Mavzu: “qiyshiq burchakli frontal dimetrik va to`G`ri burchakli izometrik proeksiyalash usullari’’
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
qiyshiq burchakli frontal dimetrik va togri burchakli izometrik proeksiyalash usullari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xalilova Dilbar
- I-BOB. CHIZMA GEOMETRIYA TARIXI VA RIVOJI……….
- 2.1. To`g`burchakli izometrik proeksiyalar…………………………
- Malakaviy bitiruv ishining maqsadi
- Malakaviy bitiruv ishining vazifalari: Yuqori
- Malakaviy bitiruv ishining ilmiy yangiligi
- Tadqiqot ishimizni yozishda qo`yidagi
- I-BOB. CHIZMA GEOMETRIYA TARIXI VA RIVOJI
O`ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI NAVOIY DAVLAT PЕDAGOGIKA INSTITUTI
“TASVIRIY SAN`AT VA MUHANDISLIK GRAFIKASI” KAFЕDRASI
MAVZU: “QIYSHIQ BURCHAKLI FRONTAL DIMETRIK VA TO`G`RI BURCHAKLI IZOMETRIK PROEKSIYALASH USULLARI’’. lmiy rahbar: t.f.n. A.X. Abdullayev Bajardi: “Tasviriy san`at va muhandislik grafikasi” ta`lim yo`nalishi 4-“T” kurs bitiruvchi talabasi
2
KIRISH……………………………………………………………………...
I-BOB. CHIZMA GEOMETRIYA TARIXI VA RIVOJI……….
1.1. Proeksiyalas usullarining yaratilish tarixi……………………………..
II-BOB QIYSHIQ BURCHAKLI FRONTAL DIMETRIK VA TO`G’RI BURCHAKLI IZOMETRIK PROEKSIYALASH USULLARI
proeksiyalar proeksiyalash asosida metrik va pozitsion masalalar echish……………………………………………………..
Umumiy xulosa………………………………………………………..
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati…………………………………..
3 KIRISH. Texnik bilimlarlarni mukammal egallashning asosiy vazifalaridan biri grafik savodxonlikni o`stirish, ya`ni chizmalarni o`qish va bajarishni bilishdir. Shu boisdan chizmalar chizishning asosi bo`lgan chizma geometriya fanini chuqur o`rganish talab etiladi. Fanning moxiyatini asosan ikki narsa tashkil etadi: a) geometrik shaklining biror sirt yoki tekislik ustida tasvirlash usullari. b) Jisimlarning hosil qilingan tasvirlari bo`icha ular orasidagi pozitsion (o`zaro tegishlilik) va metrik munosabatlarni tekshirish. Yuqorida aytilganlardan shuni xulosa qilib ayitish mumkinki chizma geometriya fani qo`yidagilarni o`z oldiga maqsad qilib qo`yadi: 1. O`quvchilarni proeksiyalash prinsiplari va uning turlari bilan tanishtirish. 2. Metrik va pozitsion masalalar yechishning umumiyi va maxsus usullarini o`rganish. 3. Nazariyi va amaliy materiallarni injinerlik praktikasi bilan bog`lay olish. 4. O`quvchilarda fazoviyi tasovvurlarni o`stirish va tafakkurni rivojlantirish. 5. Muommoli vaziyatlar yaratish vositasi bilan o`quvchilarning ixtirochilik tafakkurini rivojlantirish va har bir masalani chuqur tahlil qilib, unga ilmiy yondoshishni o`rgatish, shuningdek ijodiy qobiliyatini shakillantirish. Islab chiqarishning asosiy texnik hujjatlaridan biri chizmalardir. Mashina va mexanizimlarning detallarini yasash hamda ularning yig`ish, shuningdek, bino va inshoatlarni qurish uchun ularning chizmalari bo`lishi shart. Chunki chizmalar bo`yicha buyumning shakli va o`lchamlarini, qanday materialdan yasalganligi yoki yasalisi kerakligi, buyum detallarining bir-biriga nisbatan bog`lanishlariga tegishli bo`lgan talablarni va shunga o`xshash boshqa ma’lumotlarni aniqlash mumkin. Bundan tashqari chizmalardan tayyor buyumlarning to`g`ri ishlashini aniqlash va ularni remont qilish mumkin. Islab chiqarishning turiga qarab, unda foydalanadigan chizmalar har xil nom bilan yoritiladi, masalan, turli mashina va mexanizimlarning detallar yasash hamda 4 ularni yig`ish uchun tuzilgan chizmalar mashinasozlik chizmalari deb ataladi. Chizmachilik fanining mashinasozlik chizmalarini chizish usullarini o`rgatadigan qismi mashinasozlik chizmachiligi deyiladi. Bino va inshoatlarning qurishda ishlatiladigan chizmalar qurilish chizmalari deb ataladi. Mashinasozlik va qurilish chizmalari birgalikda texnik chizmalar deb yoritiladi. Diplom ishi kirish, ikki bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat. Kirishda grafik tasvirning ibtidoiy jamoa davridan hozirgi kunga takomillasha borishining qisqacha tarixi va uning inson amaliy faoliyatidagi ahamiyati qisqacha bayon qilindi. Diplom ishing birinchi bobi ikki qismdan iborat bo`lib, birinchi qismida chizmachilik fanining tarixi haqida yetarli ma’lumot berildi. Ikkinchi bobda aksonometrik proyeksiya, uning to`g`ri burchakli izometriya va dimmetriya, qiyshiq burchakli frontal dimmetriya va izometriya, qiyshiq burchakli gorizontal izometriya turlari qaraldi hamda ularga doir misollar yechish ko`rsatildi.
Mеn o`z malakaviy bitiruv ishimda qiyshiq burchakli frontal dimetrik va to’g’ri burchakli izometrik proeksiyalash usullari to`g`risida ma`lumot birishni o`z oldimga maqsad qilib oldim. Malakaviy bitiruv ishining vazifalari: Yuqori sinf chizmachilik darslarida qurilish va mashinasozlik chizmachiligini o`rgatishda maktab o`quvchilari uchun yеngil usullardan foydalanib bilim bеrish.
tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat bo`lib, jami sahifani tashkil etadi.
aksonametrik proyiksiyalashni yaxshi o`zlashtirishlari uchun ilmiy-nazariy jihatdan mеtodlar ishlab chiqildi; – Umumiy o`rta ta`lim maktab o`quvchilarida “Qurilish va mashinasozlik chizmachilik” fanining imkoniyatlari aniqlandi va tahlil etildi;
pеdagogik kuzatuv, tajriba-sinov, mеtodlaridan unumli foydalana oldik. 5
Chizma geometriya tekisliklardagi narsalarni tasvirlash usullari yordamida ularning shakllari, o`lchamlari va o`zaro joylashishlariga tegishli pozitsion va metrik masalalarni yechishni o`rganadi. Chizma geometriya matematika fanlari bilan uzviy bog`liq bo`lib, umumtexnika fanlaridan hisoblanadi. Chizma geometriya boshqa geometriyalardan o`zining asosiy usuli, ya'ni tasvirlash usuli bilan farq qiladi. U tasvirlash usullari yordamida o`quvchining fazoviy tasavvurini kengaytiradi, tasvirlarni yasash va oldindan yasalgan tasvirlarni o`qiy bilish hamda amaliyotdagi turli muhandislik masalalarini yechishga yordam beradi. Chizma geometriya qonun-qoidalari bilan nafaqat mavjud narsalarni, balki tasavvur qilinadigan narsalarni ham tasvirlash mumkin. Fazodagi shakllarning tekislikdagi chizmalari chizma geometriya usullari bilan ma’lum qonun-qoidalar asosida hosil qilinadi. Bu chizmalar orqali buyumning fazoviy shaklini chizish va o`lchamlarini aniqlash mumkin. Chizmalarsiz fan va texnika taraqqiyotini tasavvur qilib bo`lmaydi. Arxitektor va muhandislar ijodiy fikrlarini faqat chizmalar yordamida to`liq bayon eta oladilar. Chizmalar asosida barcha muhandislik inshootlari quriladi, mashinalar, mashina qismlari, meditsina asboblari va hokazolar ishlab chiqariladi. Shakllarning bizga ma’lum bo`lgan barcha geometrik xossalarini ularning chizmalaridan olingan ma’lumotlardan ham aniqlasa bo`ladi. Shuning uchun ham buyumlarning chizmalarini ularning geometrik xususiyatlarini o`zida aks ettiruvchi tekis geometrik modellar deb atash mumkin. Chizma geometriya fani qo`yidagilarni o`rganadi: • fazoviy shakllarning tekislikdagi tasvirlari, ya'ni tekis modellari (chizmalari)ni yasash; • tekis chizmada geometrik masalalarni grafik yo`l bilan yechish; • shakllarning berilgan tekis chizmalari bo`yicha ularning fazoviy urinishi va vaziyatini tasavvur qilish hamda yaqqol tasvirlarini yasash; • geometrik shakllarning chizmalarini bajarish va o`qish orqali o`quvchining fazoviy tasavvurini rivojlantirish.
6 Ma'lumki, geometrik shaklining xossalarini analitik va grafik usullarda tekshirish mumkin. Shakllarning grafik modeliga asosan ularning analitik usulda berilishini va aksincha, shakllarning analitik ko`rinishidan ularning chizmalarini yasash usullarini chizma geometriyada ham ko`rish mumkin. Loyihalanadigan buyumlarni faqatgina grafik usulda tasvirlash hozirgi zamon ishlab chiqarish talablarini qanoatlantirmaydi. Shuning uchun chizmalarni bajarishda grafik usullar bilan birga analitik usullardan ham foydalaniladi. Keyingi yillarda buyumlarning chizmalarini kompyuter grafikasi vositalari yordamida tayyorlashda avtomatlashtirilgan loyihalash sistemalarining kirib kelishi chizma geometriya fanining rivojlanishida yangicha mazmun kasb etmoqda. Islab chiqarishning asosiy texnik hujjatlaridan biri chizmalardir. Mashina va mexanizimlarning detallarini yasash hamda ularning yig`ish, shuningdek, bino va inshootlarni qurish uchun ularning chizmalari bo`lishi shart. Chunki chizmalar bo`yicha buyumning shakli va o`lchamlarini, qanday materialdan yasalganligi yoki yasalisi kerakligi, buyum detallarining bir-biriga nisbatan bog`lanishlariga tegishli bo`lgan talablarni va shunga o`xshash boshqa malumotlarni aniqlash mumkin. Bundan tashqari chizmalardan tayyor buyumlarning to`g`ri ishlashini aniqlash va ularni remont qilish mumkin. Islab chiqarishning turiga qarab, unda foyidalanadigan chizmalar har xil nom bilan yoritiladi, masalan, turli mashina va mexanizimlarning detallari yasash hamda ularni yig`ish uchun tuzilgan chizmalar mashinasozlik chizmalari deb ataladi. Chizmachilik fanining mashinasozlik chizmalarini chizish usullarini o`rgatadigan qismi mashinasozlik chizmachiligi deyiladi. Bino va inshoatlarning qurishda ishlatiladigan chizmalar qurilish chizmalari deb ataladi. Mashinasozlik va qurilish chizmalari birgalikda texnik chizmalar deb yoritiladi. Chizma giometriya boshqa fanlar singari inson mehnati faoliyati natijasida vujudga kelgan. Qadimgi inshoatlar qoldiqlaridan ma`lum bo`lishicha milloddan avval ham tasvirlar asosida bajarilgan chizmalardan foedalanilgan. Sanoat va texnika tarmoqlarining rinojlanishi bilan tasvirlar yasash usullari ham takomillashib borgan.
7 Uyg`onish davrida arxitektura va tasviriy san`atning jadal rivojlanishi natijasida G`arbiy Evropada geometrik asosda tasvirlash usullari haqidagi ma`lumotlar paydo bo`la boshladi. Bu sohadagi nazariyotchi olimlardan biri italyan olimi Leon Alberti (1404-1472) bulib, u o`zining «Rassomchilik haqida» va «Me`morchilik haqida» nomli asarlarida perspektivaning kinematik asoslarini ishlab chiqqan. Grafik yasash usullarning kengi rivoji italyan rassomi, olimi va muxandisi Leonardo Da Vinchi (1452-1519) nomi bilan bog`liq. U uzining amaliy faoliyatida perspektiv tasvirlar, shu jumladan, «kuzatish» perspektivasi qonunlarini qo`llash doirasini kengaytirgan. Taniqli nemis rassomi Alberet Dyurer (1471-1528) o`zining “Qo`llanma” asarida tekis va fazoviy egri chiziqlarni yasashining bir qancha usullarini keltirdi. U “Dyurer usuli” deb nomlangan persektiv yasashlarining yangi o`ziga xos usulini yaratgan. Italyan olimi Gvido Ubaldning (1545-1607) “Prespektiva bo`yicha haqiqiy o`lchamlarni aniqlashga asos solgan”. Fransuz matematigi Jirar Dezarg (1593-1662) “Narsalarni perspektivada tasvirlashning umumiy usuli” nomli asarida persektiv yasashlardan koordinatlar usulini qo`llash bilan chizma geometriya faniga katta xissa qo`shdi. Nemis geometriya Lambert (1723-1777) elementlar geometriya masalalarini perspektiva yasashlar asosida grafik uslida yechishni tavsiya qildi. XVIII asr oxirlariga kelib proeksiyalash usullari bo`yicha yetarli tajriba to`plandi. Ammo bu usullar tarqoq bo`lib, yaxlit nazariyaga birlashtirilmagan edi. Fransuz geometriy Gaspar Monj (1746-1818) o`zining “Geometriya deseriptiva” (“Chizma geometriya”) asarida tasvirlash usullari sohasidagi bilimlarini umumlashtirdi va sistemaga soldi. U bu bilan chizma geometriyaga fan sifatida asos soldi.
Temuriy davrida Movarounnahr xududida muxtasham binolar, masjid va madrasalar qad ko`tardi. Barpo etilgan binolar albatta, aniq chizmalar asosida ko`rilgan. Chizmalar esa maxsus chizmachilik asboblari vosetasida bajarilganligi haqida ko`pgina ma’lumotlar bor.
8
Bunga misol qilib Samarqand, Buxoro, Xorazim va Respublikamizning boshqa
qator shaharlaridagi qadimiy obidalarini misol qilish
mumkin.bularning maxobatli qilib qo’rilganligi va ularga har – xil naqishlar bilan ishlov berilganini uziyoq o’sha davrda chizmalarga juda katta etibor qaratilganligidan dalolat beradi. Shu asosida chizmachilik fanlar o’rta osiyoda jumladan respublikamizda ham juda qadimdan rivojlanib kelgan degan xulosaga kelish mumkin. Chizmachilik fanlariga mamlakatimizning birqancha olimlari uz hissalarini qushganlar. Jumladan Abu Ali ibn Sino (980-1037), Mirzo Ulug’bek(1394-1449), buyuk musavvir Kamiliddin Behzod (1455-1535) va boshqalar shular sirasiga kiradilar. . Demak bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki O’rta Osiyoda chizmachilik o’ziga xos handasa fani bilan birga rivojlangan. Qadimgi chizmalarning juda oz qismigina bizgacha saqlanib qolgan. Buning asosiy sababi qurilgan saroy, istehkom, masjid va madrasalar aynan qayta qurilmasligi uchun chizmalar yoqib tashlangan. Kiyinchalik ham respublikamizda chizmachilik fanlariga bulga ehtiyoj yanada kuchayib bordi va bu borada birinchilardan bulib R.Xorunov, Yusuf Qirg`izboyev, E.Sobirov, L.Hakimov, I.Raximov va Sh.K.Murodovlar ish olib borganlar.
Respublikamiz mustaqilikni qulga kiritga dardan boshlab hozirgi kunga qadar har sohada Jadal rivojlanmoqda.shaharlarimiz va qishloqlarimi tanib bulmas darajada o’zgarmoqda.bunday bunyotkorlik islirini amalgam oshirishda chizmachilik fanlarining ahamiyati juda katta.demak insoniyat rivojlanishda davom etar ekan chizmachilik fanlari ham uz-uzidan rivojlanib takomillashb boraviradi.
9
Grafik tasvirga bo`lgan ehtiyoj ibtidoiy jamoa davrida paydo bo`la boshlagan. Ibtidoiy odamlarning bizgacha saqlangan mehnat qurollari va buyumlarida qo`llanilgan bezaklar hamda qoya toshga o`yib ishlangan ko`plab tasvirlar bundan guvohlik beradi. Markaziy Osiyo, jumladan O`zbekiston hududidagi arxeologik qazish ishlari bu erda yashagan ibtidoiy xalqlarning tasviriy san`ati ancha yuksak bo`lganini ko`rsatadi. Ular ish faoliyatlarini qoyatoshlarga o`yilgan tasvirlarda aks etganlar. Masalan, Jizzax yaqinidagi qoyatoshga o`yilgan (ishlangan) ov manzarasi (1- shakil), Soymalitosh (Farg`ona vodiysi)da topilgan qoyatoshdagi tasvir (2- shakil)da quyosh va dehqonning, shudgor qilish jarayoni aks ettirilgan. Bu tasvirlar miloddan 2-3 ming yil ilgari toshga o`yib ishlangan. 1
Ibtidoiy jamoa tuzumi davridayoq dastlabki arxitektura-qurilish paydo bo`la boshlagan. Ibtidoiy arxitektura namunalari yerto`la, kulba, kapa (chayla)lardan iborat bo`lgan; suvga yaqin joylarda esa xarsangtosh, loy, suyak, yog`och, shox- shabalardan qurilgan. Bunday ibtidoiy arxitektura namunalaridan 30ga yaqin turar joy qoldiqlari Markaziy Qozog`iston hududidan topilgan. 3-shaklda Markaziy Qozog`istondagi Bug`ili tog`idan topilgan ibtidoiy binolardan (rekonstruksiya qilingan) birining tasviri ko`rsatilgan. Ibtidoiy jamoa davridagi binolarning qoldiqlaridan ko`rinib turibdiki, ular
1 O
zSE, IV tom, 523-bet. XIV tom, 581-bet. 10
to`g`ri to`rtburchak qilib, yerto`la va yarim yertola tarzida qurilgan. Respublikamiz hududida miloddan oldingi IV asrda har qaysi xalqlar o`zini chetki dushmanlardan himoya qilish uchun qalin va baland devorlar, qo`rg`onlar va istehkomlar qurishgan (Jonbos qal`a, Dalvarzin tepa, Tuproq qal`a, Buxoro yaqinidagi Varaxsha, Termiz yaqinidagi Bolalik tepa, Farg`ona vodiysidagi Quva qal `
olingan. Shunday qilib, O`zbekiston hududida asta-sekin arxitektura-qurilish chizmalarini bajarish takomillasha borgan va shu chizmalar asosida binolar qurish shunday yuqori darajaga ko`tarilganki, so ` ngi o`n asrdan ortiq vaqt davomida Buxoro, Xiva, Samarqand kabi shaharlarda avlodlarimiz tomonidan bunyod etilgan tarixiy obidalar hozirgi kunga, kelib jahon arxitektura san`atining durdonalariga aylangan. Shu sababli ham bu shaharlarni «ochiq osmon ostidagi muzey shahar» deb bekorga aytmaydilar. Ajdodlarlmiz qurilishda ishlatiladigan turli shakldagi g`ishtlar tayyorlashda o`ziga xos standartlardan, ya`ni g`isht quyish qolip (yog`ochdan tayyorlangan moslama) lardan foydalanganlar. Bu esa O`zbekiston hududida ayrim standart turlaridan ming yillar oldin foydalanganlaridan dalolat beradi. Keyinchalik olimlar o`zlarining ilmiy ishlarida` yozuv bilan bir qatorda grafik tasvirlardan keng foydalanganlar (O`rta Osiyo mutafakkir olimlari ishlarida grafik tasvirlardan foydalanish tarixi ming yillardan oshadi. Ular o ` z asarlarida o`ziga xos chizmalardan mohirona foydalangan. Bunga dalil sifatida Ibn Sinoning «Donishnoma» (Ibn Sino, Donishnoma, Tehron, 1952) asaridagi grafik tasvirlarning ayrimlarini olib qaraylik. Asarning geometriya oid bobida, jumladan chizmachilik asboblardan sirkul (pargar) hamda chizg`ich yordamida bajariladigan masalalarning bajarilish tartibi tushuntirib beriladi. Mexanikaga bag`ishlangan boblarda esa chig`iriq, blok, richag vint, pona kabi oddiy moslamalarning tuzilishi- bayon qilinadi hamda ular grafik tasvirlarda yaqqol ko`rsatib beriladi. Shunisi diqqatga sazovorki, chig`iriq, vint, pona kabilarning yaqqol tasviri aksonometrik proyeksiyalarda balarilgan. 4-shaklda pona aksonometrik proyeksiyalarda
11
ko`rsatilgan. Blok,
ustun kabilar
esa aksonometrik proyeksiya bilan
omixtalashtirilgan holda perspektivada kursatilgan(5-shakl).
Ibn Sino bu asarida mexanizmlarning yaqqol tasviri bilan bir qatorda, ularning chizmasini sxemada ham tasvirlaydi. Chunonchi, g`ildirak bilan vintlarni, shuningdek g`ildirak, vint va bloklarni birlashtirishni tasvirlar ekan, ayni paytda ularni grafik tasvirlarda ko`rsatadi. Bular yig`ma chizmalar bo`lib, kinematik sxemalarni eslatadi. Masalan, chig`iriq bilan vintning ilashishini aks ettiruvchi grafik tasvirni olib qaraylik (6-shakl). Tasvirdan ma’lum bo`ladiki, AB va CD ikki vertikal ustun bo`lib, ularga qo`yidagilar biriktirilgan: ER, FJ, MN lar o`q bo`lib, ularning birinchisiga H tishli g`ildirak, ikkinchisiga P va L tishli g`ildiraklar, uchinchisiga X va O tishli g`ildiraklar o`tkazilgan. Tishli g`ildiraklar vertikal joylashgan bo`lib, O g`ildirakka vertikal holda vint biriktirilgan. G`ildiraklarning o`qi, va l va ustunlar esa to`g`ri chiziqlar bilan tasvirlangan. H va P hamda L va X g`ildiraklarning vazifasi tishli uzatishdan iborat. O g`ildirak bilan vintning ilashishi esa chervyakli uzatishga asoslangan. Alloma foydalangan bu grafik tasvir kinematik sxemaning shartli belgilari asosida 7-shakldagi, b ko`rinishni oladi. 12
Uning ishlashi qo`yidagi tartibda bo`ladi: harakat manbai bo`lgan vint (1) tishli g`ildirakka (2) biriktirilgan; 2 va 3 g`ildiraklar esa harakatni I valdan II valga uzatadi; 5-g`ildirak III valga o`rnatilgan S-g`ildirak bilan ilashib, harakatni unga uzatadi. Olimning ko`rsatishicha III valga yuk ortiladi va moslama harakatga keltirilganda yuk yuqoriga ko`tariladi. Bunday chizmalarni Abu Rayhon Beruniy, Al-Xorazmiy, Ali Qushchi kabi allomalarning ishlarida ham ko`plab uchratish mumkin. Odamlarning ishlab chiqarish faoliyatining rivojlana borishi ular oldiga buyumlarni tekislikka aniq tasvirlash va tasvir asosida buyum o`lchamlarini aniqlash bilan bog`liq bo`lgan tasvirlash vazifasini qo`ya boshladi. XVIII asr oxirida frantsuz olimi Caspar Monj o`zidan oldin yashab o`tgan olimlarning ilmiy asarlarini o`rganib chizmachilik fanini nazariy asosi hisoblangan «Tasviriy geometriya» («Chizma geometriya») kitobini yozdi. Bu kitob 1798 yilda nashrdan chiqib, tez orada butun Evropaga yoyildi va texnikada keng tadbiq qilina boshlandi. G.Monj o`zaro perpendikulyar bo`lgan ikki tekislikka to`g`ri burchak ostida (ortogonal) proyeksiyalashning asoschisi hisoblanib, bu usul hozirgacha «Monj usuli» deb yuritiladi. Amalda foydalaniladigan va o`lchash bilan bog`liq bo`lgan proyeksion, mashinasozlik va arxitektura-qurilish va boshqa barcha chizmalar Monj usulida bajariladi. Respublikamizda tasvirlari o`rganish «Chizmachilik» va «Chizma geometriya» nomlar bilan 1931 yildan boshlab maktab va oliy o ` quv yurtlarida o`qitila boshlandi. Bu soha bo`yicha elikka yaqin fan doktori va fan nomzodlari yetishib chiqdi. Bu fanlarni rivojlantirish hamda o`qitish va uni takomiilashtirishda o`zbek pedagog olimlardan R.Xorunov, Yu.Qirg`izboyev, E.Sobitov, I.Rahmonov, S.Murodov, A.Akbarov, J.Yodgorov, L.Hakimov, A.Ismatullayev, P.Odilov va metodist olimlardan A.Umronxo`jayev, E.Rovziyev kabilarning hissalari katta bo`ldi.
Yuqorida aytilganlardan, mamlakatimiz hududida qoyatoshga o`yib ishlangan grafik tasvir (chizma)lar hozirgi kunga kelib mutaxassislar tomonidan qanchalik mukammal darajada tayyorlanayotganligi ayon bo`ladi.
13
Yuqorida aytganimizdek, tasvirga bo`lgan ehtiyoj ibtidoiy jamoa tuzumi davridan paydo bo`la boshlagan. Bu davrda, dastlab, kishilar bir-birlari; bilan faqat og`zaki nutq yordamida fikr almashgan. Keyinchalik yirik urug` va qabila jamoalarining tarkib topishi bilan og`zaki nutqni uzoqqa yetkazish ehtiyoji tug`ilgan. Bunday ehtiyojni tasvirlar bajargan. Kishilar tasvir vositasida o`zaro fikr almashgan. Insonning uncha murakkab bo`lmagan grafik tasvirlarni qoya toshga o`yib ishlay olishi birinchi bor xat yozishni yaratishga imkoniyat bo’ldi. Qadimgi xatlarda so`z va harflar bo`lmagan. Narsa haqidagi fikrlar o`sha narsaning tasviri orqali uzatilgan, Bunday «rasm» xat yordamida jang, harbiy yurishlar va hayvonlarni ovlash haqida hikoyalar yozilgan. Masalan 8-shaklda ko`rsatilgan suyakdan kesib ishlash usulida, «yozilgan» ov jarayoni haqidagi hikoyaning mazmuni qo`yidagicha: 1 - hikoya aytuvchi bir qo`li bilan o`zini ko`rsatib turibdi, bu «men», ikkinchi qoli uzoqqa yo`naltirilgan - «jo`nayapman» degani; 2 - eshkak ko`targan shakl «qayiqda ketayapman» degani; 3 - boshni ushlab turgan qo`li «tunayman bir barmog`ini ko`tarib turgan qo`li “bir kecha” degani; 4 – “orol o`rtasidagi o`tovda», o ` tov (ko`za, yasash joy) nuqta bilan tasvirlangan; 5 – “yurishni davom ettiraman”; 6 – “
7 – “u yerda ikki kecha tunayman” (ikkita ko`tarilgan qo`l bosh yonida va ikki barmoq ko`tarilgan qo`llarda); 8 – “nayza bilan ov qilaman” (uzun arqonga bog`lab dengiz hayvonlariga - otiladigan nayza); 9-“tyulenlar” ovlayman; 10- “kamondan o`q uzib” ov qilaman; 11 –“qayiqda boshqa kishi bilan qaytaman” (eshkakli qayiqda ikki kishi orqaga qaytamiz); 12-“yashaydigan o`tovga etib boraman”
14
Ibtidoiy odamlar grafik tasvirlarni daraxt po`stlog`i, tosh, suyak, teri va boshqa ashyolarga chizganlar. Yuqoridagi grafik tasvirlar Markaziy Osiyo va Rossiyaning Oltoy o`lkasidan topilgan. Hozirgi kunda yozuvdan tashqari zamonaviy tasvir va undan kundalik turmushimizda foydalanishning ahamiyati har bir oddiy inson uchun yanada oshib bormoqda. Chunki hozirgi kunda biror bir oilani radiopriyomnik, magnitafon, televizor, videomagnitafon, telefon, uy-ro`zg`or textikasi, mebel yoki bolalar o`yinchog`larisiz tasavvur qilib bolmaydi. Bu qurilmalar uchun uning pasportiga chizmasi yoki sxemalari ilova qilinadi. Ilovadagi tasvir (chizma, rasm, sxema va h.k.)larni o`qiy bilish va tushunish har bir kishi uchun muhim hisoblanadi. Uyda oddiy kiyim yoki ayrim mayda-chuyda narsalarni o`z kuchingiz bilan tayyorlash uchun narsaning yoyilma-andozasini tayyorlab bilishingiz kerak bo`ladi. Oilada bolalarni texnik ijodiyotini o`stirishda oddiy chizma, eskiz, rasm yoki sxemalarni bajarish va uni o`qish malakasiga ega bo`lish ota-ona uchun muhim ahamiyatga ega, bolangizga biror bir o`yinchoq (mexanik, elektron shu kabi) sotib oldingiz, o`yinchoqni yig`ish va foydalanish uchun bolaga yordam bermoqchi bo`lsangiz, albatta, o`yinchoq pasportiga ilova qilib berilgan tasvirlardan foydalanasiz. Ilovadagi tasvir (chizma yoki sxema)ni bola o`qiy olishi uchun unga yordamlashasiz va bu bilan bolani texnik ijodiyotga bo`lgan qiziqishini oshirasiz. Kundalik turmushimizda yo`l
harakati qoidalarining belgilar (piktogrammalar)ni bilish va ularni bolalarga o`rgatish hamda ularga rioya qilishga o`rgatish; bola hayoti uchun xavfli bo`lgan turli ko`ngilsiz hodisalarni oldini olishda muhim ahamiyatga ega. Xulosa qilib aytish mumkinki, tasvirni tushunish, tuzish va undan foydalanish nafaqat mutaxassis uchun, balki har`bir inson faoliyati uchun muhim ahamiyatga ega.
. 15
Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling