Mustaqil ishi fan: Hayot faoliyati xavfsizligi mavzu
Hayot faoliyati xavfsizligi asoslarining asosiy tushuncha va ta’riflari
Download 34.64 Kb.
|
Hayot faoliyati xavfsizligini ta'minlashda psixologik omillarning ahamiyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Taksonomiya
- Nomenklatura
Hayot faoliyati xavfsizligi asoslarining asosiy tushuncha va ta’riflari
Xavf -hayot faoliyati xavfsizligining markaziy tushunchasi bo'lib, u hodisa, jarayon va obyektlarning inson sog'lig'iga to'g'ridan-to'g'ri yoki bilvosita ma'lum sharoitda qay darajada zarar yetkazish qobiliyati tushuniladi, ya'ni ko'ngilsiz oqibatlarga olib keladi. Tahlilning maqsadiga ko'ra xavfni xarakterlovchi belgilarning sonini ko'payishi yoki kamayishi mumkin. HFX dagi xavfga berilgan yuqoridagi ta'rif mavjud bo'lgan standart tushunchalarni (xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari) o'ziga tortuvchi hamda faoliyatning hamma turlarini hisobga oluvchi juda salmoqli tushunchadir. Xavf energiyaga ega bo'lgan kimyoviy yoki biologik aktiv komponentlarni o'zida joylashtirgan hamma tizimlarni hamda inson hayot faoliyati sharoitiga javob bermaydigan tavsiflarni o'zida saqlaydi.
Hozircha xavflarning yetarlicha to'liq, mukammal taksonomiyasi yaratilmagan. Bu o'qituvchi va olimlar oldida kelgusida juda katta ilmiy izlanishlar olib borishini ko'rsatadi. Nomenklatura - ma'lum belgilariga ko'ra tizimlashtirilgan xavfli nom va so'zlar ro'yxatidir. Hozirgi kunda xavflarning nomenklaturasini umumiy holda alfavit tartibida quyidagicha keltiramiz: Ajal, alanga, alkogol, buzilish, vakuum, vulkan, vahima, gaz, gerbitsid, dahshat, dard, dinamik zo'riqish, yemirilish, yomg'ir, yong'in, zahar, zilzila, ifloslanish. ichkilik kasalligi, kamchilik, kuyish, lat yemoq, loyqalanish, lazer nurlari, magni maydoni, femomaqaldiroq, meteoritlar, mikroorganizmlar, namlanish, puPsatsiya, pasayish, radiatsiya, rezonans, sog'aymoq, saqlanish, sirpanish, tebranish, tok urishi, toymoq, uzilish, urmoq, ultratovush, hujum, xavf, .charchash, shamol, shovqin, elektr toki, elektr maydoni, yaxmalak hamda yadro. Aniq ilmiy izlanishlar olib borilganda, har bir alohida obyektlar uchun (ishlab chiqarish, sexlar, ish joylari, jarayonlar, kasblar va hokazo) xavflar nomenklaturasi tuziladi. Download 34.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling