Mavzu: Qishloq xo'jalik korxonalarida asosiy vositalar hisobini xususiyatlari


Debet 5110 Hisob-kitob schoti; Kredit


Download 26.47 Kb.
bet2/2
Sana17.06.2023
Hajmi26.47 Kb.
#1533350
1   2
Debet 5110 Hisob-kitob schoti;
Kredit 4890 Boshqa debitorlik qarz.
Qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan olib boriladigan capital investitsiyalaming muhim turlaridan biri, asosiy podani shakllantirishga qilingan kapital sarflar hisoblanadi. Asosiy podani shakllantirishga kapital investitsiyalar deganda
mollami yosh hayvonlar guruhidan katta hayvonlar guruhiga o‘tkazishgacha
ulami o‘stirish va parvarishlashga qilingan xarajatlar, shuningdek katta
hayvonlami chetdan xarid qilish, tashib keltirish va bu bilan bog‘liq barcha
boshqa xarajatlaming majmuasi tushuniladi. Asosiy podani shakllantirishgayo‘naltirilgan kapital investitsiyalaming
hisobi 0840 Asosiy podani shakllantirish schotida yuritiladi. Ushbu
schotda, chunonchi, quyidagi xarajatlar hisobga olinadi:
- asosiy podaga o‘tkaziladigan xo‘jalikdagi yosh mahsuldor va ishchi
hayvonlami o‘stirish bo‘yicha xarajatlar;
- asosiy poda uchun xarid qilingan katta yoshdagi va ishchi
hayvonlaming sotib olish qiymati;
- hayvonlami yetkazib kelish bilan bog‘liq sarflar;
- boshqa shaxslardan bepul olingan katta yoshdagi hayvonlami
xo‘jalikka olib kelish bilan bogiiq sarflar. Yosh hayvonlar asosiy podaga o‘tkazilgungaqadar 1110 O‘stirishdagi
va boquvdagi hayvonlar schotida hisobga olinadi. Hisobot davrida ulami
asosiy podaga o‘tkazish haqiqiy vazniga ko‘ra reja tannarxi bo‘yicha
amalga oshiriladi o‘stirishdagi va boquvdagi mollarni asosiy podaga
o‘tkazish maxsus dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Tuzilgan dalolatnoma
asosida buxgalteriyada quyidagicha yozuv qilinadi:
Debet 0840 Asosiy podani shakllantirish;
Kredit 1110 o ‘stirishdagi va boquvdagi mollar.
Bir paytning o‘zida asosiy podaga o‘tkazilgan yosh mollar mos ravishda
ulaming guruhlariga qarab hisobda quyidagicha aks ettiriladi:
- ishchi hayvonlar guruhiga o‘tkazilgan mollarga:
Debet 0170 Ishchi hayvonlari;
Kredit 0840 Asosiy podani shakllantirish.
- mahsuldor hayvonlar guruhiga o‘tkazilgan mollarga:
Debet 0171 Mahsuldor hayvonlari;
Kredit 0840 Asosiy podani shakllantirish. Hisobot yili oxirida o‘stirishdagi va boquvdagi mollaming haqiqiy tannarxi aniq boigach, ulaming asosiy poda tarkibiga kirim qilingan reja tannarxidan farqi topiladi. Ushbu farq summasigamos ravishda qo‘shimcha yozuv yoki Storno usullaridan biri bo‘yicha yuqoridagi buxgalteriya yozuvlari beriladi. Aynan shu yo‘l bilan asosiy podani shakllantirish
xarajatlari, kirim qilingan ishchi va mahsuldor hayvonlar qiymati ulaming
haqqoniy tannarxiga yetkaziladi. Asosiy podani chetdan xarid qilish yo‘li bilan shakllantirish xarajatlari bevosita 0840 Asosiy podani shakllantirish schotining debetida to‘planadi. Chunonchi, asosiy podaga kiritiladigan mollami boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalaridan tuzilgan shartnomalar asosida sotib olinishiga
quyidagicha yozuv qilinadi: Debet 0840 Asosiy podani shakllantirish;
Kredit 6010 Ta’minotchi vapudratchilargato‘lanadigan schotlar .
Sotib olishga doir sarflangan qo‘shimcha haqlar, masalan tend yerda
qatnashish, vositachilik, transport xizmatlari haqlari summasiga quyidagi
buxgalteriya yozuvi beriladi:
Debet 0840 Asosiy podani shakllantirish;
Kredit 6990 Boshqa majburiyatlar.
Asosiy poda aholidan bevosita bozorlardan ham naqd pulga sotib olinishi mumkin. Bu operatsiyalar hisobda quyidagi yozuvlar bilan aks ettiriladi.
1. Asosiy podani sotib olish uchun kassadan hisobdor shaxsga
bo’nak summasini berilishiga:
Debet 4290 Xodimga berilgan boshqa bo‘naklar;
Kredit 5010 Kassa.
2 .Hisobdor shaxsga berilgan bo‘nak summasini kapital
investitsiya sifatida tan olinishiga Debet 0840 Asosiy podani shakllantirish;
Kredit 4290 Xodimga berilgan boshqa bo‘naklar.
3. Bir vaqtning o ‘zida sarflangan kapital investitsiyalarni kirim
qilingan ishchi va mahsuldor hayvonlaming boshlang ‘ich qiymatiga
kiritilishiga: Debet 0170 Ishchi hayvonlari; Kredit 0840 Asosiy podani shakllantirish. Asosiy podani shakllantirishga qilingan kapital sarflaming tahliliy hisobini turli maqsadlarda turlicha yuritish maqsadga muvofiq. Chunonchi, bunday
tahliliy hisob qilingan xaraj atlami ishchi va mahsuldor hayvonlaming turlari
bo‘yicha (yirik shohli hayvonlar, cho‘chqalar, qo‘ylar, otlar va boshqalar)
axborotlami olish imkonini berishi kerak. Ta’kidlashjoizki, qishloq xo‘jaligi korxonalarining ayrim hayvonlami sotib olishga sarflagan mablagiari asosiy podani shakllantirish xarajatlari sifatida tan olinmaydi. Chunonchi, parrandalar, quyonlar, qimmatbaho mo‘ynali hayvonlar, asalarilar, qo‘riqchi itlar va boshqa shu kabi hayvonlar, ularning qiymatidanqat’i nazar, asosiy podatarkibida hisobga olinmaydi. Ular joriy aktivlar tarkibiga kiritiladi va mos ravishda 1100 o‘stirishda
va boquvda mollar schotida hisobga olinadi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalarida asosiy vositalar, boshqa tarmoq korxonalari singari, amortizatsiyalanadigan va amortizatsiyalanmaydigan asosiy vositalarga bo‘linadi. Respublikamizda qabul qilingan 5-son BHMS ≪Asosiy vositalao>ga
muvofiq qishloq xo‘jaligi korxonalarida amortizatsiya hisoblanmaydigan
asosiy vositalarga quyidagilar kiritiladi:
- mulk sifatida sotib olingan yer uchastkalari;
- mahsuldor hayvonlar;
- qiymatidan qat’i nazar o‘stirishdagi va boquvdagi mollar gumhiga kiritiladigan mollar (parrandalar, quyonlar, asalarilar, qimmatbaho mo‘ynali hayvonlar, qo‘riqchi itlar vaboshqa shu kabi hayvonlar);
- to‘liq amortizatsiyalangan asosiy vositalar;
- belgilangan tartiblarga ko‘ra konservatsiya qilingan asosiy vositalar;
- kutubxona fondi;
- muzey eksponatlari va boshqalar.
Qishloq xo‘jaligi korxonalarining boshqa asosiy vositalari umumbelgilangan
tartibda, shuningdek hisob siyosatida ko‘rsatilgan tartiblarga ko‘ra
amortizatsiyalanadi. Chunonchi, qishloq xo‘jaligi korxonalarida yillik
amortizatsiyabino vainshootlar bo‘yicha yillik 5 foiz, qishloq xo‘jaliktexnikasi
va asbob-uskunalari, ofis mebeli vaj ihozlari, yuk tashish mashinalari, avtobuslar
bo‘yicha 15 foiz, kompyutyer texnikasi, yengil avtomobillar vayo‘llarda
ishlatiladigan avtotraktor texnikasi bo‘yicha 20 foiz, suv chiqarish nasoslari,
elektrdvigatellar, generatorlar, truboprovodlar bo‘yicha 8 foiz miqdorida
hisoblanadi. Demak, qishloq xo‘jaligi korxonalarida ushbu asosiy vositalari
bo‘yicha eskirishni hisoblash me’yorlari va tartibi barcha boshqa tarmoqlar
uchun belgilangan tartibgato‘liqo‘xshaydi. Biroq, ishehi hayvonlar, ko‘pyillik
o‘simliklar kabi asosiy vositalar bo‘yicha eskirishni hisoblash masalasida turli
munozalar tug‘diradigan, shuningdek o‘zigaxos yondashishlami talab qiladigan
asosiy vositalar hisoblanadi. Respublikamiz Soliq kodeksiga muvofiq ishehi hayvonlar va ko‘p yillik o‘simliklar yiliga 10 foiz me‘yorida amortizatsiya qilinadigan asosiy vositalar guruhiga kiradi. Lekin, ushbu asosiy vositalaming foydali xizmat muddatini aynan o‘n yil qilib belgilash juda ham nisbiydir. Odatda, ishchi hayvonlar o‘n yil ham xizmat qilmasliklari yoki undan bir necha bor ko‘p muddatda xizmat qilishlari mumkin. Ko‘p yillik o‘simliklaming qariyb yarim asr,
hattoki bir asrgacha hosil beradigan turlarining borligi ham sir emas. Shu
bois ham ishehi hayvonlar va ko‘p yillik o‘simliklar bo‘yicha amortizatsiya
hisoblash bo‘yicha belgilangan muddatlami eng kam xizmat muddati sifatida e‘tirof etilishi maqsadga muvofiqdir. Chorva mollarini, odatda, bir vaqtning o‘zida ham ishehi hayvonlar ham mahsuldor hayvonlar hisoblanadi. Masalan, otyoki tuyani yuk tashish bo‘yicha ishehi hayvon, nasl yoki mahsulot (go‘sht, sut) berishiga ko‘ra mahsuldor hayvon, deb atash mumkin. Shu bois ham, qishloq xo‘jaligi korxonalarida ishehi hayvonlar bo‘yicha amortizatsiya hisobini to‘g‘ri
yuritishning muhim shartlaridan biri bo‘lib ushbu guruhga kiruvchi
hayvonlaming tarkibi va ro‘yxatini aniq belgilash hisoblanadi.
Ko‘p yillik o‘simliklar ham ekilganligidan hosil bennaydi. Ular, odatda, 2-
3 yildaii keyin hosilga kiradi. Shu bois ham, ushbu asosiy vositalar bo‘yicha
amortizatsiyani ulami parvarishlash boshlangandan keyin qaysi muddatdan
boshlab hisoblanish vaqtini aniq belgilash muhim masalalardan biri hisoblanadi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalarida, boshqa tarmoqlardan farqli oiaroq,
ko‘pchilik asosiy vositalar, ayniqsa traktorlar, pritseplar, suv quvurlari va
nasoslari, generatorlar, yuk tashish mashinalari, ishchi hayvonlar hisobot
davri davomidaham chorvachilik, ham dehqonchilik sohalarigaxizmat
ko‘rsatishi mumkin. Traktorlar, pritseplar va yuk tashish transportlari ishlab
chiqarish sohalaridan tashqari yyetishtirilgan mahsulotlami xaridorlarga
yuklab jo ‘natish va sotishga ham xizmatlami ko‘rsatadilar. Bu xususiyat
buxgalteriya hisobida asosiy vositalar bo‘yicha hisoblangan eskirish
summalarini mos ravishdagi sohalar, bu sohalardayetishtirilgan qishloq
xo‘jaligi mahsulotlari xarajatlari hamda sotishga doirxarajatlar o‘rtasida
taqsimlab chiqish zaruriyatini tug‘diradi. Asosiy vositalar bo‘yicha hisoblangan eskirish summalarini taqsimlash va ular hisobini tegishli schotlarga olib borish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi.
Download 26.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling