Mavzu: qiyosiy pedagogikaning taraqqiyot bosqichlari
Download 0.68 Mb.
|
qiyosiy pedagogikaning taraqqiyot bo
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. O‘zlashtirish, bashorat, ilmiy-qiyosiy tadqiqotlar davri.
Mavzu: Qiyosiy pedagogikaning taraqqiyot bosqichlariReja: 1. Qiyosiy pedagogikaning rivojlanish bosqichlari.2. Fan taraqqiyotining birinchi davri.3. Qiyosiy pedagogika fani taraqqiyotining ikkinchi va uchinchi davri, ularning o‘ziga xos xususiyatlari.4. O‘zlashtirish, bashorat, ilmiy-qiyosiy tadqiqotlar davri.Qiyosiy pedagogika 3-ming yillikgacha taraqqiyotning bir necha bosqichlarini boshdan kechirdi:1 bosqich(ilmiygacha)- eng qadimgi davrlardan -XIX asrning boshigacha 2 bosqich(yaratish)- XIX asrning boshidan XX asr boshlarigacha 3 bosqich(rivojlanish)- XX boshidan XX asrning 60 yillarigacha 4 bosqich(inqiroz)- XX asrning 60 yillaridan XX asr 80 yillarigacha 5 bosqich(integratsiya)- XX asr 80 yillaridan XXI asrgacha Yunon tarixchisi Gerodot Bobil va Misrda yoshlar tarbiyasiga oid hikoyalar aytgan bo’lsa, Rim tarixchisi Tatsit qadimgi german qabilalariga oid o’ziga xos xususiyatlarni qayd etib o’tgan edi. O’sha davrlardayoq, mamlakatlarning yosh avlodni tarbiyalash ishlarini yaxshilashda qo’shni mamlakatlar tajribasidan foydalanish maqsadida tez-tez ko’rilib turgan. Masalan: Platon Sparta tarbiyasining ayrim usullari Afinada ham joriy qilinsa yaxshi bo’lishini ta’kidlagan. Ksenafont forslarning zodagon yoshlari tarbiyasi xususiyatlarini tasvirlar ekan, yunon yoshlarini tarbiyalashning o’ziga xos xususiyatlarini shakllantirishda ulardan o’rnak olishni maslaxat beradi. Ammo bular qisqa va unchalik dalillanmagan kuzatishlar bo’lib, etnografik yoki tarixiy xotiralarda izini qoldirgan xolos.
Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling