Mavzu: Qishloq xo'jalik korxonalarida asosiy vositalar hisobini xususiyatlari


Download 26.47 Kb.
bet1/2
Sana17.06.2023
Hajmi26.47 Kb.
#1533350
  1   2

Mavzu: Qishloq xo'jalik korxonalarida asosiy vositalar hisobini xususiyatlari

REJA
1. Qishloq xo‘jaligi korxonalarida asosiy vositalarning tasnifi,


tavsifi va baholanishi

2. Qishloq xo‘jaligi korxonalarida asosiy vositalar harakatini


hujjatlashtirish va hisobi

3. Qishloq xo‘jaligi korxonalarida asosiy podani


shakllantirish va ular kirimining hisobi

Qishloq xo‘jaligi korxonalarida asosiy vositalami tasniflash, tavsiflash,


baholash hamda hisobini yuritish xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlari uchun
belgilangan umumiy tartiblarga asoslanadi. Shu bilan birga asosiy vositalarning o‘ziga xos tarkibi, ulaming maqsadi, ishlatilishi va boshqa jihatlari ular hisobida ayrim o‘ziga xos xususiyatlar mavjudligidan darak beradi. Bu xususiyatlar qishloq xo‘jaligi korxonalarida asosiy vositalar hisobiga o‘zigaxos vazifalami ham yuklaydi. Qishloq xo‘jaligi korxonalarida asosiy vositalar hisobining vazifalari
quyidagilar hisoblanadi:
- asosiy vositalami boshqaruv, nazorat, hisob va hisobot talablaridan
kelib chiqib, tegishli guruhlarga ajratish, har bir guruli bo‘yicha unga kiruvchi
asosiy vositalar tarkibini aniq belgilash;
- kirim qilingan asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati, tiklangan
qiymati va qoldiq qiymatini aniq hisob-kitob qilish;
- asosiy vositalar harakatiga doir operatsiyalami to‘g‘ri va o‘z vaqtida
tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirish;
- asosiy vositalar eskirishi, ularga doir keyingi sarflami mazmun va
mohiyatidan kelib chiqib tegishli schotlarda hisobga olish;
- asosiy vositalar holati va harakatini hisob va hisobotda to‘g‘ri aks
ettirish;- asosiy vositalarning mavjudligi va butligini ta’minlash, samarali foydalanishni nazorat qilish maqsadida ulami belgilangan muddatlarda
inventarizatsiya qilish;
- yaroqsiz holga kelgan, samara bermaydigan asosiy vositalami o‘z
vaqtida hisobdan chiqarish va boshqalar.
Qishloq xo‘jaligi korxonalarida barcha asosiy vositalami quyidagi turlarga ajratish mumkin:
(1) qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga mo‘ljallangan asosiy
vositalar - omborlar, shiyponlar, mashina va asbob-uskunalar, qishloq
xo‘jaligi texnikasi, transport vositalari, ishchi va mahsuldor hayvonlar,
xo‘jalik inventarlari;
(2) qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishiga mo‘ljallanmagan asosiy
vositalar-ma’muriyat binosi, ofis mebeli vajihozlari, kompyutyerlar,
boshqaruvga xizmat qiladigan yengil avtomobillar, ijtimoiy-madaniy soha
obyektlari va boshqalar. Qishloq xo‘jaligi korxonalarida asosiy vositalami guruhlashda ishchi va mahsuldor hayvonlar alohida guruhga ajratiladi. Ushbu guruhga ishchi kuchi sifatida ishlatiladigan hamda mahsuldor hayvonlar (ot, tuya, xo‘kiz, tanalar, eshaklar, ona mollar) kiradi. Bu guruhga kiruvchi asosiy
vositalaming hisobi maxsus 0170 Ishchi va mahsuldor hayvonlar schotida
yuritiladi. Qolgan guruhga kiruvchi asosiy vositalaming hisobi, barcha
tarmoqlardagi singari, 21 -son BHMSda nazarda tutilgan mos ravishdagi
schotlarda olib boriladi.
Qishloq xo‘jaligi tashkilotlarida asosiy vositalar qiymatini baholash 5-
son BHMS Asosiy vositalarga muvofiq umumbelgilangan tartibda
amalga oshiriladi. Qishloq xo‘jaligi korxonalarida asosiy vositalaming hisob
bahosi, ularning boshlang‘ ich qiymati hisoblanadi. Buxgalteriya balansida
asosiy vositalar ularning qoldiq qiymatida aks ettiriladi. 0 ‘z xo‘jaligida
boqilgan, shuningdek chetdan xarid qilingan mahsuldor va ishchi hayvonlami
asosiy vositalarga kirim qilishda boshlang‘ich qiymat bo‘lib ularni
parvarishlashga (sotib olish) ketgan jami xarajatlaming birgalikda olingan
qiymati (tannarxi) hisoblanadi. Asosiy vositalar tarkibiga kiritiladigan ko‘p yillik ekinlar (mevali bogiar, tokzorlar, choy plantatsiyalari, ixotao‘rmonlari vashukabilar)ning boshlang‘ich qiymati, ularningyoshidan qat’i nazar, nihollar qiymati hamda nihollami ekish, parvarish qilish va o‘ stirishga sarflangan xarajatlardan tashkil topadi. Yerlami yaxshilashga yoilangan kapital qo‘yilmalar, chunonchi, botqoq yerlami quritish, sho‘mi quvishga qilingan investitsiyalar joriy yilda sarflangan tegishli xarajatlaming haqiqiy miqdori bo‘yicha baholanadi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalarida boshqa turdagi asosiy vositalaming
boshlang‘ich qiymati umumbelgilangan tartiblargako‘raaniqlanadi.
Kirim qilingan asosiy vositalarga ular bo‘yicha yakka tartibda yoki guruh
bo‘yicha yuritiladigan hisob kartochkalari (kitobi) ochiladi. Ushbu hisob
kartochkalari (kitobi) asosiy vositalaming qishloq xo‘jalik korxonalarida
foydali xizmat muddati davomida saqlanadi. Ularga asosiy vositalaming
boshlang‘ich qiymati, eskirishi va qoldiq qiymatini o‘zgarishiga doir,
Shuningdek joriy va kapital ta’mirlanishiga oid maiumotlar yozib boriladi
Qishloq xo'jaligi korxonalarida asosiy vositalaming kirinii va chiqimini
rasmiylashtirishda davlat organlari tomonidan tasdiqlangan boshlang‘ich
hujjatlaming namunaviy shakllaridan foydalaniladi. Chunonchi, yangi qurilishdan
olingan asosiy vositalar, yordamchi xo‘jaliklardan olingan ko‘p yillik
o‘simliklarning nihollari qabul qilish-topshirish dalolatnomalari bilan
rasmiylashtiriladi. Mollami bir guruhidan ikkinchi guruhga o‘tkazishga Guruhdan guruhga o‘tkazish dalolatnomasi tuziladi. Ta‘minotchilardan naqd pulsiz hisob-kitobyoii bilan sotib olingan asosiy vositalar schot- fakturalar asosida kirim qilinadi. Chorva mollarini, ko‘p yillik o‘simliklami aholidan bozorlarda naqd pulga
sotib olish kirim kvitansiyalari bilan rasmiylashtiriladi. Ulaming sotib olish
baholari bozorlar ma’muriyatining o‘rtacha baholar to‘g‘risidagi
maiumotnomalari bilan tasdiqlanadi. Qishloq xo‘jaligi korxonalariga asosiy vositalami ta’sischilardan kirim qilinishi ta’sis shartnomalaridako‘rsatilgan baholardaamalgaoshiriladi vaschotfakturalarbilanrasmiylashtiriladi.
Boshqajismoniy vayuridik shaxslardan bepul olingan asosiy vositalar
shartnomalardako‘rsatilgan baholardaschot-fakturalar asosida kirim qilinadi.
Barcha kirim qilingan asosiy vositalar tegishli moddiy javogar shaxslarga
biriktiriladi. Moddiy javobgar shaxslar boiib brigadirlar, ferma, mudirlari,
cho‘ponlar, shiypon mudirlari, ombor mudirlari vaboshqamas‘ul shaxslar
hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligi korxonalariga kirim qilingan asosiy vositalaming sintetik hisobi 0100 Asosiy vositalami hisobga oluvchi schotlar tizimida ulaming
alohida guruhlari uchun ochilgan schotlarda yuritiladi. Qishloq xo‘jaligi
korxonalarida ushbu schotlami yuritish tartibi birinchi boiimda qurilish
tashkilotlari misolida keltirilgan tartibgatoiiq o‘xshaydi. Qishloq xo‘jaligi korxonalari balansidan asosiy vositalar turli sabablarga ko‘ra chiqarilishi mumkin. Chunonchi, ulami balansdan chiqarish toiiq eskirganligi, foydalanishga yaroqsiz holatga kelganligi, tabiiy ofat, kasalligi va boshqa sabablarga ko‘ra oiganligi, katta yoshli mahsuldor va ishchi hayvonlami brakka chiqarish, boquvdagi mollar tarkibiga o‘tkazish, shuningdek asosiy vositalami sotish natijasida sodir boiishi mumkin. Asosiy vositalami foydalanishgayaroqsizligini aniqlashhamda ulami hisobdan chiqarishni tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirish maqsadlarida maxsus
komissiyalar tuziladi. Yaroqsiz holatga kelgan asosiy vositalar tugatish va
hisobdan chiqarish dalolatnomalari asosida balansdan chiqariladi.
Asosiy vositalami naqd pulsiz hisob-kitoblar asosida sotish, bepul
berish, ta’sis badali sifatida kiritish schot-faktura bilan rasmiylashtiriladi.
Asosiy vositalami balansdan chiqarishga doir operatsiyalar hisobi
birinchi bo‘limda qurilish tashkilotlari misolida ko‘rib chiqilgan tartiblarga
to‘liq o‘xshaydi. Sotilgan asosiy vositalaming sotish qiymati ulaming qoldiq
qiymatiga mos kelmagan hollarda olingan moliyaviy natija (foyda yoki
zarar) aniqlanadi. Olingan foyda 9310 Asosiy vositalaming chiqib
ketishidan foyda schotida, ko‘rilgan zarar esa 9430 Boshqa operatsion
xarajatlar schotida hisobga olinadi. Asosiy vositalar tarkibidan katta yoshli mahsuldor va ishchi hayvonlaming, bog‘ lar hamda tokzodarning mahsuldorlikni kamayishi, kasallanishi, lat yeyishi, o‘lishi natijasida balansdan chiqarilishiga tegishli veterinariya va agronomiya xulosalari olinadi. Agar ushbu asosiy vositalar
sug‘urtalangan bo‘lsa, ulami balansdan chiqarish natijasida ko‘rilgan
zararlar sug‘urtatushumi hisobidan qoplanadi. Sug‘urta tashkilotining qoplash bo‘yicha o‘z bo‘yniga oigan qarziga quyidagi yozuv qilinadi:
Debet 4890 Boshqa debitorlik qarz;
Kredit 9210 Asosiy vositalaming chiqimi.
Sug‘urta to‘lovining keJib tushishiga:

Download 26.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling