Mavzu: Qobiliyat va kasb. Reja


Qobiliyatlarni tarkib topishi va rivojlanishi


Download 446.17 Kb.
bet4/15
Sana15.06.2023
Hajmi446.17 Kb.
#1483787
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Mavzu Qobiliyat va kasb. Reja

Qobiliyatlarni tarkib topishi va rivojlanishi – bu ko`nikmalarni natijasi bo`lib, ular qancha mustahkamlansa rivojlanish shuncha tez boradi. Qiziqishlar qobiliyatlarni rivojlanishda muhim rol o`ynaydi. Faoliyatga bo`lgan qiziqishni motivatsiya orqali qo`llabquvvatlash faoliyat maqsadini odam uchun aktual ehtiyojga aylantiradi.
Malakalar, ko`nikma va bilimlarga nisbatan kishining qobiliyatlari qandaydir imkoniyat sifatida namoyon bo`ladi. Bu bilim va ko`nikmalar egallanadimi yoki egallanmaydimi, imkoniyat haqiqatga aylanadimi yoki yo`qmi, bo`larning hammasi ko`plab sharoitlarga borliq bo`ladi. Shart-sharoitlar jumlasiga, quyidagilar kiradi: tevarak-atrog`dagi odamlar kishining bu bilim va malakalarni egallab olishdan mang`aatdor bo`ladimi yo yo`qmi; unga qanday ta’lim beradilar, ana shu malaka va ko`nikmalar kerak bo`ladigan va mustahkamlanadigan mehnat faoliyati qanday tashkil etiladi.
Kishining qobiliyati xilma-xil bo‘lib, qiziqishlar va o‘z ustida ishlash natijasida paydo bo‘ladi va rivojlanadi. Faoliyatning mohiyatidan kelib chiqib, qobiliyat ham turlicha kasb egalarida turlicha namoyon bo‘ladi, ayrim shaxslar bir necha sohalarga nisbatan ham qobiliyatli bo‘ladilar.
Qobiliyatlar to‘g‘risida umumiy tushunchani vujudga keltirish uchun ularga aloqador omillar, tarkiblar bo‘yicha ayrim ma’lumotlar keltirish maqsadga muvofiq: qobiliyatlar shaxsning psixologik xususiyatlar ekanligi; mazkur xususiyatga bilim, ko‘nikma, malaka orttirish bilan erishilishini bog‘lash muhimdir.
O‘zgaruvchanlik asosida qobiliyatning rivojlanib borishi tayin, yoshlar komillikda jamiyat bilan ota-onasi hal qiluvchi rol o‘ynashini va hattoki o‘z intilishlari haqida o‘ylashni boshlashadi. Yoshlik davrida yoshlarning barcha uy fikrlari o‘ziga qaratiladi. YOsh avlod o‘z tajribasini betakror deb o‘ylaydi, ota-onalar va do‘stlar uni tushuna olmasligini va hatto birinchi uchrashuv yoki maktabni yomon ko‘rishni tushunmasligini xayoliga keltiradi. Birinchi muhabbat paytida yoshlar hattoki, “Ona birinchi muhabbat nimaligini bilmaysiz” deb aytishi mumkin. Piajening aytishicha, yoshlarning shunchalik intellektual darajaga etishi bu insoniy qonuniyatdir. Ularning taxmin qilish qobiliyati yaxshi rivojlangan. Biz fikr yuritishning yangi darajasini insoniy tabiat, haqiqatlik va adolat hamda yaxshilik va yomonlik haqida fikr olib borgandagina ko‘ramiz.
Ikkiyuzlamachilikni payqash ba’zida ota-onalar bilan achchiq bahsga olib keladi. SHuningdek yoshlarni o‘zining idealiga quloq solishga majbur qiladi. Balki Piaje (1972) ta’lim va madaniyatning ta’sirini etarlicha baholamagandir. SHuning uchun ham rasmiy qonunchilikka olib keladigan odamlar soni oshirib yuborilgan. Ba’zi bir yoshlar mantiq va matematika fanlaridan etarlicha bilimga esa bo‘lmasdan turib, bu darajada tafakkur qilishga qodir emaslar. Bolalik davrida qobiliyatlarning atrof-muhitdagi odamlar tomonidan tan olinmaganligi, keyinchalik xuddi ana shu qobiliyatlari tufayli jahonda munosib shon-shuhrat qozonishga musharraf bo‘lgan juda ko‘p allomalarning nomi olamda mashhur, chunonchi Albert Eynshteyn (nisbiylik nazariyasi asoschisi), Nikolay Lobachevskiy (yangi geometriya yo‘nalishi asoschisi) va boshqalar o‘qishida genial olim bo‘lib voyaga etishish dalolatnomasi yo‘q edi. Qobiliyatlar bilim, ko‘nikma va malakalarda aks etmaydi, balki ularni egallash dinamikasida namoyon bo‘ladi. Faoliyat uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish jarayonida yuzaga chikadigan farqlar qobiliyat to‘g‘risida mulohaza yuritish imkonini beradi.
Demak, shaxsning faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish sharti hisoblangan, bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash dinamikasida yuzaga chiqadigan farqlarda namoyon bo‘ladigan individual psixologik xususiyatiga qobiliyat deyiladi.
Qobiliyatlar individual-psixologik xususiyatlar, ya’ni bir odamning boshqa bir odamdan farq qiladigan belgilari sifatida ta’riflanadi. Psixologiya metodologik asosining ko‘rsatishicha, qobiliyat imkoniyatlar tizimidan tashkil topgan bo‘lib, u yoki bu faoliyatdagi zaruriy mahorat darajasi hisoblanadi. Psixologiya fani qobiliyat bilan faoliyatning muhim jabhalari bo‘lmish bilim, ko‘nikma va malakalarning aynan bir narsa ekanligini rad etar ekan, ularning birligini e’tirof qiladi. Shuning uchun qobiliyat faqat faoliyatda ro‘yobga chiqadi, lekin shunda ham aynan shu qobiliyatsiz amalga oshirilishi amri mahol faoliyat ko‘rinishlaridagina aks etadi, xolos. Faoliyat uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish jarayonida yuzaga chiqadigan farqlar, mulohaza yuritish imkonini beradi.



Download 446.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling