Mavzu: qiyosiy pedagogikaning taraqqiyot bosqichlari
Download 0.68 Mb.
|
qiyosiy pedagogikaning taraqqiyot bo
U tinchlik va Yevropa xalqlari o’rtasida hamkorlik g’oyasini faol targ’ib qildi. Uning tashabbusi bilan «Birlashgan millatlar frantsuz jamiyati» tashkil qilindi. Bu jamiyat Yevropa tarixiy adabiyotlarida zamonaviy xalqaro tashkilotlar yuzaga kelishiga asos bo’lganligi qayd qilinadi. Jyulen ta’lim va tarbiya muammolariga juda qiziqar edi. 1810 yilda Jyulen Pestalotsining Iverdan Shvestariyadagi tarbiya maskanini ziyorat qilgach, uning g’oyalarini jiddiy yoqlay boshladi.
Jyulen fikriga ko’ra, qiyosiy pedagogikaning vazifasi Yevropada, keyinchalik esa butun dunyoda ta’lim-tarbiyaning eng oqilona tizimini yaratish maqsadida turli mamlakatlarning pedagogik tajribasini o’rganishdan iborat. Pedagogika ijobiy fanga aylanishi uchun,- deb yozgan edi Jyulen,- turli mamlakatlarning dalillangan materiallari tahliliga asoslangan bo’lishi lozim. Turli-tuman dalillar to’planishi tartibga keltirilishi va ularni tizimlashtirish usullari aniqlanishi zarur. Bu omillarsiz pedagogik faoliyat va uning natijalari sub’ektiv, cheklangan qarashlarga, o’sayotgan avlod ta’lim-tarbiyasi bilan shug’ullanayotgan mutaxassislar fikri va irodasiga bog’liq bo’lib qolaveradi.
Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling