Qishloq xo‘jaligi korxonalarini kreditlash bank marjasini hisobga olgan holda, imtiyozli foiz stavkasi bilan amalga oshiriladi.
Bu kreditlar bo‘yicha imtiyozli foiz stavkasi g‘alla hosilini yetishtirish xarajatlari uchun yillik 5 foiz, paxta hosilini yetishtirish xarajatlari uchun yillik 3 foiz miqdorida belgilanib, ularning 2 foizi bank marjasini tashkil etadi.
Kredit qishloq xo‘jaligi korxonasiga uning asosiy talab qilib olinguncha depozit hisob raqami ochgan va unga xizmat ko‘rsatayotgan bank tomonidan beriladi. Ushbu kreditlarni ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisob raqami ochilgan bank tomonidan berilishiga ruxsat berilmaydi.
Oldingi yillarda ajratilgan imtiyozli kreditlar to‘liq so‘ndirilgandan so‘ng joriy yil hosili uchun imtiyozli kreditlar beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |