Mavzu: Qiymat to‘g‘risidagi turli XIL nazariyalar va ularning turlari
Download 95.33 Kb.
|
Narx va qiymatning funksiyalari kurs ishi
Xarajatlar — tovar yoki xizmatni yaratish yoki ishlab chiqarish uchun talab qilinadigan resurslar miqdorining pullik ifodasi. Xaridor tomonidan tovar yoki xizmat uchun to‘langan narx uning uchun ularni sotib olish xarajatlariga aylanadi.Mulk obyekti uchun xarajatlarni hisoblab chiqish ishlab chiqarish xarajatlari yoki almashtirish xarajatlarining hisoblab chiqilgan miqdoriga asoslanishi mumkin. Takror ishlab chiqarish xarajatlari — bu mavjud obyekt nusxasini o‘xshash texnologiyalar va materiallardan foydalanib yaratishga xarajatlardir. Almashtirish xarajatlarining hisoblangan miqdori ayni paytda bozorda qo‘llaniladigan texnologiyalar va materiallardan foydalanib taqqoslanarli foydalilikka ega obyektni yaratishni nazarda tutadi.
Tannarx — tovar yoki xizmatni xarid qilish (qoplanadigan soliqlardan tashqari), yaratish va ishlab chiqarishga xarajatlar yig‘indisidan iborat. Qiymatning ko‘plab turlari va ularga mos keladigan ta’riflari bor. Ularning ba’zilari mulkni baholash tartibotlarida keng qo‘llaniladigan standart qiymat turlaridir. Boshqalari esa, qat’iy shartlashib olingan hollarda qo‘llaniladi. Baholash usullarini tushunish va amaliy qo‘llash uchun foydalanilayotgan qiymat turi va ta’rifini aniq ochib berish, shuningdek tanlab olingan qiymat turi baholovchi oldida turgan aniq vazifa mazmuniga muvofiqligiga e’tibor berish juda muhimdir. Tanlangan ta’rifga qarab baholanayotgan mulkning qiymati turlicha bo‘lib chiqishi mumkin. Professional baholovchilar nospetsifik “qiymat” atamasini qo‘llamaslikka harakat qilishlari, uni faqat aynan qanday qiymat nazarda tutilayotganini aniqlashtiradigan tegishli sifat bilan birga ishlatishlari lozim. Bozor qiymati — mulkni baholashda eng ko‘p tarqalgan qiymat turi bo‘lib, har qanday tegishli holda bozor qiymati atamasi aniq va qat’iy ta’riflab berilishi ayniqsa muhim. Baholash obyektining bozor qiymati uning mavhum jismoniy maqomi pozitsiyasidan emas, balki aynan bozor nuqtai nazaridan foydaliligi ifodasi hisoblanadi. Aniq bir korxona uchun uning aktivlari foydaliligi ularning bozor yoki alohida olingan tarmoq nuqtai nazaridan foydaliligidan farq qilishi mumkin. Tegishlicha, aktivlarni baholash hamda narxlarning o‘zgarishi samarasini aks ettiruvchi buxgalteriya hisoboti moliyaviy hisobotda bozorga bog‘lab aks ettiriladigan qiymat bilan qiymatning moliyaviy hisobot uchun asos sifatida olinmaydigan bozordan tashqari turlari o‘rtasidagi farqni hisobga olishi lozim. Almashtirishning qoldiqdagi qiymati, ixtisoslashtirilgan ko‘chmas mulkka tatbiq etilgan bo‘lib, baholashning bozorga bog‘liq bo‘lmagan bazasi bo‘lishiga qaramasdan, tegishli hollarda moliyaviy hisobotda qo‘llanilishi mumkin. Yuqoridagi xatboshida keltirilganga o‘xshash dalil-asoslar ko‘chmas mulkdan farq qiladigan mulkni baholash uchun adolatlidir. Almashtirishning qoldiqdagi qiymati asosli tarzda qo‘llanilgan hollar istisno etilganda, moliyaviy hisobot bozor qiymati konsepsiyasiga asoslangan usullarni qo‘llashni hamda ular bilan qiymatning bozorga bog‘liq bo‘lmagan turlaridan foydalanadigan usullar o‘rtasida qat’iy chegara o‘tkazishni talab etadi. Ko‘chmas mulk obyektining umumiy tannarxi uni ishlab chiqarishga ketgan bevosita va bilvosita xarajatlarni o‘z ichiga oladi. Agar xaridor ko‘chmas mulkni sotib olgandan keyin qo‘shimcha kapital xarajatlar qilgan bo‘lsa, tannarxni hisoblashda bu xarajatlar sotib olishning retrospektiv (o‘zi uchun) qiymatiga qo‘shiladi. Bu xarajatlar obyektning bozor qiymatiga bozor ularni qanchalik maqsadga muvofiq deb hisoblashiga qarab, o‘z hissasini qo‘shadi. Download 95.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling