Mustaqil ishi fan: Hayot faoliyati xavfsizligi mavzu


Download 34.64 Kb.
bet1/9
Sana08.01.2022
Hajmi34.64 Kb.
#250174
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Hayot faoliyati xavfsizligini ta'minlashda psixologik omillarning ahamiyati


O’zbekiston Respublikasi

Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim

Vazirligi Buxoro Davlat

Universiteti Sirtqi (Maxsus Sirtqi)

Bo’limi

MUSTAQIL ISHI

FAN: Hayot faoliyati xavfsizligi

MAVZU: Faoliyat xavfsizligini ta’minlashda psixologik omillarning ahamiyati

GURUH: 9-2 Uzb S-18

BAJARDI: Nekova Nargis

TEKSHIRDI:

2020-2021-o’quv yili

Mavzu:Faoliyat xavfsizligini ta’minlashda psixologik omillarning ahamiyati

Reja:

I.Kirish:

II.Asosiy qism:

1.Hayot faoliyati xavfsizligi asoslarining asosiy tushuncha va ta’riflari



2.Faoliyat xavfsizligini ta’minlash prinsip, usul va vositalari

3.Faoliyat xavfsizligi psixologiyasi

III.Xulosa:


IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

Kirish:


Faoliyat xavfsizligi qadim zamonlardan to hozirgi kunimizga qadar insoniyat ilmiy va amaliy qiziqishlarining eng muhim bir tomonidir. Odamzot har doim o'zining xavfsizligini ta'minlashga intiladi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan bu masalalar maxsus bilimlarni talab qiladi. Bizning davrimizda xavfsizlik muammolari yanada keskinlashdi. Mamlakat va jamiyat baxtsiz hodisalar, yong’inlar, avariyalar va talofatlardan ulkan zarar ko'rib kelmoqda.

Shuning uchun xavflardan himoyalanish masalalarida odamlarni tarbiyalash muhim ahamiyat kashf etadi. Bizning jamiyatimizni barqarorlashtirishda HFX muhim ijtimoiy rol o'ynaydi va halq xo'jaligining faoliyati xavfsizligi darajasini oshirishga ulkan hissa qo'shadi.

Xavf-hayot faoliyati xavfsizligining markaziy tushunchasi bo’lib,

u hodisa, jarayon va obyektlarning inson sog'lig'iga to'g'ridanto'g'ri yoki bilvosita, ma'lum sharoitda qay darajada zarar yetkazish qobiliyati tushuniladi, ya'ni ko'ngilsiz oqibatlarni olib keladi.

Tahlilning maqsadiga ko'ra xavfni xarakterlovchi belgilarning soni ko'payishi yoki kamayishi mumkin. HFX dagi xavfga berilgan yuqoridagi ta'rif mavjud bo'lgan standart tushunchalarni (xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari) o'ziga tortuvchi, hamda faoliyatning hamma turlarini hisobga oluvchi juda salmoqli tushunchadir. bermaydigan tavsiflarini o'zida saqlaydi. uchun muhim bo’lgan xavflar nomenklaturasi va ularning paydo bo'lish ehtimolligi, joyini yakkalash, ko'zda tutilgan zarar va shunga o'xshash o’chamlar aniqlanadi.

Boshqacha qilib aytganda, sabablar vaziyatlar to'plamini xarakterlaydi, unga ko'ra xavflar paydo bo'ladi, u yoki bu kutilmagan oqibatlarni va zararlarni keltirib chiqaradi.

Zarar yoki kutilmagan oqibatlarning shakllari har xildir: har xil og’irlikdagi jarohatlar, zamonaviy usullar bilan aniqlanadigan kasalliklar, atrof -muhitga keltiradigan zarar va boshqalar.

Xavf, sabablar va oqibatlar - bular shunday voqealarning, ya'ni baxtsiz hodisa, favqulodda holat va yong'inlarning asosiy ko’rsatkichlaridir.

Uchlik-"xavflar-sabablar-ko'ngilsiz oqibatlar" bu rivojlanishning logik jarayoni bo’lib, potensial xavfni mavjud bo'lgan zararga olib keladi. Qoida bo'yicha bu jarayon bir necha sabablarni o'z ichiga oladi, ya'ni u ko'p sabablidir.

Ko'ngilsiz oqibatlarga quyidagilarni aytish mumkin: inson hayotiga va sog'lig'iga zarar yetkazish, yonginlar, buzilishlar (avariyalar), talofatlar (katastrofalar) va boshqalar. Bu ko'ngilsiz oqibatlarni keltirib chiqaruvchi hodisa, ta'sir va boshqa jarayonlar xavflar deb ataladi. Xavflir yashirin (potensial) va real turlarga ajratiladi.





Download 34.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling