Mavzu: Qishloq xo’jaligini kreditlash amaliyoti tahlili


Tijorat banklari tomonidan mijozlarga qishloq xo’jaligini rivojlantirish maqsadida quyidagi kredit turlari taklif etilmoqda


Download 168.18 Kb.
bet2/6
Sana08.01.2022
Hajmi168.18 Kb.
#236290
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Qishloq xo'jaligini kreditlash amaliyoti tahlili

Tijorat banklari tomonidan mijozlarga qishloq xo’jaligini rivojlantirish maqsadida quyidagi kredit turlari taklif etilmoqda:

  • - uzum, meva-sabzavotchilikka hamda poliz ekinlari yetishtirishni ko’paytirish maqsadida shaxsiy-yordamchi, dehqon va fermer xo’jaliklariga urug’lik, ko’chat, mineral o’g’it va o’simliklarni himoya qilish bo’yicha turli vositalarni sotib olish uchun mikrokreditlar;

  • - sabzavot, kartoshka, poliz, meva va uzum mahsulotlarini xarid qilish, saqlash, ulgurji sotish va qayta ishlashga ixtisoslashgan tayyorlov tashkilotlari, shu jumladan, agrofirmalarga shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo’jaliklari bilan tuzilgan shartnoma qiymatining 30 foizi miqdorida bo’nak mablag’lar ajratish uchun kredit;

  • - hududlarda tovuqxonalar va muqobil yoqilg’ilar asosida
    ishlaydigan issiqxonalar tashkil etishga, baliqchilik va asalarichilikni rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun kreditlar;

  • - chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko’paytirish
    maqsadida chorva mollari sonini hamda ularning mahsuldorligini oshirishga yo’naltirilgan loyiha va tashabbuslarni moliyalashtirish uchun kreditlar;

  • - qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bo’yicha investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun kreditlar;

  • - joylarda suv resurslaridan samarali foydalanish maqsadida
    tomchilab sug’orish texnologiyalarini joriy etishni moliyalashtirishga
    ajratiladigan kreditlar;

Barcha xo’jalik yurituvchi sub’yektlar uchun aylanma mablag’larni to’ldirishga beriladigan qisqa muddatli kreditlar, odatda, 1 yilgacha muddatga berilsa, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini tashkil etish uchun fermer xo’jaliklariga, shuningdek, yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan dehqon xo’jaliklariga aylanma mablag’larni to’ldirish uchun beriladigan bunday kreditlar, odatda, 2 yildan kam bo’lmagan muddatga beriladi.

Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini tashkil etishga mo’ljallangan aylanma mablag’larni to’ldirish uchun dehqon va fermer xo’jaliklariga berilgan kreditlarni qaytarishning eng uzoq muddati, qaytarish muddatini uzaytirishni hisobga olgan holda, 30 oydan oshishi mumkin emas, fors-major holatlari bundan mustasno.

Tijorat banklari tomonidan qishloq xo’jaligi sohasiga mikrokreditlar ham ajratiladi. Mikrokreditlar faqat yangidan ochilgan va davlat ro’yxatidan o’tkazilgan kundan 6 oydan oshmagan davr mobaynida, kredit olish uchun tegishli xizmat ko’rsatuvchi bankka buyurtma bergan yuridik shaxs maqomini olib, faoliyat ko’rsatayotgan dehqon xo’jaliklariga eng kam oylik ish haqining 150 baravarigacha miqdorda hamda fermer xo’jaliklariga eng kam oylik ish haqining 300 baravarigacha bo’lgan miqdorda beriladi.


Download 168.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling