Mavzu: Qiymat to‘g‘risidagi turli XIL nazariyalar va ularning turlari
Download 95.33 Kb.
|
Narx va qiymatning funksiyalari kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bog‘liqlik (tashqi ta’sir) prinsipi
O‘zgarish prinsipi
Mulkning bozor qiymati vaqtga bog‘liq holda o‘zgaradi hamda muayyan sanaga belgilanadi. Mulk obyektining o‘zi ham, tashqi sharoitlar ham o‘zgarishga moyil. Muvofiqlik prinsipi Mulkning eng yuqori qiymati mulk obyektining o‘zi hamda undan foydalanish xususiyati bozor ehtiyojlari va kutuvlarga mos kelganda shakllanadi. Bog‘liqlik (tashqi ta’sir) prinsipi Mulk obyekti qiymati unga nisbatan ichki va tashqi omillar yig‘indisining ta’siriga bog‘liq. Mulkdorning mulk haqidagi tasavvurlariga bog‘liq prinsiplar Foydalilik prinsipi Foydalilik ko‘chmas yoki ko‘char mulk obyektlarini baholashda asosiy mezondir. Baholash jarayonida qo‘llaniladigan tartib-taomillarning umumiy maqsadi baholanayotgan mulkning foydaliligi yoki yaroqliligi darajasini aniqlash va miqdoriy ifodalashdan iborat. Foydalilik mulk obyektidan yoki mulk obyektlari guruhidan butun foydalanish davri davomida baholanadi. Mulk obyekti aylanmadan vaqtincha yoki to‘liq olingan taqdirda bunday mulk obyektini baholash baholovchidan maxsus bilimlarni talab qiladi, bunday mulkni baholash haqidagi hisobot mazkur standartlar talablariga mos holda tuzilishi kerak. Baholash haqida hisobotni tuzishda baholovchi mulk qiymati haqida xulosa qilish uchun asos bo‘lgan axborotning ochib berilishini ta’minlashi, shuningdek bunda maxsus taxminlarga va cheklovlarga yo‘l qo‘yilganmi yo‘qmi, shu taxminlar va cheklovlarni ko‘rsatishi lozim. Mulkning baholash sanasidagi foydaliligi darajasini tashqi yoki iqtisodiy omillar ta’siri tufayli aniq belgilab bo‘lmasligi mumkin. Bunday holda mazkur standartlar talablariga muvofiq baholash haqidagi hisobot mulk qiymati haqidagi xulosaga asos bo‘lgan axborotni ochib berishi, shuningdek agar mulk obyektini baholashda maxsus farazlar va cheklovlarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, ularni ko‘rsatishi kerak. Foydalilik siyosiy yoki iqtisodiy mavhumlik vaziyatida o‘zgarishi mumkin. Korxonalar faoliyatining vaqtinchalik yoki to‘liq to‘xtatilishi ularning mol-mulki qiymatiga arzimas ta’sir ko‘rsatishi mumkin, ayni paytda faoliyatning uzoq vaqt to‘xtatilishi istiqboli esa ularning qiymatiga ancha jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Mulkni baholashda baholanayotgan mulkka undan foydalanish natijalariga ta’sir ko‘rsatadigan ichki va tashqi omillarni birgalikda hisobga olgan holda qaralishi kerak. Download 95.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling