jaligi korxonasi va kredit tashkiloti o’rtasida tegishli shartnomaviy munosabatlarni shakllantirish orqali o’rnatiladigan moliyaviy munosabatdir. Bu munosabatlarning markaziy bo’g’ini kredit shartnomasi bo’lib, u ssudaning ta’minlanganligi, kreditlar o’z vaqtida foizi bilan qaytarilishining huquqiy asoslarini ta’minlaydi.




Download 168.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling