Mavzu: Qiyalik va konuslik


Aylanani teng besh bo‘lakka bo‘lish


Download 0.87 Mb.
bet4/4
Sana16.06.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1505450
1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu Qiyalik va konuslik

Aylanani teng besh bo‘lakka bo‘lish. Aylana radiusi OA teng ikkiga bo‘lib olinadi. Buning uchun A nuqtadan sirkulda aylana radiusiga teng yoy bilan aylana kesishtiriladi. Hosil bo‘lgan B va C nuqtalar tutashtiriladi, shunda OA radiusda E nuqta aniqlanadi. E nuqta OA radiusni teng ikkiga bo‘ladi (8.5- chizma, a). E nuqtadan E1 radiusda yoy chizilsa, gorizontal markaz chiziqda K nuqta hosil bo‘ladi. 1 va K nuqtalar tutashtirilsa, aylanani teng besh bo‘lakka bo‘luvchi kesma, ya’ni aylananing beshdan bir bo‘lagi (vatari) hosil bo‘ladi (8.5-chizma, b). 1K kesma bilan aylana chizig‘i beshga bo‘lib chiqiladi (8.5-chizma, d). Barcha nuqtalar ketma-ket tutashtirilsa, beshburchak yasaladi (8.5-chizma, e).
Aylanani transportir yordamida ham teng besh bo‘lakka bo‘lib chiqish mumkin. Ma’lumki, aylana 360° ga teng. Aylanani beshga bo‘lmoqchi bo‘lsak 360:5=72° li markaziy burchak hosil bo‘ladi. Aylana markazi O dan boshlanuvchi bu markaziy burchaklarni transportir yordamida yasash mumkin.
Aylanani teng yetti bo‘lakka bo‘lish. Bu yerda aylanani teng uchga bo‘- lishdagi usul qo‘llaniladi. Muntazam uchburchak bir tomonining teng yarmi muntazam yettiburchakning bir tomoniga to‘g‘ri keladi (8.6-chizma, a). Yoki aylanani teng beshga bo‘lishdagi usuldan ham foydalanish mumkin. Undagi BE kesma muntazam yettiburchaklikning bir tomoniga to‘g‘ri keladi
Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling